ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 686 www.ares.uz inklyuziv ta‟lim sohasidagi xalqaro munosabatlar doirasida o„zaro hamkorlik
aloqalari mustahkamlanadi;
o„quvchilar ta‟limiy ehtiyojlarning o„ziga xosligini inobatga olgan holda sifatli
ta‟lim olishi uchun ular davlat tomonidan qo„llab-quvvatlanadi;
inklyuziv ta‟limni bosqichma-bosqich joriy etish orqali alohida ta‟lim
ehtiyojlari bo„lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari
optimallashtiriladi, ularda ta‟lim olayotgan o„quvchilarning teng huquqli jamiyat
a‟zosi sifatida umumta‟lim muassasalarida bilim olishi ta‟minlanadi;
pedagogik yo„nalishdagi oliy ta‟lim muassasalarida inklyuziv ta‟lim dasturlari
asosida kadrlar tayyorlash yo„lga qo„yiladi;
inklyuziv ta‟lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi;
inklyuziv ta‟lim muassasalarining Internet tarmog„iga to„liq ulanishi ta‟minlanadi;
inklyuziv ta‟lim muassasalarida o„quvchilarni qabul qilish va boshqa ta‟lim
muassasalariga o„tkazish uchun davlat xizmatlarini ko„rsatish mexanizmi joriy
etiladi.[4]
XULOSA Inklyuziv ta‟lim nogironlarning ijtimoiy tengdoshlari bilan bir qatorda ta‟lim
olishini ta‟minlaydi, (agarda ularning rivojlanishida jiddiy sabablar bo‟lmasa)
muntazam maktablarga qabul qilishini nazarda tutadi. O‟ta murakkab nuqsonli
bolalar ayrim hollarda maxsus maktablar va maxsus reabilitasiya markazlari yoki
muntazam maktablar qoshidagi maxsus sinflarda korreksion dasturlar yordamida
ta‟lim oladilar. Ushbu maktablarda ta‟lim ta‟minoti albatta bolaning zaruriyatni
e‟tiborga olgan holda amalga oshirish ko‟zda tutiladi(1-ilova).