asosiy hujjatlarini yuritadi hamda har bir yig`ilish bayonlarini yozib boradi.
(1-
ilova)
Tavsiyanomalar to`ldirish va taqdim etish muddatlari har yilning
1 iyunidan 20 iyunigacha qilib belgilanadi. Hududiy kamissiyalar ushbu muddatda
bitiruvchilarga beriladigan tavsiyanomalarni xatosiz va o`ta talabchanlik asosida
to`ldirishlari va
alohida jurnalga qayd etilib, barcha imzolar bilan taqdim etishga
tayyor holga keltirishlari lozim.
Tavsiyanomalarni qayta to`ldirish va buzilgan tavsiyanoma o`rniga yangi
nusxasini berish davlat hujjatlarini berish tartibi asosida amalga oshiriladi.
9-sinf o`quvchilariga “Tavsiyanoma” lar berish to`g`risidagi komissiya
qarori, “Tashxis xaritasi”dagi
xulosa va tavsiyalar, “Tavsiyanomalar berilishini
qayd etib borish daftari”dagi yo`nalish va “Tavsiyanoma”da yozilgan yo`nalishlar
bir xil bo`lishi kerak.
(2-ilova)
Mazkur yo`nalishlarni ham barcha amaliyotchi psixologlar bilmaydi,
natijada noto`g`ri yo`nalish ya`ni kasb-hunar kollejlari
nomi va bu yerdagi
yo`nalishlarni yozib qo`yishadi. Masalan, amaliyotchi psixologlar 9-sinf
o`quvchilarining “Tavsiyanoma”siga “Kompyuter”, “Boshlang`ich ta`lim”,
“Tikuvchilik”, “Agronom”, “Jismoniy tarbiya” kabi noto`g`ri yo`nalishlarni yozish
hollari uchramoqda.
Dostları ilə paylaş: