Shunday savol tug‘iladi: guruhdagi o‘zaro
munosabatlarning
sotsiometriya metodi uchun yashirin bo‘lib qoladigan, lekin bu mu-
nosabatlarning faqat tashqi jihatini oddiy kuzatuvga qaraganda ancha
tez va aniqroq ko‘rsatib bera oladigan haqiqiy ichki rivojlanishni
qanday aniqlash mumkin? Guruh ichidagi o‘zaro birgalikdagi harakat-
ning tashqi manzarasi guruh a’zolari o‘rtasidagi teran munosabatlar-
ning oqibati sifatida qaralishi mumkin, lekin sotsiometriya afzal ko‘-
rish va yakkalanib qolishning sabablarini aniqlamaydi.
Har qanday guruh tuzilishiga ko‘ra guruh a’zolari nufuzi va ma-
qomining o‘ziga xos darajasini aks ettiradi.
Uning yuqori qismidan re-
ferentometrik va sotsiometrik tarzda tanlanadigan shaxslar o‘rin oladi,
eng orqada esa noreferent va sotsiometrik jihatdan surib chiqarilgan
individlar turadi. Mazkur iyerarxiya zinapoyasining eng yuqori bosqi-
chida guruhning peshqadami (lideri) joylashadi.
Peshqadam guruhning qolgan barcha a’zolari uchun o‘zlarining
manfaatlariga daxldor bo‘lgan hamda butun guruh faoliyatining
yo‘nalishini va xususiyatini belgilab beradigan eng mas’uliyatli
yechimlarni qabul qilishga haqli deb hisoblangan shaxsdir. Shunday
qilib, peshqadam guruhning eng muhim muammolariga nisbatan eng
ko‘proq darajadagi referentlik egasi bo‘lgan shaxsdir. Peshqadam
sotsiometrik «yulduz» bo‘lishi ham, aksincha, tevarak-atrofdagilar-
ning shaxsiy xayrixohligiga sazovor bo‘lmasligi ham mumkin.
Peshqadam rasman guruhning rahbari bo‘lishi ham, aksincha bo‘-
lishi ham mumkin. Peshqadam bilan rahbarlikning
yagona bitta shaxs-
ga to‘g‘ri kelishi maqbul hodisa hisoblanadi. Bordi-yu, agar bunday
muvofiqlik bo‘lmasa, u holda guruh faoliyatining samaradorligi
rasmiy rahbar (masalan, sinfboshi) bilan norasmiy peshqadam yoki
peshqadamlar o‘rtasidagi munosabatlar qay tarzda yuz berishiga
bog‘liq bo‘ladi.
Jamoada peshqadam o‘z o‘rtoqlari qarshisida tahlil qilish va eri-
shish uchun namunaga aylanib qolayotgan shaxsiy fazilatlar sohibi
sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday peshqadamning shaxsiga mansub
fazilatlar mazkur yoshdagi guruhda qabul
qilingan va tan olinadigan
qadriyatlarga mos keladi.
Tajriba yo‘li bilan shu narsa aniqlanganki, yuqori sinf o‘quvchi-
lari o‘z tengdoshlariga faqat shu yoshda alohida qimmatga ega deb tan
olinadigan fazilatlardan emas, balki ularning o‘zlarida sust rivojlangan
120
yoki umuman mavjud bo‘lmagan fazilatlardan kelib chiqqan holda
ham baho beradilar. Bu xildagi fazilatlarga ega bo‘lgan o‘rtoqlarning
ta’siri ancha kuchli bo‘ladi va ular obro‘-e’tibor qozonish uchun,
jamoasida peshqadamlikka erishish uchun ko‘pgina asosga egadir.
Masalan: «
Biz u bilan birga qayin shirasini yig‘ish uchun o‘r-
monga borib turardik. O‘shanda oyog‘im shunchalik lat yegan ediki,
yurolmasdan qolgandim. U hech o‘ylab o‘tirmasdan, meni yelkasiga
ko‘tarib, o‘rmondan olib chiqqan edi. Holdan toyib qolsa ham, ba-
ribir meni eltib qo‘ygandi... Sinfimizda kecha o‘tkazgan edik.
Hammasi juda yaxshi o‘tayotgandi. Lekin bolalar tarqala boshlagan
ediki, mast-alast kishilar bir qizga tegajoqlik qila boshladi. Kim
birinchi bo‘lib qizni himoya qilishga o‘tdi, deng? Solovyov».
«...Men Valyaga o‘xshagan bo‘lishni xohlayman. Menga uning
ochiqligi, hayotdagi sobitqadamligi yetishmaydi. Lekin u yonimda
bo‘lsa, yuz berayotgan voqea-hodisalarni hamisha oqilona bahola-
shimga yordam beradi
1
» (o‘quvchilar yozgan insholardan).
Jamoani aynan bir xil qilish xatti-harakatlarga undovchi mayllar-
ning alohida bir xususiyatiki, bunda subyekt ma’naviy prinsiplarga
tayangan holda jamoaning boshqa barcha a’zolariga, o‘ziga
qanday
bo‘lsa, shunday tarzda, o‘ziga ham o‘z jamoasidagi boshqa barcha
kishilarga bo‘lganidek munosabatda bo‘ladi. Jamoadagi bir xillilik
sharoitida «men» va «ular» degan ziddiyat «biz» degan tushuncha
orqali barham topadi.
Jamoani aynan bir xil qilish altrustik tarzdagi yoppasiga yaxshilik
qilishdan ham va tevarak atrofdagilarga nisbatan xudbinlarcha
iste’molchilik munosabatidan ham bab-baravar voz kechishni taqozo
etadi. Insonparvarlik, o‘rtog‘iga nisbatan talabchanlik ko‘rsatish
bilan
birga, uning to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish jamoatchilikka asoslangan
o‘zaro munosabatlar mezonidir. Shaxsning har tomonlama va uyg‘un
tarzda voyaga yetishi uchun qulaylik tug‘diradigan psixologik muhit
ana shunday paydo bo‘ladi.
1
/ . .
.
!,
. ". # $ . – ., 1981. – %. 238.
121