O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika fakul`teti


Tarbiyasi og`ir bolalar bilan ishlash ……………………………..…………….  2.4



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pe

2.3. Tarbiyasi og`ir bolalar bilan ishlash ……………………………..……………. 
2.4. O`quvchilarni o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalariga yo`naltirish 
hamda tavsiyanomalarni berish……………………………………………………. 
2.5. Dars mashg`ulotlarini psixologik tahlili …………………………………… 
XULOSA…………………………………………………………………………… 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………………………….. 
 
 
 
 
 
 
 
 


KIRISH 
XX asr bo`sag`asida psixologiya fani va uning ilg`or vakillari o`zlarining
navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga 
psixologik xizmat ko`rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan 
asoslab berishga muvaffaq bo`ldilar. 
Prezident I.A.Karimovning Respublika Oliy Majlisi IX sessiyasidagi 
“Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusidagi
so`zlagan nutqidan kelib chiqqan holda qabul qilingan “Ta`lim to`g`risidagi Qonun 
va Kadrlar tayyorlash bo`yicha milliy dastur” (1997 yil 29 avgust) ning amalda 
qo`llanilishi bugungi shaxs faoliyatidan, uning ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat 
qiluvchi omillaridan yanada unumliroq foydalanish yo`llarini izlashga da`vat etadi.
Bu esa, avvalo inson ma`naviyati, ruhiyati va ijtimoiy kamoloti bilan 
shug`ullanuvchi psixologlar oldiga bir muncha jiddiy va mas`uliyatli vazifalarni 
qo`yadi. Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini 
bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo`ygan talablar asosida qaror 
toptirishga ko`maklashuvchi psixologik xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq 
etilishiga ham bog`liq ekanligi shubhasizdir. Zero, shaxs va uning faoliyatini har 
tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy 
yo`nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida ko`pgina olimlar o`z fikr-
mulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar. 
Ayniqsa, 
o`zbek 
olimlaridan 
E.G`oziev, 
M.G.Davletshin,
G`.B.SHoumarov, 
B.R.Qodirov, 
R.Gaynutdinov, 
V.M.Karimova, 
N.A.Sog`inovlarning ham O`zbekiston umumta`lim maktablari va oila tizimlarida 
psixologik xizmatni joriy etish borasida olib borayotgan qator nazariy-ilmiy va
amaliy-uslubiy ishlari Respublikamizda psixologik xizmatni joriy etish va 
rivojlantirish uchun ma`lum darajada asos bo`lmoqda.
Mustaqil Respublikamiz kelajagi iste`dodli, barkamol yoshlarning
ta`lim-tarbiyasiga bog`liq. Yurtboshimiz I.A.Karimov ta`kidlaganidek, 


“Bilimga chanqoq iste`dodli yoshlarni topib, ularni Vatanga fidoiy insonlar
qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir”. Yurtimizda ta`lim muassasalarida
psixologik xizmatni, yoshlarni kasbga yo`naltirish va pedagogik psixologik
tashxis markazlarining tashkil etilishi, bunday g`oyat ulug` vazifani bajarish
yo`lidagi fayzli qadamlardan biridir. Zero, ta`lim muassasalarida psixologik 
xizmat bolalarining iqtidorini aniqlash, ularni o`z jismoniy va ruxiy 
imkoniyatlariga mos ta`lim muassasalariga, kasblarga yo`llash orqali ulardan 
mavjud iste`dodlarning yanada rivojlanishi, amaliy faoliyatida samarali
natijalarga erishishlariga xamisha yordam beradi. Shu bois, ta`lim muassalarida
psixologik xizmatini takomillashtirish masalasi xozirgi kunnig dolzarb
muamolardan biridir. 
Bugungi kunda maktablarda amaliyotchi psixolog mutaxasisligini zarur
extiyoj sifatida qabul qilinishi ushbu yo`nalishda kutilgan eng muxim qadamlardan 
biri deyish mumkin. 
Bu ulkan vazifani yechish inson omili bilan bog`liq bo`lib bunda
psixologiya va pedagogika fanlarining aloxida o`rni, saloxiyati xamda ma`suliyati
yaqqol sezilib turadi. Ayniqsa keyingi paytlarda Respublikamizdagi barcha umum 
ta`lim maktablarida oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida olib 
borilayotgan amaliy ishlar o`sib kelayotgan yoki bunyodkor avlodni ijtimoiy 
taraqqiyot asosida tarbiyalashni ta`minlashga xizmat qilmoqda. Shunday bo`lsada
xali xam bu borada yechimini kutayotgan pedagogik-psixologik muamolar
talaygina. Bu muamolar eng avvalo umumta`lim maktablarida o`quvchi shaxsini 
o`rganish va rivojlantirish jarayonida shaxsni tarbiyalash jarayonlari bilan bevosita
bog`liqdir. 
Ta`lim muassasalarida psixologik xizmatning joriy etilishi ta`lim tarbiya
jarayonini psixologik jixatdan taminlash uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa 
bu jarayonda psixologik xizmatning o`rni beqiyosdir. Buni ushbu xizmatga
o`quvchi yoshlar pedagog xodimlar va ota-onalarning qiziqishlari ortib
borayotganligida yaqqol ko`rish mumkin. O`quvchilar, talabalar, amaliyotchi 


psixologlarga, asosan o`zlarining shaxs xususiyatlarini, irodaviy sifatlari, xis-
tuyg`ulari, o`z-o`zini boshqarish imkonoyatini, intelektual saloxiyat darajasini, 
psixodiagnostik uslublar yordamida aniqlash va o`z imkoniyatlarini ro`yobga
chiqarish, rivojlantirish, kasbga yo`naltirish, shaxslararo munosabatlardagi
muamolarni hal etish masalalari bo`yicha murojat qilishadi. Pedagoglar esa bolalar 
o`quvchi yoshlarda uchraydigan o`qish malakalari, ko`nikmalarini egallashdagi 
nuqsonlar, 
xulq-atvordagi 
kamchiliklar, 
intelektual 
taraqqiyot, 
shaxs 
fazilatlaridagi buzilishlar sababini aniqlash, o`quvchi-yoshlarning o`qishga
nisbatan motivasiyasini oshirish, ularga samarali pedagogik-psixologik ta`sir
etish yo`llari haqida psixologik maslaxatlar olishni va o`quv-treninglarida
qatnashishni xoxlashadi. Ota-onalar bolalarni to`g`ri tushinishi, ular bilan ishonchli
munosabatlar o`rnatish masalalariga ko`proq qiziqadilar. 
Ma`lumki, mazkur soxa yangi bo`lganligi sababli, bu bilan bog`liq qator
muamo va qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Jumladan, ko`pincha ular tashis
amaliyotida qo`llanilayotgan psixodiagnostik metodikalarning ayniqsa o`zbek
tilida kamligi, mukammal emasligi, milliy test normalarning mavjud emasligi, 
bo`lib bu o`z navbatida bu bilan bog`liq bir qator jixatlar amalga oshiradi: 
- hozirgi bosqichda amaliyotchi psixologlar tomonidan qo`llanilayotgan bunday
metodikalar kamchilikni tashkil qiladi.
- mazkur metodikalarni barcha tashxis markazlari xodimlari va ta`lim
muassasalari psixolog mutaxasislar o`z amaliyotida to`la qo`llay olmaydilar. 
Ta`lim tizimidagi psixologlar faoliyatlari jarayonida psixologik tuzatish
va rivojlantirish ishlarini tashkil etish, yani psixokorreksion faoliyatlari yuzasidan
qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. O`quvchining shaxsi nutqi va aqliy
rivojlanishidagi buzilishlarni o`qishdagi o`zlashtirmaslik sababalarini aniqlash
va shu asosida ular bilan aloxida tuzatish va rivojlantirish ishlarini olib borish, 
ulardagi imkoniyatlarni keng miqyosda o`rganish va rivojlantirish orqali o`quvchi


shaxsidagi faollikni oshirish yo`llarini izlash, psixologlardan yanada bilim
ko`nikma va malakalarga ega bo`lishlarini talab etmoqda. 
Ta`lim muassasalarida psixolog faoliyatini takomillashtirishning qo`yidagi
jixatlarini ajratib ko`rsatish mumkin: 
- Ta`lim muassasalarini yuqori malakali psixolog kadrlar bilan taminlash va 
ular malakasini oshirishni tashkil etish; 
- Ta`lim muassasalarini psixologik xizmatni nazariy metodologik jixatdan
taminlash; 
- Ta`lim muassasalarida psixologik xizmatni uslubiy jixatdan taminlash; 
Shu jixatlarni hisobga oladigan bo`lsak, ilgari surilayotgan muammo 
dolzarb hisoblanadi. Chunki jamiyatda inson shaxsiga nisbatan intilish ishtiyoqni
ortib borayotganligi, shaxsning xususiyat va holatlari haqida amaliy va nazariy 
bilimlarga ega bo`lishlikni taqoza qiladi. Shu bois, mazkur muamoni yechimini
topishga bu boradagi ishlarni jonlantirishga doir tadbirlar dasturini amalga
oshirish va bu boradagi ishlarni keng jamoatchilikga ommalashtirish lozim. 
Umum o`rta ta`lim maktablarida ish olib borayotgan amaliyotchi 
psixologlar o`z faoliyati davomida ta`lim muassasining ijtimoiy muhitini 
muvofiqlashtirishni ta`minlaydi, va ijtimoiy moslashmaslik ularning zo`riqishlarini 
yuz berishini oldini olish uchun psixologik xizmatning o`rni beqiyos. Psixologik 
xizmat faoliyati o`quvchilar aqliy faoliyat taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarini 
diagnostika qilishga, ta`lim-tarbiyasidagi buzilishlarning psixologik sabablarni 
aniqlashgagina qaratilmasdan, balki bunday buzilishlarni yo`qotish va oldini 
olishga qaratiladi. Bunday psixologning aniqlagan va to`plagan ma`lumotlari 
o`quvchilarni korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi. 
Shunday qilib, Barkamol yetuk kadrlarni tayyorlashda maktab amaliyotchi 
psixologining zimmasiga o`ta mas`uliyatli vazifalar yuklatilganligini guvohi 
bo`ldik, va bu ma`suliyatli kasbning vazifalari ih mazmuni va uslublarini yaqinda 


tanishib, o`rganib chiqishga harakat qildik, hamda o`z oldimizga maqsad qilib 
oldik.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin