1. Juda harakatchan va bundan charchamaydi.
2. Qo`rqmas, ko`p hollarda urishqoq va sho`x.
3. O`yin va musobaqalarda doim ustunlik qiladi, o`rtoqlari bilan janjallashsa qo`li
baland keladi.
4. O`yin qoidalari, musobaqa talablarini tez ilg`ab oladi va tajribasi borday jiddiy
ko`rinadi.
5. O`z tengdoshlariga qaraganda jismonan baquvvat, harakatlari izchil va yengil.
6. Kitob o`qish, rasm chizish kabi tinchgina ishlardan ko`ra harakatli o`yin va
mashg`ulotlarni yaxshi ko`radi. Hech bir maqsadsiz ham chopqillab yuraveradi.
7. Hech qachon harakatdan charchamagandek tuyuladi.
8. Qaysi sportga qiziqishidan qat`iy nazar o`zi
tanqid qilgan, yaxshi ko`radigan
sportni “qahramoni” bor.
9. Sog`lom, ko`p harakatlanishi uchun oriq,
lekin muskullari chayir, chiniqqan
bo`ladi.
VII – Aqliy (intellektual) qobiliyat
1. Aqliy o`yinlarni berilib, jiddiylik bilan bajaradi. Bu bilan tengdoshlaridan
ajralib turadi.
2. Mavhum tushunchalarni tez ilg`ab oladi.Fikrlarni
umumlashtirib, tahlil eta
olishi yaqqol sezilib turadi.
3. Mantiqli aniq va tez fikrlaydi. Bir so`z o`zining
hozirgi vaziyat-mohiyatini
tushunadi.
4. Xotirasi yaxshi rivojlangan.
5. Mashg`ulotlarda yangi tushunchalarni tez va osonlik bilan o`zlashtiradi.
6. Vaziyat va mavzuga mos mantiqli savollarni ko`p beradi.
7. O`qish va yozishga havasi kuchli, bu borada o`z tengdoshlaridag oldinda.
8. Ko`p hollarda umumiy mashg`ulotlardan zerikadi.
Lekin aqliy imkoniyatlari
bilan tengdoshlaridan kuchliligi bilinib turadi.
9. yechishga mos kelmagan aqliy muammo va masalalar bilan shug`ullanadi.
10. Tez ta`sirlanuvchan, juda kuzatuvchan.
11. Boshqalarni yoki o`zini fikrini mantiqli ifodalay oladi..
12. Har xil voqea hodisalar sababini mustaqil anglashga urinadi.
13. Konstruktorlar yasash, kolleksiyalar yig`ishdan erinmaydi. Bu ish bilan uzoq
vaqt shug`ullanishi mumkin.
14. Mustaqil bajargan ishini natijasi ya`xshi chiqmasa,
ruhi tushmay qayta
bajaraveradi.
15. Juda mag`rur o`ziga ishongan.
Dostları ilə paylaş: