21
– muammo tahlili jamiyatdagi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni
ulug„lashga qaratilishi;
– fanlararo, dars va texnologiya bosqichlari o„rtasidagi integratsiyaga amal
qilinishi;
– mavzuga oid qo„llanma, jadval va tarqatma didaktik materiallar
tayyorlanishi zarur.
O„ziga xos xususiyatlari:
– o„quvchilarning ehtiyojlari, qiziqishlari e‟tiborga olinadi hamda bilish
jarayonlari rivojlantiriladi;
– mavjud nazariy tushunchalar yordamida muayyan hayotiy ko„nikma va
malakalar shakllantirilishiga erishiladi;
– do„stona munosabatlar mustahkamlanadi, hamjihatlikda ishlashga
odatlantiriladi.
Texnologiya bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
O„tkazish tartibi:
Birinchi bosqich. Dastlab bahs mavzusi, muhokama qilinishi zarur bo„lgan
muammoli vaziyatlar belgilab olinadi. O„quvchilarga har kim shaxsiy fikrini erkin
bayon etishga haqliligi uqtirilgan holda avval yakka tartibda, so„ngra guruhlar va
jamoa tarzida faoliyatlarini davom ettirishlari ma‟lum qilinadi.
Dostları ilə paylaş: