Rais Tashxis komissiyasi faoliyatining yakuni haqida XTMFMTvaTEB
bo`limlarining yig`ilishlarida hisobot beradi, komissiya ishi, a`zolari haqida o`z
fikr va mulohazalarini yozma ravishda taqdim etadi.
Psixolog olti yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasini psixologik
tashxis metodikalari asosida o`rganadi. Barcha mezonlar bo`yicha talablarga javob
bergan bolalarga maktabda o`qishga tavsiya beradi.
Maktabga tavsiya etilmagan bolalarni maktabgacha ta`lim muassasalarida
yoki uy sharoitida maktabga tayyorlash xususida ota-onalarga maslahatlar beradi.
Logoped bolaning tovush talaffuzi, fonema-fonematik eshituvi va
grammatik
qurilishini shakllanganlik holatini o`rganadi. bolaning og`zaki nutqini rivojlanish
darajasini aniqlaydi. nutqning tempi, ravonligi va aniqlik holatini tekshiradi.
Shifokor
psixologik-pedagogik tashxisdan o`tayotgan bolaning salomatlik
holatini o`rganadi, uning tibbiy varaqasidagi barcha yozuvlar bilan tanishadi va
tibbiy komissiya xulosasi bilan bolaning salomatligini taqqoslaydi.
Olti yoshli bolalarni psixologik-pedagogik tashxis
komissiyasi tarkibida
ishtirok etayotgan boshlang`ich sinf o`qituvchisi ham komissiya ishida faol
ishtirok etadi, uning vazifalari komissiya raisi tomonidan belgilab beriladi.
Tashxis komissiyasi faoliyatiga yoki uning ayrim a`zolariga
nisbatan
bildirilgan shikoyatlar komissiya raisi, XTMFMTvaTEB
vakillari ishtirokida
O`zbekiston Respublikasi Qonunchiligi doirasida hal etiladi.
Dostları ilə paylaş: