O`zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlar: inklyuziv ta’lim va yangicha pedagogik yondashuvlar


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 367,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix05.06.2023
ölçüsü367,34 Kb.
#124940
1   2   3   4   5   6
o-zbekistonda-ta-lim-sohasidagi-islohotlar-inklyuziv-ta-lim-va-yangicha-pedagogik-yondashuvlar

 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 685 www.ares.uz 
MUHOKAMA 
“O„zbekistonda alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta‟lim” loyihasi 2014-
yildan buyon hozirga qadar amalga oshirilib, uning doirasida alohida ehtiyojli 900 dan 
ortiq o„g„il-qiz maktablar, maktabgacha ta‟lim maskanlarida umumiy ta‟limga jalb 
etildi. Tibbiy, psixologik va pedagogik komissiya a‟zolari hamda pedagog xodimlar 
ta‟lim sohasida inklyuziv xizmat ko„rsatish bo„yicha o„qitildi. Yurtimizning turli 
hududlarida beshta pilot resurs markazlari tashkil etilib, ularda alohida ehtiyojli 
bolalar, ularning ota-onalari, ekspertlar uchun o„quv-uslubiy, huquqiy, maslahat 
ko„magi ko„rsatildi. “Inklyuziv ta‟lim asoslari”, “Alohida ehtiyoji bo„lgan bolalar 
umumiy ta‟limda”, “Inklyuziv maktabni tashkil etish” nomli o„quv modullarining 
yaratilgani, bu yo„nalishda ta‟lim jarayonini yanada takomillashtirish, pedagog 
xodimlarning kasb mahoratini oshirish imkonini berdi. Jismoniy imkoniyati 
cheklanganligi oqibatida inklyuziv ta‟limga htiyoji bo`lgan bolalarni qo`llab-
quvvatlash, ularning ijtimoiylashuvi uchun zarur shart-sharoitlar va mexanizmlarni 
ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy qilish mamlakatning o`z fuqarolari oldidagi 
ma‟naviy funksiyasi hisoblanadi.
 
NATIJALAR 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi “Alohida 
ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim-tarbiya berish tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-4860-sonli qarori asosida 2020-
2025-yillarda Xalq ta‟limi tizimida inklyuziv ta‟limni rivojlantirish Konsepsiyasi 
tasdiqlandi. Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali quyidagi 
natijalar kutilmoqda: 
alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan shaxslarning rivojlanishi, reabilitatsiyasi, 
jamiyatga integratsiyalashuvida inklyuziv ta‟limning strategik omil sifatidagi roli 
tasdiqlanadi; 
alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarning ta‟limiy muhiti yaxlitligi 
mustahkamlanadi, ularning jamiyatga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar 
ta‟minlanadi; 
davlat, jamiyat, shaxsning inklyuziv ta‟lim sohasidagi manfaatlarini 
muvofiqlashtirish mexanizmlari yaratiladi; 
inklyuziv ta‟lim tizimining umumiy qulayligi, uzluksizligi, ta‟lim sifati, 
shuningdek o„quvchilarning rivojlanish darajasi, xususiyatlariga moslashuvchanligi 
va variativligiga erishiladi; 



Yüklə 367,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin