O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika fakul`teti


Qiziqish va qobiliyatlar xususiyatlari



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127755
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pe

Qiziqish va qobiliyatlar xususiyatlari 
I – Texnik qobiliyat. 
1. Har xil mexanizm, mashina asboblariga qiziqadi. 
2. Konstruksiya va modellar bilan o`ynashni yaxshi ko`radi. 
3. Buzilgan mexanizm, o`yinchoqni tuzatishga urinadi. 


4. Buzilgan o`yinchoqni asboblari qismlaridan yangi o`yinchoqni yasaydi. Juda 
topqir, ijodkor. 
5. Mexanizm mashinani rasmini chizishni yaxshi ko`radi. 
6. Harakatlanuvchi, ovoz chiqaruvchi o`yinchoqlar “siri” ni bilishga intiladi
kattalardan so`raydi, buzadi. 
7. Mashina mexanizmiga doir ma`lumotga qiziqadi. Rasmlarni korreksiya qiladi, 
jurnal o`qishga harakat qiladi. 
II – Musiqiy qobiliyat 
1. Qachon qayerda musiqa tovushini eshitsa, o`sha tomonga intiladi. 
2. Musiqa ritmi, melodiyasini tez ilg`ab, eslab qolishga harakat qiladi. 
3. Musiqa chalsa, qo`shiq aytsa, juda berilib ketadi. 
4. O`z-o`zicha kuy-qo`shiqlar to`qiydi, xirgoyi qiladi. Ayrim san`atkorlarga taqlid 
qiladi. 
5. Musiqa asbobini chalishga harakat qiladi. 
III - Artistlik qobiliyati 
1. So`z topolmay qolganda o`z fikr tuyg`ularini mimika, imo-ishora harakatlari 
bilan bildirishga harakat qiladi. 
2. Biror narsa voqea va hodisani gapirganda berilib ketadi. 
3. Birov haqida gapirganda beixtiyor tovushi o`zgaradi, o`sha odam ovoziga taqlid 
qiladi. 
4. Ko`pchilik oldida bemalol, bajonidil she`r, qo`shiq aytadi, rol ijro etadi. 
Kattalar tomosha qilishini yoqtiradi. 
5. Juda osonlik biln odamlarni, hayvonlar tovushi, xatti-harakati, odatlarini bajarib 
ko`rsatadi. 


6. Yangilikka qiziquvchan bo`ladi, muhitga tez moslasha oladi.7. CHiroyli didli 
kiyinishga harakat qiladi. 
IV – Badiiylikka intilish adabiy qobiliyati 
1. Biror narsa yoki hodisa haqida mantiqli va asosli fikrdan chalg`imay gapirib 
beradi. 
2. Oddiy voqea-hodisa haqida ham bo`rtirib, obrazli qilib gapirib beradi. 
3. Birov haqida gapirganda u emotsional, hissiy holatlarini ham so`z orqali gapirib 
berishga harakat qiladi. 
4. O`zi o`ylab topgan voqea-hodisalarni, jonli, qiziqarli qilib gapiradi. 
5. She`r yodlashga qiziqadi. O`zi ham she`r, ertak, to`qishga harakat qiladi. 
6. Tugallanmagan syujetli ertak yoki hikoya berilsa, oxirini davom ettira oladi, 
xulosa chiqaradi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin