O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika fakul`teti


O’qituvchi psixologning mijozi va yaqin hamkori sifatida



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127755
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pe

O’qituvchi psixologning mijozi va yaqin hamkori sifatida 
O’qituvchilar ham alohida e’tibor talab qiladigan ob’ektdir. Amaliyot shuni 
ko’rsatadiki, odatda o’qituvchilar psixolog bilan hamkorlik qilishga tayyor 
bo’ladilar. Hamma gap psixolog o’zini qanday tutishiga borib taqaladi. Bunda 
psixologning o’qituvchilarga nisbatan egallaydigan pozitsiyasi juda muhim rol 
o’ynaydi.
Psixolog pozitsiyasining asosiy komponentlari quyidagilardan iborat: 
a) pedagog bilan bo’lgan munosabatga ustanovka;
b) pedagoglarni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilishga ustanovka. 
v) sub’ekt - sub’ekt munosabatlaridan iborat tenglik va hamkorlik xarakteridagi 
munosabatlarga ustanovka.


Mana shunday pozitsiya pedagoglar bilan bo’lgan konstruktiv hamkorlikni 
ta’minlay oladi.
Dastlabki kezlarda psixolog o’qituvchilarga o’z yordamini haddan tashqari 
faollik bilan tiqishtirmasligi zarur. Kamtarona ravishda, agar zarur bo’lsa, yordam 
berishga tayyorligini ma’lum qilsa, shuning o’zi kifoya. Kimdir darrov 
hamkorlikka shoshiladi kimdir birozdan so’ng kimgadir umuman psixolog yordami 
kerak bo’lmaydi. O’qituvchilar bilan ishlashda bolada ro’y berayotgan ijobiy 
o’zgarishlarga asosan o’qituvchi sababchi bo’layotganini ta’kidlab turishi kerak. 
Psixologning ishi «soyada» qolishi kerak. SHunda u pedagoglar orasida tan 
olinadi. O’qituvchilar bilan olib boriladigan individual ishlardan tashqari ular bilan 
seminarlar shaklida psixologik targ’ibot ishlarini olib borish maqsadga 
muvoviqdir.
Bundan ko’zlangan asosiy maqsad kimgadir o’z bilimlarini ko’z-ko’z qilish 
emas, balki pedagoglarning psixologik madaniyatini oshirishdir. Ushbu 
mashg’ulotlarni shunday tashkillashtirish kerakki, o’qituvchilar passiv tinglovchi 
bo’lib qolmasinlar. Buning uchun har bir psixologik ma’lumotga ularni o’z 
tajribalaridan misollar keltirishga undash kerak. Oxirida esa biror bir hazil aralash 
testni bajarish hammaga yaxshi kayfiyat baxsh etadi.
Har qaysi maktab psixologi oldidagi savol shuki «O’zim yordamimni taklif 
qilaymi yoki o’qituvchilar murojaat qilishini kutaymi?» Mayli bu savolga har kim 
o’z vaziyatidan kelib chiqib javob bera qolsin. Lekin psixolog bir narsani 
unutmasinki, o’qituvchilarning unga murojat qilishi ularning pedagogik staji va 
tajribasiga bog’liq emas. Bu ko’proq ularning shaxsiy fazilatlariga: muloqatga 
kirishuvchanlik darajasi, xavotirlanuvchanlik, qiziquvchanligi yangilikka ochiqligi 
va boshqalarga bog’liq. O’qituvchilar bolalar haqida har qanday uzoq muddatli 
psixologik tatqiqotlar natijalaridan ko’ra ko’proq narsa biladi. Ular bolalar bilan 
har kuni muloqatga kirishadilar va tabiiyki ularga ta’sir etish uchun ko’proq 
imkoniyatga egalar.


Bas shunday ekan, psixolog o’qituvchining yaqin hamkori va yordamchisi 
bo’lishi kerak. Psixologlar shuni unutmasinlarki, maktab hayotini o’ziga xos sahna 
asari deb tasavvur qilsak, undagi rollar quyidagicha taqsimlangan bo’ladi: 
1. 
Bolalar
2. 
O’qituvchi
3. 
Psixolog 
4. 
Hisobchi
5. 
Oshpaz 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin