ishlashi talab etiladi. T-trigger
sanoq triggeri deb ham ataladi, chunki kirishga
aktiv mantiqiy signal berilganda u o‘z holatini qarama-qarshi (teskari)
holatga
o‘zgartiradi. Ikki pog‘onali triggerlar MS-trigger deb ham ataladi (inglizcha master
va slave - usta va yordamchi so‘zlaridan olingan). Nomidan kelib chiqqan holda
bunday trigger ikkita RCS-triggerdan tashkil topgan.
Ikkala TM (usta) va TP (yordamchi) triggerlarining kirishlari o’zaro
invertor
orqali ulangan. TM-TP triggerini to‘liq takt impuls (fronti va kesimi) boshharadi.
Haqiqatdan ham, agar har bir trigger impulsning fronti va
kesimi bilan boshharilsa,
kirishdagi RS-kombinatsiya C takt impulsining fronti kelishi bilan TMga yoziladi.
Bu vaqtda TPga ma’lumot yozilishi mumkin emas. C kirish impulsi kesimi kelishi
bilan invertor chiqishida u front sifatida hosil bo‘ladi. Demak, Q va Q’
chiqishlardagi ma’lumot C takt impulsi tugagach (kesim kelganda), T (toggle-
relaksator) ma’lumot kirishida mantiqiy 1 mavjud bo‘lganda TP ga uzatiladi.
a)
b)