Ўзбекистон Республикаси Олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Triggerlarning ishlash tamoyili va sxemasi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix06.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#125764
1   2   3   4   5   6
Ўзбекистон Республикаси Олий ва њрта махсус таълим вазирлиги

Triggerlarning ishlash tamoyili va sxemasi
RS-trigger ishini tahlil qilamiz. Shuni aytib o‘tish joiz-ki, bu sxemaning
ikkala kirishiga bir vaqtning o‘zida ochilish impulsi (mantiqiy) kelishi mumkin
emas.
Haqiqatdan ham, bu vaqtda ikkala VT1 va VT2 tranzistorlar berkiladi, kirish
signallari tugagach, ularning ikkalasi ochiladi, ya’ni BYA vaqtincha simmetrik
holatda bo‘ladi. BYA bu holatdan teng eqtimollik bilan Q=1, Q =0 yoki Q =0, Q=1
holatlardan biriga o‘tishi mumkin. Ya’ni maTumotni yozish imkoni bo‘lmaydi.
Shuning uchun RS-trigger alohida (mustaqil) statik kirishlar rejimida ishlaydi.
Boshqaruv (ma’lumot) kirishlarining mazmuni quyidagicha: S (set- o‘rnatish) -
triggerni mustaqil ravishda 1 holatiga o‘rnatish uchun (Q=1, Q =0) va R (reset-olib
tashlash) - triggerni mustaqil ravishda 0 holatiga o‘rnatish uchun ( Q =0, Q=1).
Har bir kirishga past darajali (mantiqiy 0) signal berish mumkinligi tufayli,
kirishlarda boshqaruv signallarining to‘rtta kombinatsiyasi ishlaydi. Ular RS-
triggerning holatlar jadvalining R va S ustunlarida keltirilgan (2-jadval).
RS-triggerning holatlar jadvali
Kirish signallarining mumkin bo‘lgan to‘rtta kombinatsiyasida trigger
qanday holatlarda bo‘lishini ko‘rib chiqamiz.
1-kombinatsiya. R=0, S=0. VT3 va VT4 tranzistorlar ochilmaydi, va shuning
uchun BYAlar ularning holatiga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Q va Q chiqishdagi
signallar o‘zgarishsiz qoladi. Demak, triggyerda avval yozilgan ma’lumot saqlanib
qoladi.
2-kombinatsiya. R=0, S=1. VT4 tranzistor to‘yinishgacha ochiladi, va
chiqishdagi kuchlanish kichik bo‘ladi (mantiqiy 0). UK2 =UK1 =UB1 bog‘liqlik
tufayli VT1 tranzistor berkiladi va berk holatga o‘tadi. Shuning uchun chiqishda


yuqori kuchlanish (mantiqiy 1) hosil bo‘ladi, ya’ni Q=1 Q=0. VT1 va VT2
tranzistorlarning mazkur holatlari trigger tomonidan eslab qolinadi.
3-kombinatsiya. R=1, S=0. Bu vaqtda chiqishdagi kuchlanishlar o‘zgaradi:
Q =0, Q=1 bo‘lib, trigger yangi holatni saqlab qoladi.
4-kombinatsiya. R=1, S=1. Bunday kirish signalini RS-trigger qabul qila
olmaydi, chunki u aniq emas holatda bo‘ladi. Shuning uchun bu kombinatsiya man
etilgan.
Amaliyotda RS-triggerlar invertorlarda emas, balki HAM-EMAS yoki
YOKI-EMAS MElaridan tuziladi. Bu vaqtda trigger yoki invers (HAM-EMAS
negizida), yoki to‘g‘ri (YOKI-EMAS negizida) ma’lumot kirishlariga ega bo‘ladi.
Trigger ishini aks ettirish uchun holatlar jadvalidan foydalaniladi (3-jadval).
3-jadval



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin