O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika fakul`teti


IY. PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TASHXIS KOMISSIYASINING ISH



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127755
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pe

IY. PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TASHXIS KOMISSIYASINING ISH 
TARTIBI 
14. Tuman (shahar) o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish pedagogik-
psixologik diagnostikasini metodik ta`minlash kichik guruhi qoshida 6 yoshli 
bolalarni psixologik-pedagogik tashxis komissiyalari tashkil etiladi va komissiya 
raislari XTMFMTvaTEB mudirining buyrug`i bilan tayinlanadi. 
15. Tashxis komissiyasi raisi hududdagi tibbiy ko`rik xulosasi asosida
ta`lim muassasalarining joylashishini hisobga olgan holda ish tartibi va qabul 
jadvalini ishlab chiqadi, o`rnatilgan tartibda tasdiqlaydi.


16. Psixologik-pedagogik tashxis komissiyasi 1 maydan 25 avgustgacha qilib belgilanadi 
va o`z ish faoliyatini quyidagi tartibda tashkil etadi :
1 maydan 1 iyungacha – har kuni
1 iyuldan 1 avgustgacha – haftada 1 kun
1 avgustdan 25 avgustgacha – har kuni
17. 
Psixologik-pedagogik 
tashxis 
kunning 
birinchi 
yarmida
(8
30
-12
00
) o`tkaziladi hamda har bir bolani ko`rikdan o`tkazishga belgilangan standart asosida 30 
– 35 daqiqa vaqt ajratiladi. Psixologik-pedagogik tashxis xulosasi va tavsiyalar ota-onalarga 
individual tartibda ma`lum qilinadi. 
18. Ota-onalar psixologik-pedagogik tashxis komissiyasiga quyidagi 
hujjatlarni taqdim etadilar: 
yashash joyidan ma`lumotnoma; 
tug`ilganligi haqida guvohnomaning nusxasi; 
bolaning tibbiy ko`rik xulosasi; 
19. Psixologik-pedagogik tashxis komissiyasi olti yoshli bolalarning 
maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlashda O`quvchilarni kasb-hunarga 
yo`naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazi metodik 
Kengashi tomonidan amaliyotga tavsiya etilgan maxsus psixologik metodikalardan 
foydalanadi . 
20. Olti yoshli bolalarning psixologik-pedagogik tashxis komissiyasining 
yakuniy hisoboti XTMFMTvaTEB maslaxat kengashida ko`rib chiqiladi va viloyat 
tashxis Markaziga taqdim etiladi. 
21. Psixologik-pedagogik tashxis komissiyasi har 10 kunda shahar, viloyat, 
Respublika tashxis Markaziga hisobot taqdim etadi.
22. Viloyat xalq ta`limi boshqarmalari qoshida psixologik-pedagogik tashxis 
appelyatsiya komissiyalari tashkil etiladi. 


23. Tashxis komissiyasi xulosasidan norozi bo`lgan ota-onalar komissiya 
faoliyatiga taalluqli shikoyat va takliflari bilan viloyat appelyatsiya komissiyasiga 
murojaat qiladilar. 
24. Viloyat appelyatsiya komissiyasi olti yoshli bolalarni psixologik-
pedagogik tashxis komissiyalari faoliyatiga doir barcha shikoyat va takliflarni, 
maxsus jurnalda qayd etadi, ularni ko`rib chiqadi, zarur bo`lganda bolani qayta 
psixologik-pedagogik tashxisdan o`tkazadi hamda o`z xulosalarini beradi.
25. O`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pedagogik 
Respublika tashxis Markazi 6 yoshli bolalarni psixologik-pedagogik tashxis 
komissiya faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta`lim to`g`risida»gi qonun har 
tomonlama komil, ijodkor va ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashda ta`lim-tarbiya 
jarayonini har bir o`quvchining individualligiga asoslangan holda tashkil etishni 
nazarda tutadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning mohiyatiga singdirilgan 
ta`lim jarayonini individuallashtirish ham har bir bolaning jismoniy, ma`naviy-ruhiy 
va shaxs rivojlanishini ta`minlash omili hisoblanadi. 
Psixologik-pedagogik tashxis natijalaridan bolani maktabda o`qishga 
tayyorlash borasida maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyatining samaradorligini 
ham baholash mumkin. Tahlillar shuni ko`rsatadiki, maktabgacha ta`lim 
muassasalaridan kelgan olti yoshli bolalarning tayyorgarlik darajasi uydan kelgan 
bolalarnikidan ancha yuqori hamda maktabda ularni o`yin faoliyatidan o`qish 
faoliyatiga “silliq” o`tkazish imkoniyati ko`proq. Tahlillardan “Bog`cha-maktab” 
majmualarida bolalarni maktabga tayyorlash samaradorligi ancha yuqoriligi ma`lum 
bo`ldi. Bu maktabgacha va boshlang`ich ta`lim uzviyligini ta`minlashda bog`cha va 
maktab hamkorligini yanada kuchaytirish zarurligini ko`rsatadi.
Aslini olganda, ta`limning insonparvarlik tamoyiliga asoslansak, tayyorgarlik 
ko`rsatkichidan qat`iy nazar maktabda o`qish uchun hammaga va har bir bolaga 
yetarli shart-sharoit yaratilmog`i lozim. YA`ni nafaqat bola maktabda o`qishga, 
balki maktab ham har bir bolani o`qitishga tayyor bo`lishi kerak. SHuning uchun 


ham olti yoshli bolalarni tibbiy, psixologik-pedagogik tashxisdan o`tkazish “saralash 
imtihoni” emas, balki bola bilan o`tkaziladigan navbatdagi korreksiya-rivojlantirish 
ishlari yo`nalishini belgilab beruvchi vosita hisoblanadi.
Olti yoshli bolalarni maktabga umumetuklik darajasini tashxis qilish hamda 
ularni o`qishga moslashtirish ishlarida muammolar, yo`l qo`yilayotgan tipik 
kamchiliklar ham anchagina.
Yaqin-yaqinlargacha ota-onalarning o`z bolalarini maktabga tayyorlash 
masalasi unchalik qiziqtirmas, 7 yoshga kirgan bola to`g`ridan-to`g`ri maktabga 
qabul qilinar edi. Quvonarlisi shundaki, endilikda ota-onalar bolalarini maktabga 
tayyorlash va ularning maktabda o`qishiga befarq emaslar. Ular bog`chada bolalari 
«nima bilan shug`ullanadi, nimani o`rganadi» bilan qiziqishmoqda. Qo`shimcha 
mashg`ulotlar (repititorlik guruhlari)ga bolalarini olib borib «ertaroq o`qish, yozish, 
sanoqqa o`rgatish»ga harakat qilishmoqda. Ota-onalarning kuyinchakligi, o`z 
bolasining ertasi uchun qayg`urishi yaxshi albatta, lekin bolani maktabga 
tayyorlashda bunday ortiqcha urinishlar ayrim hollarda bolalarni toliqtirib, ularning
jismoniy va psixik rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Kuzatishlardan ma`lumki, ko`p bolalar ota-onasining xohishi va «elib-
yugurishi» bilan hali o`qishga tayyor bo`lmay turib, maktab ostonasiga qadam 
qo`yishadi. Afsuski, o`qish davomida aqliy-ruhiy zo`riqish olish oqibatida turli 
kasalliklarga chalinib, jismoniy va psixik rivojlanishida nuqsonlar paydo bo`ladi. 
Bunday bolalarda eng avvalo miya strukturasining va nerv-psixik jarayonlarining 
maktabda o`qish uchun to`liq yetilmaganligi, ko`ruv-harakat koordinatsiyasi va 
kichik motorikaning rivojlanmaganligi, mantiqli fikr mahsuldorligining pastligi 
kuzatiladi. Undan tashqari motivatsiya, irodaviy jihatlarining shakllanmaganligi, 
ayniqsa ixtiyoriy diqqat va xotira, hatti-harakatni ixtiyoriy boshqariluvidagi 
muammolar maktabda o`qishga tayyor bo`lmagan bolalarning muvaffaqiyatli 
o`zlashtirib ketishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bir so`z bilan aytganda bunday 
bolalarda hali «O`quvchi ichki pozitsiyasi» shakllanmagan bo`ladi. 
Shu o`rinda ««maktabda o`qishga tayyorlik» yoki «maktabda o`qishga 
umumetuklik» nima?» degan savol javobiga to`xtalsak.


Oxirgi 15-20 yil davomida chet ellar va mamlakatimizda juda ko`p olimlar, 
psixologlar va pedagoglar bu savol ustida bosh qotirgan bo`lsalarda, haligacha 
bolaning maktabda o`qishga tayyorligini belgilab beruvchi aniq mezonlar ishlab 
chiqilmagan. Chet el psixologlari maktabga umumetuklikni «bola maktabda o`qish 
qobiliyatiga ega bo`ladi»: (E.SHvansara) yoki «maktab programmalarini 
o`zlashtirish uchun kerak bo`lgan bilim, ko`nikma va qobiliyatlarga ega bo`ladi» 
(A.Anastazi) deb, talqin etishadi. 
Sobiq ittifoq davrida ham A.V.Zoporojets, L.I.Bojovich kabi olimlar bu 
muammo ustida qator ilmiy izlanishlar olib borishgan. SHuni aytish joizki, taniqli 
psixolog L.A.Venger va uning hamkasabalari tomonidan ishlab chiqilgan nazariy 
asos e`tiborga loyiq. Unda fundamental psixologiyaning asosiy tamoyili ya`ni, 
insonning barcha psixologik xususiyatlari uning faoliyati jarayonida shakllanishi 
asos qilib olingan. L.A.Vengerning fikricha maktabgacha ta`lim yoshidagi bolada 
maktabda o`qishga xos xususiyatlar hali shakllanishi mumkin emas, chunki bu 
xususiyatlar faqat o`qish jarayonida shakllanadi. SHu nuqtai nazardan bizning 
fikrimizcha, maktabga psixologik tayyorlik bolada o`qish ko`nikma va 
malakalarining shakllanganligi bilan emas, balki o`qiy olishga tayyorlik 
imkoniyatlari bilan belgilanadi. Ko`rinib turibdiki, maktabda o`qishga tayyorlik 
muammosi ko`p qirrali bo`lib, uni o`rganish har tomonlama psixologik, fiziologik 
va morfologik tadqiq qilishni taqazo etadi. 
Biz bolani maktabda o`qishga tayyorlash kerak emas degan fikrdan yiroqmiz, 
lekin bolaning bilish jarayonlarining rivojlanishiga kichik yoshidanoq o`qishni, 
sanashni, yozishni o`rgatish bilangina erishib bo`lmaydi. YAna bir qonuniyat bor: 
har qanday taraqqiyot ko`rgazma-obrazlilikdan abstrak-mantiqiylikka qarab boradi. 
Agar biz bolaga u o`qishga aqliy, ma`naviy-ruhiy jihatdan tayyor bo`lmay turib harf 
va raqamlarni yozish, o`qishni o`rgatsak, bu rivojlanish qonuniyatini teskari o`girib 
qo`yamiz. Psixolog olimlarning fikricha, psixik va evolyutsion taraqqiyot qonunlari 
ham fizik qonunlardek buzilmas hamda universaldir.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, neyrofiziologik jihatdan 
ixtiyoriy diqqat va o`qish uchun zarur bo`lgan ko`plab miyada kechadigan 


jarayonlar asosan 7-8 yoshda (aqliy yoshi o`zib ketgan bolalarda 6 yoshda ham) 
shakllanadi. Ya`ni, shu yoshda miya 45 minutlik aqliy mehnatga tayyor bo`ladi. 
Bizning fikrimizcha, bola maktabgacha ta`lim yoshida «o`yinga to`ymasa», uni 
«majburan» o`qish, yozish, sanoqqa o`rgatish oftobdan to`yib yetilmagan tarvuzning 
dumini burab qo`yib qizartirishdek holatdir. 
Umuman, olti yoshli bolalarni maktabga tayyorlash, ularni maktabda o`qishga 
tanlash va o`qitish muammolari dolzarb bo`lib, bu muammoni hal etish ta`limning 
boshqaruv organlari, olimlar, pedagoglar va psixologlarning hamjihatlikdagi 
harakatini taqazo etadi. 
Ma`lumki, maktabgacha yosh davrida bolalar uchun asosiy faoliyat turi-o`yin 
hisoblanadi. Albatta, olti yoshli bolada (ko`proq maktabgacha ta`lim muassasalariga 
tortilgan bolalarda) ilk o`quv motivlari shakllangan bo`ladi, shunga qaramasdan olti 
yoshli bolalarni o`yin faoliyatidan o`quv faoliyatiga jismoniy, aqliy zo`riqishsiz, 
silliq o`tishini va moslashuvini ta`minlash borasida qator ishlarni amalga oshirish 
kerak bo`ladi.
Ko`pgina tadqiqotchilarning (E.G`oziyev, L.D.Stolyarenko, M.Rasulova va b.) 
ta`kidlashlaricha, olti yoshli bolaning muhim xususiyatlaridan biri unda o`ziga xos 
ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o`z mohiyati bilan muayyan bilim, 
ko`nikma va malakalarni egallashga, tevarak-atrofdagi voqelikni o`zlashtirishga 
emas, ko`proq «o`quvchi bo`lish» istagini aks ettiradi. Shu ehtiyojlar zamirida o`z 
sumkasiga, dars tayyorlash burchagiga, kitob qo`yish javoniga ega bo`lish istagi, 
kattalardek har kuni maktabga qatnash tuyg`usi yotadi, xolos. Umuman olganda, bu 
yoshda bola hali o`qishning tub mohiyati va vazifasini to`liq anglamaydi. Maktabga 
borgandan so`ng uning o`quvchilik safiga qabul qilinishi, ota-onasining har kuni 
maktabga kuzatib qo`yishi, kutib olishi, (e`tibor bering, bog`chaga qatnayotgan 
vaqtidagi olib borib qo`yish, olib kelishi emas), aynan kuzatib qo`yish va kutib olish, 
o`qituvchilar va kattalarning unga samimiy tilaklari, sinfdoshlari bilan saf tortib 
yurishlar, tanaffus vaqtidagi o`yinlar, o`qituvchining uy topshiriqlari, unga bittalab 
so`zma-so`z tushuntirishlari bolani o`ziga «rom» etadi. Ko`p vaqt o`tmay bular asta-
sekin uning uchun o`z ahamiyatini yo`qota boshlaydi. Bola endi o`qishni aqliy 


mehnat ekanligini, diqqatini, irodasini ishga solishi kerakligini, ayrim hollarda 
yoqtirmagan ishi bilan ham shug`ullanishi kerakligini, bundan tashqari, o`z xulqini 
idora etishi, hatti-harakati uchun javob berishi lozimligini anglay boshlaydi. Shu 
holatda aqliy mehnat ko`nikmasiga ega bo`lmagan bolaning o`qishdan ko`ngli 
soviydi, unda umidsizlik hissi paydo bo`ladi, natijada bola maktabda o`quv 
faoliyatiga to`liq moslasha olmay qoladi. Kuzatishlardan ma`lumki, maktabga uydan 
kelgan bolalarga nisbatan maktabgacha ta`lim muassasalaridan kelgan bolalarning 
o`qish faoliyatiga moslashuvi ancha silliq va osonroq kechadi. Uydan kelgan 
bolalarda muqim o`tirib aqliy mehnat bilan shug`ullanish malakasi sustroq 
shakllanganligi 
ularni 
maktabga 
tayyorlashda 
tizimli 
va 
maqsadli 
yondashilmaganlikning oqibati hisoblanadi. 
Ma`lumki, har bir yosh o`ziga xos va boshqa yoshlardan farq qiladigan 
xususiyatlarga ega. 6-7 yoshga borib bola yuragi 4-5 baravar kattalashadi, bosh 
miyasining vazni esa taxminan 1350 gr yetadi. Bu yoshda skelet suyaklari jadal 
takomillashib, tayanch-haratlanish apparati mustahkamlanib boradi va bola turli-
tuman muvofiqlashgan harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo`ladi. Xuddi shunday 
markaziy nerv sistemasining funksiyasi takomillashadi, shartli tormozlanish 
rivojlanadi. Olti yoshda organizmda bu o`zgarishlar intensiv kechadi, bu davrda sut 
tishlar doimiy tishlar bilan almashinadi. Shuning uchun ham olti yoshli bolani 
maktabga qabul qilishda, eng avvalo, uning jismoniy rivojlanish darajasini ta`lim 
talablariga mos ekanligini hisobga olish kerak. Aks holda, sog`lom bo`lmagan 
bolaga o`quv yuklamalari ko`plik qilib, uning aqliy yoki jismoniy zo`riqishiga sabab 
bo`ladi. Bunday zo`riqishlar oqibatida bolalar turli kasalliklarga chalinib, jismoniy 
va psixik rivojlanishida nuqsonlar paydo bo`ladi. 
E`tirof etish lozimki, ota-onalar, pedagoglar bolalarni erta yoshidan maktabga 
berishning foyda yoki zarari to`g`risida o`ylaganda, inson miyasi rivojlanishining 
o`z neyrofiziologik qonuniyati borligini alohida e`tiborga olishlari lozim. Miya 
quvvati har bir rivojlanish bosqichi uchun tegishli darajada taqsimlangan. Agarda bu 
quvvatni shu yosh davriga xos bo`lmagan ma`lum bir psixik jarayonni 
rivojlantirishga sarflasak, bilingki, shu quvvat tegishli bo`lgan joyda tanqislik hosil 


bo`ladi. Bu o`z-o`zidan bolaning morfologik, fiziologik yoki psixik rivojlanishida 
salbiy burilish yoki psixik nuqsonni paydo qiladi. Taniqli neyropsixolog 
A.Smenovichning ta`kidlashicha, 2-5 yosh davri bolada sensomotor va emotsional 
hissiy jihatlarning kuchli rivojlanish davri hisoblanadi. Agar siz shu yoshda bolani 
o`qish, yozish, sanashga o`rgatib, uning bilish jarayonini zo`riqtirsangiz, bilingki, 
emotsional hissiy rivojlanish uchun zarur bo`lgan miya quvvatining tanqislashuviga 
sabab bo`lasiz. Bunda bolaning emotsional-hissiy jarayonlarini kechishi yoki 
somatik (tana) rivojlanishida kamchilik sodir bo`ladi. bunday energiya 
taqsimlanishining majburan buzilishi 7-8 yoshli bolalarda qo`rquv, agressivlik yoki 
giperfaollik holatlariga olib keladi. 
Har o`quv yilining ikkinchi choragi so`ngida, olti yoshdan qabul qilingan 
bolalarning aqliy rivojlanish dinamikasi va maktabga moslashish darajasini 
o`rganish maqsadida, qayta psixologik-pedagogik tashxis o`tkaziladi. 
O`tkazilgan qayta tashxis xulosalaridan ma`lumki, maktabga moslashmagan 
bolalarda bilish psixik jarayonlari, mayda qo`l motorikasi va ko`ruv-harakat 
koordinatsiyasining 
yetarli 
darajada 
rivojlanmaganligi, 
mantiqli 
fikr 
mahsuldorligining 
pastligi, 
motivatsiya 
va 
irodaviy 
jihatlarining 
to`liq 
shakllanmaganligi, xatti-harakatning ixtiyoriy boshqaruvidagi muammolarning 
mavjudligi, ularning muvaffaqiyatli o`zlashtirib ketishlariga salbiy ta`sir ko`rsatadi. 
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, neyrofiziologik 
jihatidan ixtiyoriy diqqat va o`qish uchun zarur bo`lgan ko`plab miyada kechadigan 
jarayonlar asosan 7-8 yoshda (aqliy yoshi o`zib ketgan bolalarda olti yoshda ham) 
shakllanadi. Ya`ni shu yoshda miya 45 daqiqalik aqliy mehnatga tayyor bo`ladi. 
Shuning uchun ham ota-onalar olti yoshli bolalarini maktabga olib kelishdan oldin, 
shu omillar haqida jiddiy o`ylab ko`rishlari kerak. 
Xuddi shunday, hududiy tashxis Markazlari mutaxassislari, tibbiy xodimlar, 
maktablarda tashkil etilgan psixologik-pedagogik tashxis komissiyalari a`zolari, 
o`qituvchilar va maktab ma`muriyati ham maktabga jismonan, aqlan, ma`nan va 
psixologik jihatdan mutloq, har tomonlama tayyor bo`lgan olti yoshli bolalarni 
tanlab jalb etish hamda ularni o`quv faoliyatiga moslashtirish ishlariga yanada 


mas`uliyatliroq yondashishlari lozim. Zero, olti yoshli bolaning maktabda 
muvaffaqiyat bilan o`qib ketishi kattalarning xohish-istagi bilan emas, balki uning 
o`zining o`qishga tayyorgarlik darajasi, imkoniyat va qobiliyatiga bog`liq bo`ladi. 
O`quvchilarning rivojlanish dinamikasini uzluksiz kuzatib borish va 
bosqichma-bosqich psixologik-pedagogik tashxis qilish maqsadida barcha 1-sinf 
o`quvchilari uchun «Psixologik-pedagogik tashxis daftari» yuritilmoqda. Mazkur 
daftar har bir o`quvchining o`ziga xos rivojlanish yo`nalishini belgilab borish va uni 
o`z vaqtida korreksiyalash (tuzatish) imkonini beradi.
Olti yoshli bolalarning maktabga moslashuvi va aqliy rivojlanishini maqsadga 
muvofiqlashtirish uchun maktab amaliy psixologlari va o`qituvchilar tomonidan 
«Psixologik salomatlik maktabi» korreksiya-rivojlantirish mashg`ulotlarini o`tkazish 
muhimdir.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin