O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti
“Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” fanidan
Mustaqil ish
Mavzu: D-trigger. T-trigger. JK-trigger.
Bajardi: ST-19-01-guruh talabasi
Olimjonova Nazokat
Tekshirdi: Norqulov A.S
Ishni bahosi: ________
Samarqand-2022 yil.
Mavzu: D-trigger. T-trigger. JK-trigger.
Reja:
1. Trigger haqida umumiy ma’lumotlar.
2. D-trigger.
3. T-trigger.
4. JK-trigger.
Tayanch so’z va iboralar: Ketma-ket mantiqiy qurilmalar, RS-trigger,
D-trigger, T-trigger, JK-trigger, Triggerlarning shartli belgilanishi va sxemasi,
O‘chirish va tashlab yuborishli kirishlar.
Trigger haqida umumiy ma’lumotlar
Agar kombinatsion sxemalarga xotira kiritilsa, u holda, ularning yordamida
hisoblagichlar, arifmetik registrlar va boshqa «aqlli» sxemalarni hosil qilish
mumkin. Bunda ular bir funksiyani bajarib boʻlgach, keyingisiga oʻtadi. Bunday
sxemalarning asosiy tuguni boʻlib trigger hisoblanadi.
ME va triggerlardan tuzilgan sxemalar, ya’ni ketma-ketli sxemalar kirish
signalarining hozirgi holati boʻyicha yoki ularning avvalgi holatini bilgan holda
kombinatsion funksiya shakllantirishi mumkin. Demak, hodisalarni roʻy berish
ketma-ketligidan kelib chiqqan holda, kirishda bir hil oʻzgaruvchili signal boʻlgan
holatda bunday sxemalarning chiqishidagi signal turlicha boʻlishi mumkin.
Shuning uchun sxemalarni loyihalashtirish va tahlil qilishda hodisalarni roʻy berish
ketma-ketligini ajratib olish muhim hisoblanadi. Raqamli tizimlarning, birinchi
navbatda EHMning kuchi shunda-ki, bir holatdan ikkichisiga bir necha marta
oʻtishlar ketma-ketligini berilgan tartibda amalga oshirish imkoniga ega.
Ixtiyoriy ketma-ketlikdagi qurilma triggerli qurilma yoki raqamli
avtomat deb ataladi. Raqamli avtomat umumiy holda N ta triggyerdan tashkil
topgan. Raqamli avtomat holati N - razryadli ikkilik so‘zdan iborat bo‘lib, uning
har bir razryadi mos triggerning chiqish signali holati bilan belgilanadi. Demak,
raqamli avtomat holatini 2
N
kodli to‘plam ifodalaydi.
Triggerlar - ikkita turg‘un holatli chiqishga ega bo‘lgan qurilma bo‘lib, u
elementar xotira yacheykasi (bistabil yacheyka) va boshqaruv sxemasiga ega.
Boshqaruv sxemasi bevosita elementar xotira yacheykasi kirishiga kelib
tushayotgan ma’lumotni signallar kombinatsiyasiga o‘ zgartiradi.
Trigger ta’rifiga mos keluvchi raqamli avtomatning umumlashtirilgan
tuzilma sxemasi 1-rasmda keltirilgan.
Raqamli avtomat kirishida doim to‘rt guruhga mansub turli signal ishlaydi:
x - kirish signallari, zi - chiqish signallari, y-, Qi - sxemada ma’lumot holatini
o‘rnatilganligini aks ettiruvchi ikkilamchi o‘zgaruvchilar. Ikkilamchi
o‘zgaruvchilar ketma-ketli sxemalarning avvalgi holatlari haqidagi maTumotni
saqlash qobiliyatini aks ettiradi. Ikkilamchi o‘zgaruvchilarga yi o‘zgaruvchilari va
yangi o‘rnatilgan (o‘zgargan) Qi holatlari oraliqida kechikish hos bo‘ladi. Shuning
hisobiga sxemada kechikish bloki mavjud.
Dostları ilə paylaş: |