O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika fakul`teti


Ta`lim muassasasida psixologik tashxisni o`tkazish uchun amaliyotchi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127755
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pe

Ta`lim muassasasida psixologik tashxisni o`tkazish uchun amaliyotchi
psixolog talablarga javob bershi lozim. 
1. Mutaxasislik vakolatiga egaligi; 
2. Psixolgik tashxis o`tkazish tamoillaridan xabardor bo`lishi va ularga amal
qilishi; 
3. Psixologik tashxis vositalari bilan qurolanishi; 
4. Psixologik tashxis vositalarini tadbiq etish, natijalarni qayta ishlash va
psixologik sharxlash malakasiga ega bo`lish. 
5. Psixologik tashxis natijalarini psixologik maslaxat va psixokorreksiyalash 
ishlarini uyg`unlashtirish malakasiga ega bo`lish. 
6. Uzluksiz ravishda mutaxasislik malakasini oshirishga etibor qaratishi 
psixodiagnostika fani yutuqlaridan xabardor bo`lib borish. 


7. Tashis markazi va xamkasaba psixologlar bilan tajriba almashib borish; 
8. Ta`lim muassassasi doirasida psixologik tashxis vositalari va tadqiqot 
natijalari bo`yicha “ma`lumotlar bankini” yaratish. 
Yuqorida takidlangan muloxazalarga tayanish ta`lim muassasasida
psixologik tashxisnii samarali tashkil etishda yordam beradi. 
1.4. Umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi psixolog ishining o’ziga xos 
tomonlari 
Psixolog ishini nimadan boshlashi kerak? 
Bugungi kunda ko’pchilik umumiy o’rta ta’lim maktablari o’zining 
psixologlariga ega. Biroq shunga qaramay direktor va o’qituvchilar ko’pincha 
psixologning qo’lidan nima kelishi mumkinligini yaxshi tasavvur etolmaydilar. 
Ularga psixolog hamma muammolarini bir zumda hal qilib beradigandek tuyuladi. 
Ammo psixologning maktabda ish boshlaganidan keyin maktabda tashqi jihatdan 
hech narsa o’zgarmaganini ko’rishgach, ularda «Maktab psixologining o’zi nima 
keragi bor?» degan tipdagi savollar tug’iladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, maktabdagi amaliy ish uchun psixolog 
o’rgangan nazariy bilimlar yetmay qoladi. Maktabga kelib qolgach, psixologlar 
ko’pincha amaliyotning ular oldiga qo’ygan muammolaridan dovdirab qoladilar. 
Shunday ahvolga tushib qolmasligi uchun psixolog avvalo maktabga nima 
maqsadda borayotganligini aniqlashtirib olishi kerak. Psixologik xizmatning 
umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, psixolog umumiy o’rta ta’lim maktabida 
quyidagi vazifalarni bajarishi talab etiladi:


1. Bolalarning har-bir yosh bosqichida shaxs sifatida va intellektual jihatdan 
to’laqonli rivojlanishini ta’minlash, ularda o’z-o’zini tarbiyalash va rivojlantirish 
qobiliyatini shakllantirish:
2. Har bir bolaga indivudual yondashuvni va uning psixologik- pedagogik 
o’rganilishini taminlash:
3. Bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida yuz berishi 
mumkin bo’lgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish.
Shunday qilib, psixolog maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu 
psixolog o’qituvchilar bilan ishlamaydi, degani emas.
Psixolog maktabda yengib o’tishi kerak bo’lgan birinchi to’siq - bu 
maktabning pedagogik jamoasiga qo’shila olishdir. Bordi-yu psixolog bu 
murakkab organizmga qo’shilib keta olmasa, o’z ishida muvaffaqiyatga erishishi 
dargumondir.
Psixolog adaptatsion davrining qiyin kechishiga bir necha omil sabab 
bo’ladi. Ko’pincha o’qituvchilar psixologni bolalarni qanday qilib tarbiyalashni, 
qanday yashashni o’rgatuvchi inson sifatida ko’rib, dastlabki kezlardayoq unga 
nisbatan salbiy ustanovkani shakllantirib oladilar. O’z- o’ziga ishonchi sust 
bo’lgan o’qituvchilar psixologni go’yo uning kamchiliklarini oshkor etuvchi shaxs 
sifatida idrok etib, uni qandaydir inspektor sifatida qabul qiladilar. Bular esa 
psixologning maktab sharoitiga tez ko’nikib, maktab hayotiga chuqur singib 
ketishga halaqit beradi. Buning oldini olish uchun psixolog o’qituvchilar bilan 
o’zaro teng munosabatlarga kirishishi, ikkala taraf ham o’zini bilag’on qilib 
ko’rsatmasligi, eng muhimi bir-birini raqib deb hissoblamasligi zarur. SHunga 
erishish kerak-ki, o’qituvchilar psixologni ularga yordam bera oladigan boshqa 
mutaxassis sifatida qabul qilsinlar.
Maktabdagi ilk qadamlardanoq psixolog ma’muriyatga ularning faoliyat 
doirasiga nimalar kirmasligini,mo’jizalar ko’rsatish uning qo’lidan kelmasligini 
tushuntirishi lozim.


O’qituvchi bilan bo’lgan suhbatda u yoki bu bolaning muammosi psixologik 
muammo bo’lmagani uchun u bo’yicha hech narsa qila olmasligini tan olishdan 
qo’rqmaslik kerak. Dastlabki qadamlarni qo’yishda ota - onalar bilan aloqa 
o’rnatish juda muhim. Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda bo’lishi va o’zi 
murojaat qilgan ota-onalar bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun psixolog 
alohida kun va soatlarni ajratishi lozim.
Demak, umumiy o’rta ta’lim maktabida ishni boshlashdan avval psixolog: 
1. O’zining pedagoglar jamoasi va maktab ma’muriyati bilan bo’lgan 
munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishi. 
2. O’z ishining asosiy maqsadi - bu bolaning optimal rivojlanishini ta’minlash 
ekanini doim yodda saqlashi.
3. O’zining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita bog’liq bo’lgan diagnostik 
va rivojlantiruvchi ishga alohida e’tibor bilan qarashi (axir kasalni tuzatgandan 
uning oldini olgan ma’qulroq- da) lozim bo’ladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin