2.2. Iqtidorli (iste`dodli) bolalarni izlash, tanlash va ularga ta`lim-tarbiya berish
Insoniyat o`zining ijtimoiy taraqqiyotining bugungi kuniga kelib, aql-
zakovat yoki ijod mahsuli bo`lgan g`oya ham mulk ekanligini aniq va ravshan
belgilab oldi. Intellektual mulk deb ataladigan boylik sohibi o`z iqtidori, aql-
zakovati bilan buyuk ijod namunalarini, ixtirolarni yaratadiki, bu o`z navbatida
insoniyat va jamiyat taraqqiyotini ta`minlovchi asosiy omil hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
o`zining mashhur ijobiy «portlash effekti» to`g`risida gapira turib: - «Har qaysi
insonda muayyan darajada intellektual salohiyat mavjud. Agar shu ichki
quvvatning to`liq yuzaga chiqishi uchun zarur bo`lgan shart-sharoit yaratilsa,.. har
qaysi inson Olloh taolo ato etgan noyob qobiliyat va iste`dodini avvalo o`zi uchun,
oilasining, millati va xalqining, davlatining farovonligi, baxt-saodati, manfaati
uchun to`liq baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli taraqqiyotga
erishadiki, uning sur`at va samarasini hatto tasavvur qilish ham oson emas.» -
degan edi. Bu teran fikr, hayotiy mantiq mamlakatimizda iqtidorli yoshlar uchun
yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning ta`lim-tarbiyasiga berilayotgan e`tiborda
o`z ifodasini topmoqda. Oldindan qilingan bu bashoratning yaqin orada haqiqatga
aylanmog`i muqarrar, bu ishonch O`zbekistonning kelajagining buyukligiga
bo`lgan ishonch bilan uyg`unlashib ketadi.
Iqtidorli bolalar, ularning ta`lim-tarbiyasi to`g`risida gap ketganda, ko`pincha
«Qanday bolani iqtidorli deyish mumkin?» degan savol ham tug`iladi. Iqtidor
tushunchasi ko`p qirrali va uning qoidasi turli-tuman. Bu qoidalarni umumlashtirib
psixolog olimlar ko`pincha iqtidorni yuqori darajada rivojlangan qobiliyat, yuqori
darajadagi aqliy koeffitsiyent (IQ) deb, izohlashadi. Aytish kerakki, iqtidorni
o`rganish jarayonining boshlanganiga bir asrdan uzoq vaqt o`tgan bo`lsada, unga
aniq yoki to`liq asoslangan ilmiy ta`rif berilmagan. Shuning uchun «iqtidor tabiat
in`omimi yoki ta`lim va tarbiyaning samarasimi?» degan savol nafaqat bizning
mamlakatimizda, balki butun dunyoda ham olimlarni, ham tarbiyachi-pedagoglarni
o`ylantiradi.
Amerika qo`shma shtatlari ta`lim qo`mitasi 1972 yilda shunday qoidani tavsiya
etgan: «o`zining oliy darajada rivojlangan qobiliyatlarini namoyon etib, u yoki bu
faoliyatda yuqori natijalarga erishgan yoki shunga erishish imkoniyatiga
(layoqatiga) ega bo`lgan bolalarni iqtidorli va talantli deyish mumkin». Amerikada
bunday bolalar istiqboli faoliyatida erishgan natijalari va bir yoki bir necha soha
(aqliy, akademik, ijodiy, badiiy, muomala va liderlikka intilish, harakat)ga bo`lgan
layoqat, imkoniyat, qobiliyatlari asosida aniqlanadi. Makur yo`nalishlar bo`yicha
iqtidorli bolalar uchun maxsus dasturlar (ko`pincha individual dasturlar)
tayyorlanib, bunday bolalarga asosan maxsus maktablarda emas, oddiy
maktablardagi ixtisoslashtirilgan guruhlarda ta`lim-tarbiya beriladi.
Fransiya, Germaniya maktablarida ham iqtidorli bolalar maxsus tayyorlangan
psixofiziologik,
psixologik-intellekt
testlari
yordamida
saralanadi.
Bu
mamlakatlarda iqtidorli bolalar uchun maxsus maktablar tashkil etilgan bo`lsada,
oddiy maktablarda ham ular uchun ixtisoslashtirilgan guruhlar mavjud.
Dunyoda iqtidorli bolalarni tanlash uchun Raven, Kettel (culture-fair
intelligence), Veksler intellekt testlaridan foydalaniladi. Bu metodikalar madaniy
muhit ta`siriga bog`liq bo`lmaganligi va noverbal (so`z ishlatilmaydi) bo`lganligi
uchun juda keng tarqalgan. Mazkur metodikalarning O`zbekiston muhitiga
moslashtirilgan variantlari O`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-
pedagogik Respublika tashxis Markazida mavjud. Hozirgi kunda 200taga yaqin,
fanlar chuqur o`rgatiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda
tashxis Markazlari mutaxassislari Raven, Kettel metodikalari yordamida iqtidorli
bolalarni tanlash ishlarini amalga oshirmoqdalar. Bundan tashqari, Respublika
tashxis Markazi mutaxassislari tomonidan mazkur maktablarga iqtidorli va
qobiliyatli o`quvchilarni tanlash bo`yicha 3 ta psixologik metodikalar majmuasi
ishlab chiqilib, amalga tadbiq etilgan. Shuningdek, o`quvchilarning umumiy aqliy
qobiliyatlari bilan birga, 5 ta akademik yo`nalish (ijtimoiy-gumanitar, aniq, tabiiy
fanlar, xorijiy tillar va san`at-nafosat) bo`yicha ham maxsus qobiliyatlarni
o`rganish uchun psixologik tashxis metodikalari tayyorlandi.
Barcha tashxis Markazlarida «iqtidorli bolalar banki» tashkil etilgan bo`lib,
mazkur tanlovlarda eng yuqori aqliy rivojlanganlik darajasini ko`rsatgan
o`quvchilar kiritilgan.
Respublika tashxis Markazi mutaxassislari tomonidan o`tkazilgan tadqiqot
natijalari, hozirgi kunda 6-16 yosh davridagi bolalarning o`rtacha 3-5 foizi yuqori
darajadagi aqliy koeffitsiyent (IQ)ga ega ekanligini ko`rsatmoqda. Biz o`z
tadqiqotlarimizda «iqtidor» tushunchasini yuqori darajada rivojlangan qobiliyat
sifatida o`rganmoqdamiz. Shu o`rinda aytish lozimki, ko`pincha, hatto
mutaxassislar ham, iqtidor va iste`dod tushunchalarini bir ma`noda talqin etishadi.
Bizningcha, iqtidor shaxsning individual-psixologik xususiyati bo`lib, u faqat
akademik faoliyat yoki aqliy-nazariy faoliyatda namoyon bo`ladi. Iste`dod esa
aqliy-ijodiy faoliyatda namoyon bo`ladigan individual-psixologik xususiyatdir.
Albatta, bu xususiyatlar har bir insonning faqat o`ziga xos bo`lganligiga va tabiiy
shartlanganligiga qaramasdan, alohida e`tibor va ta`lim-tarbiyani talab etadi.
Shuning uchun ham, iqtidorli, iste`dodli bolalarni tanlab, ularni yanada
rivojlantirish uchun yetarli shart-sharoit hamda intellektual, ijodiy muhit kerak
bo`ladi. Chunki har qanday iqtidor va iste`dod faqat o`zi tegishli bo`lgan soha
faoliyati jarayonida rivojlanadi va namoyon bo`ladi.
O`zbekiston Xalq ta`limi tizimida iqtidorli bolalarni izlash, tanlash va ularga
ta`lim-tarbiya berish muammolari izchillik bilan hal etilib kelinmoqda. Jumladan,
Xalq ta`limi vazirligi 2009 yil 27 mart 4/4 sonli va Davlat test markazining 2009
yil 27 martdagi 01-11 x/19 sonli qo`shma qarori bilan “Ayrim fanlar chuqur
o`rganiladigan davlat umumta`lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga,
davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasalariga o`quvchilar qabul qilish
tartibi to`g`risidagi” Nizom qabul qilindi.
Mazkur Nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13
maydagi 203-son “O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`limni tashkil etish
to`g`risida”gi va 2008 yil 7 avgustdagi 173-son “Ayrim fanlar chuqur
o`rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasalari faoliyatini
takomillashtirish to`g`risida”gi qarorlariga muvofiq davlat umumta`lim
muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan maktablari va
maktab internatlarga o`quvchilar qabul qilish va ularni ushbu ixtisoslashtirilgan
sinf hamda ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasasidan o`qishdan chetlatish
tartibini belgilaydi.
Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasalariga
tegishli sinfni muvaffaqiyatli yakunlagan, chuqurlashtirib o`qitish belgilangan
o`quv fanlaridan muayyan qobiliyatini ko`rsata olgan o`quvchilar tanlov natijalari
asosida O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi va Davlat test markazi
tomonidan qo`shma buyruq bilan belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi.
O`quvchilarning iqtidor va iste`dodlari fanlardan olgan «a`lo» baho bilan emas,
ko`proq miyada kechadigan aqliy jarayonlarning mahsuldorligi bilan o`lchanadi.
Psixologik intellekt testlari o`quvchining u yoki bu fandan bilimini emas, umumiy
aqliy qobiliyati va o`zi tanlagan soha bilan shug`ullana olish layoqati, imkoniyatini
aniqlab beradi. O`quvchi umumiy o`rta ta`lim fani ( «umumiy o`rta»ga e`tibor
bering) bo`yicha imtihonda «besh» baho olsayu, shu soha bo`yicha intellektual
yoki ijodiy qobiliyati bo`lmasa, uning keyingi faoliyati unumdorligi past bo`ladi.
Oxir oqibatda bunday kishi tanlagan sohasidan bezibgina qolmay, jamiyat uchun
ham hech qanday foyda keltirmaydi.
Yana shuni qayd etish lozimki, iqtidorlilikni faqat shaxsning aqliy imkoniyati
sifatida tasniflash uni tadqiq etishda bir tomonlamalikka olib keladi. Chunki
iqtidorlilik nafaqat aql, balki shaxs tuzulmasining barcha komponentlarining
uyg`un va yuqori darajada rivojlanganligi bilan izohlanadi. Demak, iqtidor faqat
aqlga emas, balki shaxsga tegishli. Iqtidorli kishi deganda biz har tomonlama
rivojlangan shaxsni nazarda tutamiz. Kimdir o`z qobiliyati bilan, boshqa birov o`z
xarakteri va tashqi olamni o`ziga xos idrok etishi bilan iqtidorli bo`lishi mumkin.
Ayrim holatlarda biz o`z tengdoshlaridan rivojlanishda o`zib ketgan bolalarni
iqtidorli deymiz. To`g`ri, bunday bolalar qobiliyatli, lekin shunday bolalar ham
borki, ular noandoza fikrlashi, voqea va hodisalarni g`ayrioddiy talqin etishi bilan
iqtidorli hisoblanadi. Bunday bolalar ko`pincha tarbiyachilar, o`qituvchi va ota-
onalar uchun «qiyin» va ularni tarbiyalash ham og`ir kechadi. Ayniqsa
o`qituvchilar bunday bolalar hatti-harakatini baholashda, uning boshqa bolalarga
o`xshamaydigan g`ayrioddiy harakatlarini qabul qilishda qiynalishadi. Aytish
kerakki, bolaning rivojlanishi o`ziga xos qonuniyat asosida kechadi va o`zining
ichki mantiqiga ega bo`ladi. Ichki mantiqni tushunishda quyidagi konsepsiyaga
asoslanish lozim. O`z-o`zini boshqaruvchi individ rivojlanish jarayonida shunaqa
xususiyatlarga ega bo`lib boradiki, bu xususiyatlar bir so`z bilan aytganda na ichki,
na tashqi jihatdan shartlanmagan. Bu xususiyatlar tashqi va ichki ta`sirlarning
uzviylashuvi bilan mushtaraklashadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxsning
rivojlanishi uning barcha qirralarini qamrab olgan holda yaxlit jarayon sifatida
kechadi. Buni oddiy tilda izohlasak, hech kim shaxs bo`lib tug`ilmaydi, balki shaxs
sifatida shakllanadi. Yosh davrlari davomida shaxs rivojlanishi bilan iqtidorning
rivojlanishi uyg`un kechishini ta`lim va tarbiyada albatta inobatga olish lozim
bo`ladi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida Respublikamiz Xalq ta`limi tizimida
iqtidorli bolalarni tanlash va ularga ta`lim-tarbiya berishning ilmiy asoslangan,
maqsadga yo`naltirilgan uzluksiz tizimini yaratish hozirgi kunning eng dolzarb
vazifalaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: |