4. Buzilgan o`yinchoqni asboblari qismlaridan yangi o`yinchoqni yasaydi. Juda
topqir, ijodkor.
5. Mexanizm mashinani rasmini chizishni yaxshi ko`radi.
6. Harakatlanuvchi, ovoz chiqaruvchi o`yinchoqlar “siri”
ni bilishga intiladi,
kattalardan so`raydi, buzadi.
7. Mashina mexanizmiga doir ma`lumotga qiziqadi. Rasmlarni korreksiya qiladi,
jurnal o`qishga harakat qiladi.
II – Musiqiy qobiliyat
1. Qachon qayerda musiqa
tovushini eshitsa, o`sha tomonga intiladi.
2. Musiqa ritmi, melodiyasini tez ilg`ab, eslab qolishga harakat qiladi.
3.
Musiqa chalsa, qo`shiq aytsa, juda berilib ketadi.
4. O`z-o`zicha kuy-qo`shiqlar to`qiydi, xirgoyi qiladi. Ayrim san`atkorlarga
taqlid
qiladi.
5. Musiqa asbobini chalishga harakat qiladi.
III - Artistlik qobiliyati
1. So`z topolmay qolganda o`z fikr tuyg`ularini mimika, imo-ishora harakatlari
bilan bildirishga harakat qiladi.
2. Biror narsa voqea va hodisani gapirganda berilib ketadi.
3. Birov haqida gapirganda beixtiyor tovushi o`zgaradi, o`sha odam ovoziga taqlid
qiladi.
4. Ko`pchilik oldida bemalol, bajonidil she`r, qo`shiq aytadi, rol ijro etadi.
Kattalar tomosha qilishini yoqtiradi.
5.
Juda osonlik biln odamlarni, hayvonlar tovushi, xatti-harakati, odatlarini bajarib
ko`rsatadi.
6. Yangilikka qiziquvchan bo`ladi, muhitga tez moslasha oladi.7. CHiroyli didli
kiyinishga harakat qiladi.
IV – Badiiylikka intilish adabiy qobiliyati
1. Biror narsa yoki hodisa haqida mantiqli va asosli fikrdan chalg`imay gapirib
beradi.
2. Oddiy voqea-hodisa haqida ham bo`rtirib, obrazli qilib gapirib beradi.
3. Birov haqida gapirganda u emotsional, hissiy holatlarini ham so`z orqali gapirib
berishga harakat qiladi.
4. O`zi o`ylab topgan voqea-hodisalarni, jonli, qiziqarli qilib gapiradi.
5. She`r yodlashga qiziqadi. O`zi ham she`r, ertak, to`qishga harakat qiladi.
6. Tugallanmagan syujetli
ertak yoki hikoya berilsa, oxirini davom ettira oladi,
xulosa chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: