Analizatorlar o‘zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezuv-
chanlikning ortishi
sensibilizatsiya deb ataladi. Sezgi a’zolari sezuv-
chanligining o‘zgarish qonuniyatlarini bilgan holda maxsus tanlangan
qo‘shimcha qo‘zg‘atuvchilarni qo‘llanish yo‘li bilan u yoki bu
retseptorni sensibillashtirish, ya’ni uning sezuvchanligini oshirish
mumkin. Sensibillashtirishga mashq qilish natijasida ham erishish
mumkin.
Sezgilarning o‘zaro munosabati
sinesteziya deb atalmish yana bir
hodisada namoyon bo‘ladi. Sinesteziya bir analizatorning qo‘zg‘alishi
ta’siri ostida boshqa analizatorga xos sezgining hosil bo‘lishidir.
Sinesteziya sezgilarning har xil turlarida kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: