ravishda formal (rasmiy) hamda noformal (norasmiy) guruhlarga
bo‘linadi. Rivojlanish darajasi turlicha bo‘lgan, ya’ni rivojlangan va
yetarli darajada rivojlanmagan yoki kam rivojlangan guruhlarga,
uyushmalarga, birlashmalarga, aralash guruhlarga bo‘linadi.
Katta guruhlar umumiy makon va
zamonda hayot kechirayotgan
anchagina odamlarni o‘z tarkibiga olgan ijtimoiy xususiylikni tashkil
qiladigan real guruhlar shaklida bo‘lishi mumkin.
Katta guruhlar ba’zi bir belgilari (sinfiy, jinsiy, milliy, yosh va
boshqa belgilari)ga binoan ajratiladigan va birlashtiriladigan shartli
guruhlar shaklida bo‘lishi ham mumkin. Katta shartli guruhga kiritil-
gan kishilar hech qachon bir-birlari bilan uchrashmagan bo‘lsalar ham,
lekin bu xildagi guruhga ajratilishi uchun asos bo‘lgan belgilariga
ko‘ra, umumiy ijtimoiy va psixologik ta’rifga ega bo‘lishlari mumkin.
Katta guruhlardagi (katta muhit) ijtimoiy-psixologik hodisalar o‘r-
ganiladi. Bunga milliy urf-odat, xarakter, turli
sinf va ijtimoiy qatlam-
larga xos psixologik xususiyatlarning vujudga kelish qonuniyatlarini
o‘rganish, shuningdek ommaviy axborot vositalari (radio, televide-
niye, matbuot, internet va boshqalar)ning kishilar jamoasiga ko‘rsata-
digan ta’siri va uning mexanizmlari, ijtimoiy qadriyat, kishilar o‘rtasi-
da modalarning vujudga kelishi va uning yoyilishi, turli-tuman mish-
mishlarning tarqalishi kabi masalalarni o‘rganish kiradi.
Kichik guruhlar, odatda, unchalik ko‘p bo‘lmagan
ikki kishidan
tortib bir necha o‘n kishini birlashtiradi. Kichik guruhlarga: oila,
o‘quv maskanidagi guruhlar, ishlab chiqarish korxonalaridagi brigada-
larni kiritish mumkin. Kichik guruh birlamchi va mikroguruh deb ham
yuritiladi. Bu guruhda shaxsiy munosabat va aloqalar bevosita va
mustahkam asosga qurilgan bo‘ladi. Kichik guruhning jamiyatda
tutgan o‘rni haqida gapirganda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
1) inson bolasi o‘ziga mansub bo‘lgan guruh a’zolari bilan ijti-
moiy munosabatlarga kirishgandagina, u shaxs bo‘lib voyaga yetadi.
Jamiyatdan tashqarida inson shaxs bo‘lib
voyaga yetmaydi, jamiyat
esa kichik-kichik guruhlardan tashkil topgan yirik ijtimoiy organizm-
dir. Shaxsga xos bo‘lgan qaysi bir xususiyatni: saxiylik yoki xasislik,
rostgo‘ylik yoki yolg‘onchilik, kamtarinlik yoki takabburlik va shunga
o‘xshash yuzlab xususiyatlarini olib o‘rganadigan bo‘lsak, uning bar-
chasi ijtimoiy xarakterga ega ekanligini bilamiz;
115
2) guruh doimo shaxs faoliyatiga u yoki bu darajada ta’sir ko‘rsa-
tib, uning xulq-atvorini nazorat qilib turadi. Shaxsning guruhda baja-
radigan faoliyati bilan tanholikda o‘zi bajaradigan faoliyati o‘rtasida
tafovut mavjudligi eksperiment asosida o‘rganilgan;
3) kichik guruhlarda maqsadlar va
faoliyatning umumiyligi mav-
jud bo‘ladi. Birgalikda qilinadigan faoliyat guruhiy ongni paydo qi-
ladi, ya’ni ma’lum guruhga mansublik unda mavjud bo‘lgan tartib-
qoidalarga bo‘ysunish, burch, mas’uliyat, vazifalarni anglash shaklla-
nadi;
4) kichik guruhga ta’sir etib turuvchi liderning (peshqadam) ajra-
lib chiqishi, uning tan olinishi guruh faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Qator amaliy va nazariy maqsadlar kichik guruhga xos bo‘lgan
qonuniyatlarni chuqurroq bilib olishni taqozo qiladi. Bularga quyida-
gilar kiradi:
a) jinoyatchilikka qarshi kurashishda va ularning oldini olishda,
jamiyatda qonunbuzarlik va jinoyatlarni to‘ldiruvchi ijtimoiy-psixolo-
gik omillar o‘rganiladi;
b) psixologik mos kelish masalalarini o‘rganish, qiyin,
murakkab
sharoitlarda ishlash uchun sherik tanlash masalasi;
c) guruh tuzilishi, uning strukturasi, miqdorini bilish. Faoliyat xa-
rakteriga ko‘ra, guruh miqdori har xil bo‘lishi mumkin.
Guruh a’zolari o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘zaro aloqalar maqsad
va xarakteriga ko‘ra barcha guruhlarni rasmiy va norasmiy guruhlarga
bo‘lishimiz mumkin.
Rasmiy guruhda guruhning har bir a’zolarini tutgan o‘rni, huquq
va
burchlari, qat’iy normalari, qoidalari asosida belgilab qo‘yilgan
bo‘ladi. Shu normalar asosida shaxslararo munosabatlar vujudga kela-
di. Xizmat vazifalarini bajarish xarakteri, mas’uliyat darajasi va guruh
faoliyatiga qo‘shgan hissasiga qarab guruhlarning har bir a’zosi o‘z
mavqeiga ega bo‘ladi.
Norasmiy guruhda aniq maqsadlar belgilanmagan kishilar o‘rtasi-
dagi munosabatlar esa hissiy-psixologik tuyg‘ular orqali qo‘shilgan
bo‘ladi. Norasmiy guruhdagi munosabatlar ma’lum bir tuzilishga, nor-
malarga ega bo‘lishi ham mumkin. Agar norasmiy guruh rasmiy guruh
ichida bo‘lsa, u
jamoadagi guruh deyiladi. Bunday guruh a’zolarining
aksariyati bir-birlarini yaxshi bilgan kishilar bo‘ladi.
116
Hozirgi kunda respublikamizda turli xil jinoiy norasmiy guruhlar
mavjuddir. Ularning maqsad va vazifalarini guruh lideri belgilaydi.
Turli
ekstremistik-terroristik, uyushgan jinoiy guruhlar hamda diniy-
ekstremistik guruhlar bularga misol bo‘la oladi. Ularning asl maqsadi
har xil terroristik harakatlar, omma orasida mish-mishlar tarqatish,
ommani turli diniy-ekstremistik g‘oyalar bilan zaharlash, davlat
to‘ntarishini uyushtirib, hokimiyatni qo‘lga olish,
dinlararo va millat-
lararo adovat va nafratni qo‘zg‘atishdir. Bu norasmiy guruhlar asosan
kichik guruhlarni tashkil etadi.
Birgalikda qilinayotgan faoliyatning mazmuni, maqsadi, vazifa-
lari, prinsip va ahamiyatiga ko‘ra guruhlar turlicha bo‘ladi. Kichik
guruhlarning bir necha turlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: