O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika fakul`teti


II. TASHXIS KOMISSIYASINING ASOSIY VAZIFALARI



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127755
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pe

II. TASHXIS KOMISSIYASINING ASOSIY VAZIFALARI 
8. Tibbiy ko`rik xulosalariga muvofiq jismoniy va aqliy jihatdan mutloq 
sog`lom deb topilgan olti yoshli bolalarni maktabda ta`lim olishga ijtimoiy-
psixologik va ma`naviy – ahloqiy jihatdan tayyorgarlik darajasini o`rganish.
9. Joriy yilning 1 sentyabrgacha bo`lgan davrda olti yoshga to`ladigan, 
psixologik-pedagogik tashxis xulosasiga ko`ra maktabga tayyor deb topilgan 
bolalarga umumta`lim maktablarining 1-sinfiga o`qishga tavsiya berish. 
10. Tashxis natijalari asosida maktabda o`qishga tayyor emas deb topilgan 
olti yoshli bolalarning ota-onalariga ularni maktabga tayyorlash masalasida 
maslahat hamda korreksion-rivojlantiruvchi guruhlarida shug`ullanish yuzasidan 
tavsiyalar berish.
11. 
Tuman 
(shahar) 
hududidagi 
barcha 
maktabgacha 
ta`lim 
muassasalariga qatnaydigan va qatnamaydigan olti yoshli bolalarning maktabga 
tayyorgarlik darajasini maxsus psixologik tashxis metodikasi yordamida 
o`rganish. 
12. Tashxis komissiyasi ish yakuni bo`yicha hisobotni XTMFMTvaTEB 
hamda viloyat xalq ta`limi boshqarmalariga taqdim etish.
III. TASHXIS KOMISSIYASINING TARKIBI VA ULARNING ISH 
TAQSIMOTI 
13. Komissiya o`z ish faoliyatini XTMFMTvaTEB tomonidan o`rnatilgan 
tartibda tasdiqlangan jadval hamda ish reja asosida amalga oshiradi. 
Komissiya raisi komissiya a`zolarining ish tartibi, ish rejasi, tashxisning 
sifatini nazorat etish, hududdagi olti yoshli bolalarning to`liq tashxisdan o`tishini 
ta`minlaydi. Ota-onalarga tashxis komissiyasining maqsad va vazifalarini 
tushuntiradi. 


Rais Tashxis komissiyasi faoliyatining yakuni haqida XTMFMTvaTEB 
bo`limlarining yig`ilishlarida hisobot beradi, komissiya ishi, a`zolari haqida o`z 
fikr va mulohazalarini yozma ravishda taqdim etadi. 
Psixolog olti yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasini psixologik 
tashxis metodikalari asosida o`rganadi. Barcha mezonlar bo`yicha talablarga javob 
bergan bolalarga maktabda o`qishga tavsiya beradi.
Maktabga tavsiya etilmagan bolalarni maktabgacha ta`lim muassasalarida 
yoki uy sharoitida maktabga tayyorlash xususida ota-onalarga maslahatlar beradi.
Logoped bolaning tovush talaffuzi, fonema-fonematik eshituvi va grammatik 
qurilishini shakllanganlik holatini o`rganadi. bolaning og`zaki nutqini rivojlanish 
darajasini aniqlaydi. nutqning tempi, ravonligi va aniqlik holatini tekshiradi.
Shifokor psixologik-pedagogik tashxisdan o`tayotgan bolaning salomatlik 
holatini o`rganadi, uning tibbiy varaqasidagi barcha yozuvlar bilan tanishadi va 
tibbiy komissiya xulosasi bilan bolaning salomatligini taqqoslaydi. 
Olti yoshli bolalarni psixologik-pedagogik tashxis komissiyasi tarkibida 
ishtirok etayotgan boshlang`ich sinf o`qituvchisi ham komissiya ishida faol 
ishtirok etadi, uning vazifalari komissiya raisi tomonidan belgilab beriladi. 
Tashxis komissiyasi faoliyatiga yoki uning ayrim a`zolariga nisbatan 
bildirilgan shikoyatlar komissiya raisi, XTMFMTvaTEB vakillari ishtirokida 
O`zbekiston Respublikasi Qonunchiligi doirasida hal etiladi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin