Maktabga qabul qilingan olti yoshli bolalar uchun
“ Psixologik salomatlik maktabi ” korreksion rivojlantirish dasturi
Maktabga qabul qilingan olti yoshli bolalarni yangi ijtimoiy muhitga
moslashtirish maktab psixologi va boshlang`ich sinf o`qituvchisi faoliyatida
muhim o`rin tutadi.
Tajribalar shuni ko`rsatadiki maktabdagi o`zlashtirmaslikni asosiy
sabablaridan
biri
bolalarni
ta`limga
tayyor
emasligi,
ularning
“etilmaganligidan”dir. Ana shu “etilmaganlik”ni o`z vaqtida aniqlab, bartaraf
qilish bolaning maktabda o`qishiga moslashtirish va psixiokorreksion ishlar
mazmunini belgilaydi.
Eng avvalo bolaning psixologik salomatligi uchun g`amxo`rlik ko`rsatgan
holda, o`yin faoliyatidan asta-sekin o`quv faoliyatiga o`tishni ta`minlash
zarur.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, bolalarni yangi hayot
bosqichiga moslashuviga yordam beradigan, muayyan maqsadga yo`naltirilgan
rivojlantiruvchi mashg`ulotlarga zarurat tug`iladi.
Maktab ta`limiga psixologik jihatdan tayyorlik birinchidan, bilim olish
uchun bolada moyillik va o`quvchining ijtimoiy yo`nalishi shakllangan
bo`lishi, ikkinchidan, o`z tengdoshlari bilan aloqa qila bilishi, o`qituvchining
talablarini bajarish, o`z xulqini nazorat qila olish kabi jihatlarining
shakllanganligiga bog`liq. Bular bolani o`quv faoliyatiga “silliq” o`tishini
taminlaydi.
Asosiy mezonlardan biri bolaning sog`lom, chidamli bo`lishidir, aks holda
dars va butun o`qish kunida unga beriladigan yuklamalarga chidam berishi
qiyinlashadi.
Nihoyat, yana bir muhim va balki eng asosiy tomonlaridan biri, uning
aqliy jihatdan yaxshi rivojlanganligi hisoblanadi.
Aynan shu tomon maktabda olinadigan bilimlar va ko`nikmalarni
muvoffaqiyatli o`zlashtirish, intellektual faoliyatini optimal ushlab turish va
sinf bilan birga ishlashga ulgurishini belgilaydi.
Insonga dunyoni bilish va tadqiq qilish instinkti (mayli) tug`ilishidan
mavjuddir. Boladagi ana shu imkoniyatlarni rivojlantirish va namoyon qilishga
yordam berish ayniqsa muhimdir.
“Psixologik salomatlik “ dasturi aynan shu maqsadni ko`zlaydi.
Ushbu dastur asosida guruh sharoitida bolaning shaxsiy, aqliy faolligi
oshiriladi va bolalarning maktabga moslashish jarayonlarini oson kechadi.
Mashg`ulotlar jarayonida bolaning bilish psixik jarayonlari:
diqqati, fikrlashi, idroki, tasavvuri, xotirasi, ular uchun mumkun qadar
tabiiyroq hisoblangan shakl – o`yinlar yordamida rivojlantiriladi.
Guruhiy o`yinlardan foydalanish, muloqot ko`nikmalari, bir – birini
o`zaro tushunish, sherikchilik, o`zaro mas`uliyatni sezish kabi xislatlarni
rivojlantirishga ham yordam beradi. Shuningdek, dastur o`qishga moyilligi,
qabul qilishi, xotira, fikrlash kabi bilish jarayonlari rivojlanishi yetarli
bo`lmagan 7 yoshli bolalarga ham mo`ljallangan.
Mashg`ulotlar bir xaftada 2 marta o`tkaziladi va har bir mashg`ulot 30 daqiqaga
mo`ljallangan.
Olib boruvchiga tavsiyalar:
1, Bolalarga ko`proq mustaqillik bering. Bolada “ixtiro”ni o`zlari qilsinlar,
tayyor bilimni berishga shoshilmang.
2.Har bir bilimning muhimligini ko`rsatishga harakat qiling, misollar
keltiring.
3. Mashg`ulotlarga o`ta qiziqish bilan qarang, ijodiy ko`tarinkilik muhitini
vujudga keltira biling .
4. Har bir bola o`z muvaffaqiyatlari, yutuqlarini ko`ra bilsin.
Uning “o`sishi”ni, sabr -toqati va harakatini aytib boring.
5. Bolaning imkoniyatlari va qobilyatlarini xolisona baholang.
Bir bolani boshqa bir bola bilan taqqoslamang.
Masalan, “Ko`rdingmi, Alisher topshiriqlarni qanday tez bajardi”, uning
o`rniga “Sen bugun oldingidan ko`ra tezroq bajarding!” Bunday muomala
bolada o`z imkoniyatlariga ishonish hissini shakllantirib boradi.
Mashg`ulot o`tish jarayonida taqdim etilayotgan o`yinlar bolalarga
quvonch bag`ishlashi, o`z kuchiga ishonch uyg`otishiga qaratilganini yodda
tutmoq zarur. Korreksion-rivojlantirish dasturning samaradorligini aniqlash
maqsadida mashg`ulotlar yakunida bolaning bilish jarayonini, nutqi, shaxslararo
munosabatlari, ijtimoiy moslashuv malakalari tashxis etiladi va sifat
o`zgarishlar dinamikasi tahlil etib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |