O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika fakul`teti



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127755
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pe

 
 
 
 
 
2. BOB. UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABLARIDA AMALIYOTCHI 
PSIXOLOGNING VAZIFALARI VA ISH MAZMUNI 
2.1. Olti yoshli bolalarning maktabga tayyorgarligi diagnostikasi 
 
OLTI YOSHLI BOLALARNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TASHXIS 
KOMISSIYALARI TO`G`RISIDA
NIZOM 


 
I.UMUMIY QOIDALAR 
1. Olti yoshli bolalarning psixologik-pedagogik tashxis komissiyasi (keyingi 
matnda Tashxis komissiyasi) O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi 
Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 
13 mayda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`limni 
tashkil etish to`g`risida”gi 203-sonli qarori, “O`quvchilarni kasb–hunarga 
yo`naltirish va psixologik-pedagogik tashxis Markazlari to`g`risida”gi hamda 
mazkur Nizom asosida tuman, shahar hududida aqliy va jismoniy sog`lom bo`lgan 
olti yoshli bolalarni maktabda o`qishga saralab olish maqsadida tashkil etiladi. 
2. Tashxis komissiyalari har bir tuman (shahar) xalq ta`limi muassasalari 
faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limi (XTMFMTvaTEB) qoshida 
hamda umumta`lim maktablarida tuziladi. 
3. Tashxis komissiyasining tarkibi tuman (shahar) XTMFMTvaTEB
tavsiyasiga asosan ta`lim muassasalari: psixolog, logoped, shifokor va 
boshlang`ich sinf o`qituvchisi mutaxassislardan iborat bo`lib, tegishli 
(
viloyat) xalq 
ta`limi boshqarmasi buyrug`i bilan tasdiqlanadi. 
4. Tashxis komissiyasi o`z faoliyatini mazkur Nizom talablari, 
XTMFMTvaTEB mudiri tomonidan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiradi.
5. Joriy yilning 1 oktyabrgacha bo`lgan davrda yetti yoshga to`ladigan 
bolalar umumta`lim maktablarining 1-sinfiga o`qishga to`g`ridan to`g`ri qabul 
qilinadi. 
6. O`tgan yilning 1 oktyabridan joriy yilning 1 yanvarigacha bo`lgan davrda 
yetti yoshga to`ladigan bolalar umumta`lim maktablarida tuzilgan psixologik-
pedagogik tashxis komissiya xulosasiga ko`ra umumta`lim maktablarining 1-
sinfiga qabul qilinadi. 
7. Joriy yilning 1 yanvaridan 1 sentyabrgacha bo`lgan davrda olti yoshga 
to`ladigan bolalar XTMFMTvaTEB qoshida tuzilgan Tashxis komissiyasining 
xulosasiga ko`ra umumta`lim maktablarining 1-sinfiga o`qishga qabul qilinadi. 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin