-muhandislik, ishlov berish va
qurilish tarmoqlari;
-qishloq va suv xo`jaligi;
-sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot;
-xizmatlar.
Hamda akademik litseylarning 5ta ixtisosligi bo`yicha bular:
-aniq fanlar;
-tabiiy fanlar;
-ijtimoiy-gumanitar fanlar;
-xorijiy filalogiya yo`nalishlari;
-san`at yo`nalishlari
dan biri yoziladi.
Tavsiya etilayotgan kasb-hunar kollejining ta`lim
sohasidagi tayyorlov
ta`limi muassasasidan (akademik litsey va kasb-hunar kolleji) biri yoziladi.
Kollejning nomi, yo`nalishi, hududiy manzilini va boshqa ortiqcha ma`lumotlarni
yozish man etiladi.
1 iyulda maktab amaliyotchi tuman (shahar) xalq ta`limi
muassasalari
faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limlari o`quvchilarni
kasbga
yo`naltirish pedagogik-psixologik diagnostikasini metodik ta`minlash
kichik
guruhlariga “Tavsiyanomalarning berilishi” to`g`risida hisobot beradi.
Maktab
jami o`quvchi sonidan kelib chiqqan holda, tuman (shahar)lar maktablar kesimida,
viloyat tuman (shahar)lar kesimida ma`lumot tayyorlaydi.
(3-ilova)
1 sentyabrda 9-sinf bitiruvchilarining akademik
litsey va kasb-hunar
kollejlariga o`qishga qabul qilinganligi to`g`risidagi ma`lumotnomaga
asosan
“Tashxis xaritasi”ning oxirgi varag`i tahlil qilinadi. Nechta o`quvchi tasiyanomada
berilgan yo`nalishdan boshqasini tanlaganligi aniqlanadi.
(4-ilova)
Boshqa yo`nalishni tanlaganlik sabablari motivlar bo`yicha
qiyosiy tahlil
qilinadi va 4-ilovada berilgan jadvalga asosan 1 sentyabrda tuman (shahar) xalq
ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limlari
o`quvchilarni kasbga yo`naltirish pedagogik-psixologik
diagnostikasini metodik
ta`minlash kichik guruhlariga hisobot beriladi. O`z navbatida tuman (shahar) xalq
ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limlari
viloyatga, viloyat Respublika tashxis Markaziga 10 iyulda hisobot beradi.
Dostları ilə paylaş: