225. O‘zbekiston saylov qonunchiligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi prinsipi o‘z
aksini topgan bo‘lib, fuqarolar saylovda nomzod uchun bevosita, ya’ni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ovoz beradilar. «O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga saylov
to‘g‘risida»gi qonunning nechanchi moddasida «qonunchilik
palatasi deputatlari
fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar» deb qayd etilgan?
A) 2-moddasida
B) 3-moddasida
C) 4-moddasida
D) 5-moddasida
226. O‘zbekistonda fuqarolarning saylovda ishtirok etishi erkin va ixtiyoriydir. Hech
kim ularning muayyan nomzod uchun «tarafdor» yoki «qarshi»
ovoz berishga
majbur etish huquqiga ega emas. Hech kim fuqaroga uni saylovda ishtirok etishga
yoxud ishtirok etmaslikka majburlash maqsadida ta’sir o‘tkazishga, shuningdek, o‘z
xohish-irodasini emin-erkin ifoda etishi uchun majburlashga haqli emas.
«Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida erkin va yashirin ovoz beriladi. Ovoz
beruvchilarining xohish-irodasi nazorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi». «O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning nechanchi moddasida
yuqoridagi fikrlar qat’iy belgilangan?
A) 2-moddasida
B) 3-moddasida
C) 4-moddasida
D) 5-moddasida
227. O‘zbekiston saylov qonunchiligida saylovlarning
ochiqligi va oshkoraligi
prinsipiga alohida o‘rin berilgan. Qonunchilik palatasi
saylovlariga tayyorgarlik
ko‘rish va uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar.
Bu haqda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi
qonunning qaysi moddasida belgilab qo‘yilgan?
A) 6-moddasida
B) 7-moddasida
C) 8-moddasida
D) 9-moddasida
228. Markaziy saylov komissiyasining rasmiy saytini belgilang.
Dostları ilə paylaş: