KELISHI
1.1.Chet-el va O`zbekiston ta`lim tizimiga psixolgik
xizmatning tadbiq etlishi .
Ta`lim sohasini islox qilishning asosiy omillaridan biri insoniyat manfaati
va ta`limning ustivorligiddir. Ta`limga psixologik xizmatning kirib kelishi uning
paydo bo`lishi bilan bog`liqdir.
Xorij mamalakatlarida psixologik xizmat xususan, AQSh da 1800 yildan
boshlab rivojlana boshladi. AQShning birinchi amaliyotchi psixologlari o`z-o`zini
tarbiyalsh muammosini o`rgangan eksperemental psixologlar edi. Amerika
maktablarida aqliy taraqqiyot “koeffisentini” aniqlash keng tarqalib, keyinchalik
Gaydens xizmatining rivojlanishiga olib keldi.
Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bunne bo`lib, bu sohada
1894 yildan boshlab ish boshlagan. 1900 yilda Fransiyada maktab psixologik
xizmati tashkil etildi. 1970-yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam
guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etadi. Bunday guruhlar esa
maktab psixologiyasi bo`yicha bir mutaxasisni o`z ichiga oladi. Bunday brigada
800 –1000 ta o`quvchiga xizmat qiladi. Bular bir maktabda joylashib, bir nechta
maktabga xizmat qilishi mumkin.
Ko`pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan maktab psixologik xizmati
tuman yoki viloyat psixologik-pedagogik psixologik markazlar shaklida tashkil
etilgan. Psixologik xizmatning asosiy mazmuni – sog`lom shaxsning o`sishini
ta`minlash shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korreksiya qilish va kasb
tanlash muammosidir.
Birinchi bo`lib 1975 yilda Estoniyada psixologik xizmat atshkil etildi. Uning
rahbari X.I.Liymets, Yu.L.Serd bo`lib tarbiyasi qiyin o`smirlar uchun ish olib
bordilar.
Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik xizmatning rivojalanishiga juda katta
hissa qo`shgan. Ushbu mavzuda doktorlik dissertasiyani yoqlagan va bir qancha
psixologik xizmat asarlari muallifidir.
Har bir davlatning ijtimoiy taraqqiyoti o`sha davlat hududida yashovchi
fuqarolarning ijodiy o`sishi va axloqiy potensialiga bog`liq bo`ladi. Bu sifatlarni
shaklanishi odamlarining maktabgacha ta`lim muassalarida tarbiyalanish va
maktabda o`qish yillariga to`g`ri keladi. Chunki bu yillar inson shaxsi va uning
idevidual xususiyatlari bo`lmish temperamenti xarakter qobiliyatlari qiziqishlari va
hakozolarning shakllanishi uchun eng qulay davr hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ham
ilgariroq ham xalq ta`limi tizimiga qarashli maktabgacha ta`lim muassalari,
maktab, kollej, letsey va h.k.larda ta`lim tarbiya jarayonlarda sezilarli qiyinchilikga
duch kelinar edi. Ayniqsa keyingi davrlarda bu muammolarda keskin tus
olayotganligi sir emas.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkini psixolog xizmatiga
muxtojlik bugun yoki kecha paydo bo`lmasdan , ayrim mamlakatlarda
allaqachonlar hayotga tadbiq etilib yaxshigina rivojlanmoqda.
Jumladan, bu kasb AQShda o`tgan XX asrning 1960 yillarida paydo bo`lib
hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy tarmoq hisoblanadi. AQShda 1980 yillarda
maktab psixologlarining Milliy assotsiyasi tuzilgan edi. AQShda maktab
psixologining markaziy vazifalarida biri o`quvchilarning aqliy rivojlnish sifatini
test savollari orqali baholash hisoblanadi.
AQShda psixologik xizmat uning kelajagi rivojlanish haqidagi ma`lumotlar
K.R.Reynolds , T.B.Gudkin va boshqalarning 1984 yil Nyu-yorkda chop etilgan
kitobida yoritilgan [10] ( “ Seholl Psichology: essintial of theory and Practice” ).
Bolalarning aqliy qobiliyatlarni o`rganish hozirgi kunda nafaqat AQSh da
balki, qator rivojlangan mamlakatlarda ham etiborlidir. Psixolog B.L.Vulfson
Fransiyaning hozirgi vaqtdagi pedogogik muammolarini taxlil qilib yaqin
vaqtlargacha test uslubi AQSH va Ahgiliyadagidek keng tarqalmagan degan fikrni
aytadi . Fransiya maktablarida bolaning aqliy faoliyatlari va qobilyatlarini testlar
orqali aniqlash o`tgan asrning 70-yillari boshidan boshlaganligi ma`lum.
Lekin hozirgi vaqtda odamning faqatgina aqliy faoliyati bilan emas balki shaxs
bo`lib shakllanishi jarayonida uni har tamonlama baholashga to`g`ri keladi.
Ingliz psixologlaridan B.Saymon, EXeysserman va boshqalar bolaning ruxiy
holatini o`lchovchi rasmiy testlarga chuqur e`tiroz bildirib, bu testlar bolaning
emotsional (hissiy) tomonlarini hisobga olmaganligi uning asosiy kamchiligidir
deb hisoblaydilar. Chunki testda bola xissiyotini aniqlash mumkin emas. Hissiylik
bola xulqining asosi bo`lib hisoblaydi.
Ko`pchilik mutaxassislar test psixolog xizmatining komponent-laridan biri
deb hisoblaydilar. Hayot ham shuni ko`rsatmoqda.
Maktablarda psixolog xizmatini tashkil qilish haqidagi anchagina tajribalar
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida, yani Chexoslovakiya, Vengriya, Yugoslaviya,
Polsha, Balgariyada to`plangan.
Bu mamlakatlarning ko`pchligida tuman va viloyatlarida markazlashtirilgan
pedogogika- psixologiya yoki maslahat markazlari tashkil eetilgan bo`lib, ular xalq
ta`limi muassalariga yordam beradi. Chexoslavakiya va Vengriyada psixologik
xizmatning asosiy mazmuni sog`lom shaxsni shakllantirish, shaxsni rivojlanishdagi
ayrim kamchiliklarga o`z vaqtida e`tibor berib, tuzatib borish, kasb tanlash
masasalari psixodiagnostika, bolani qanday tibdagi maktabga yoki bog`chaga
berish kabi muammolarni hal qilish, kasbga yo`naltirish, psixoterapiyaning turli
formalari (logopediya, psixonevrologiya v.h.k.) usullarini qo`llashdan iborat.
Bu mamlakatlarda psixologik konsultatsiyalar orqali ota-onalarga amaliy
yordam ham beriladi, ya`ni boladagi o`qishga qiziqmaslik, maktabdan
qo`rqish,o`g`irlik yolg`onchilik, bolani uydan yoki maktabdan qochib ketishi bola
xulqidagi tasodifiy o`zgarishlar, nutqning buzilishi so`zlashda duduqlanish,
bolaning ota-onasi ustidan shikoyati, doimiy bosh og`rig`i uyqusizlik, sababsiz tez
toliqish v.h.k.lar sababi ilmiy jihatdan tushuntirib beriladi va ota-onalarda bolalari
uchun hadiksirashlarini yo`qotishga harakat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |