7. Tashis markazi va xamkasaba psixologlar bilan tajriba almashib borish;
8. Ta`lim muassassasi doirasida psixologik tashxis vositalari va tadqiqot
natijalari bo`yicha “ma`lumotlar bankini” yaratish.
Yuqorida takidlangan muloxazalarga tayanish ta`lim
muassasasida
psixologik tashxisnii samarali tashkil etishda yordam beradi.
1.4. Umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi psixolog ishining o’ziga xos
tomonlari
Psixolog ishini nimadan boshlashi kerak?
Bugungi kunda ko’pchilik umumiy o’rta ta’lim maktablari o’zining
psixologlariga ega. Biroq shunga qaramay direktor va o’qituvchilar ko’pincha
psixologning qo’lidan nima kelishi mumkinligini yaxshi tasavvur etolmaydilar.
Ularga psixolog hamma muammolarini bir zumda hal qilib beradigandek tuyuladi.
Ammo psixologning maktabda ish boshlaganidan keyin maktabda tashqi jihatdan
hech narsa o’zgarmaganini ko’rishgach, ularda «Maktab psixologining o’zi nima
keragi bor?» degan tipdagi savollar tug’iladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, maktabdagi amaliy ish uchun psixolog
o’rgangan nazariy bilimlar yetmay qoladi. Maktabga kelib qolgach, psixologlar
ko’pincha amaliyotning ular oldiga qo’ygan muammolaridan dovdirab qoladilar.
Shunday ahvolga tushib qolmasligi uchun psixolog avvalo maktabga nima
maqsadda borayotganligini aniqlashtirib olishi kerak.
Psixologik xizmatning
umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, psixolog umumiy o’rta ta’lim maktabida
quyidagi vazifalarni bajarishi talab etiladi:
1. Bolalarning har-bir yosh bosqichida shaxs sifatida va intellektual jihatdan
to’laqonli rivojlanishini ta’minlash, ularda o’z-o’zini tarbiyalash va rivojlantirish
qobiliyatini shakllantirish:
2. Har bir bolaga indivudual yondashuvni va uning psixologik- pedagogik
o’rganilishini taminlash:
3. Bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida
yuz berishi
mumkin bo’lgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish.
Shunday qilib, psixolog maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu
psixolog o’qituvchilar bilan ishlamaydi, degani emas.
Psixolog maktabda yengib o’tishi kerak bo’lgan birinchi to’siq - bu
maktabning pedagogik jamoasiga qo’shila olishdir. Bordi-yu psixolog bu
murakkab organizmga qo’shilib keta olmasa, o’z ishida
muvaffaqiyatga erishishi
dargumondir.
Psixolog adaptatsion davrining qiyin kechishiga bir necha omil sabab
bo’ladi. Ko’pincha o’qituvchilar psixologni bolalarni qanday qilib tarbiyalashni,
qanday yashashni o’rgatuvchi inson sifatida ko’rib, dastlabki kezlardayoq unga
nisbatan salbiy ustanovkani shakllantirib oladilar. O’z- o’ziga ishonchi sust
bo’lgan o’qituvchilar psixologni go’yo uning kamchiliklarini oshkor etuvchi shaxs
sifatida
idrok etib, uni qandaydir inspektor sifatida qabul qiladilar. Bular esa
psixologning maktab sharoitiga tez ko’nikib, maktab hayotiga chuqur singib
ketishga halaqit beradi. Buning oldini olish uchun psixolog o’qituvchilar bilan
o’zaro teng munosabatlarga kirishishi, ikkala taraf ham o’zini bilag’on
qilib
ko’rsatmasligi, eng muhimi bir-birini raqib deb hissoblamasligi zarur. SHunga
erishish kerak-ki, o’qituvchilar psixologni ularga yordam bera oladigan boshqa
mutaxassis sifatida qabul qilsinlar.
Maktabdagi ilk qadamlardanoq psixolog ma’muriyatga ularning faoliyat
doirasiga
nimalar kirmasligini,mo’jizalar ko’rsatish uning qo’lidan kelmasligini
tushuntirishi lozim.
O’qituvchi bilan bo’lgan suhbatda u yoki bu bolaning muammosi psixologik
muammo bo’lmagani uchun u bo’yicha hech narsa qila olmasligini tan olishdan
qo’rqmaslik kerak. Dastlabki qadamlarni qo’yishda ota - onalar bilan aloqa
o’rnatish juda muhim. Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda bo’lishi va o’zi
murojaat qilgan ota-onalar bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun psixolog
alohida kun va soatlarni ajratishi lozim.
Demak, umumiy o’rta ta’lim maktabida ishni boshlashdan avval psixolog:
1. O’zining pedagoglar jamoasi va maktab ma’muriyati bilan bo’lgan
munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishi.
2. O’z ishining asosiy maqsadi - bu bolaning optimal rivojlanishini ta’minlash
ekanini doim yodda saqlashi.
3. O’zining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita bog’liq bo’lgan diagnostik
va rivojlantiruvchi ishga alohida e’tibor bilan qarashi (axir
kasalni tuzatgandan
uning oldini olgan ma’qulroq- da) lozim bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: