18
bo‘lgan xonalarda, axborotdan foydalanuvchilar tanishishi uchun axborot
stendlarida tanishtirishi mumkinligi hamda davlat boshqaruvi organlarining huquqiy
maqomini belgilovchi qonunchilik hujjatlar ro‘yxati, ish tartibi
haqidagi axborot,
xizmat telefonlari, ishonch telefonlarining raqamlari,
rejalashtirilayotgan ochiq
hay’at majlislari to‘g‘risidagi axborot, arizalarni, takliflarni hamda shikoyatlarni
qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi axborot, faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir
so‘rovni qabul qilish tartibi haqidagi axborot hamda ko‘rsatiladigan
davlat
xizmatlarining ro‘yxati kabi boshqa texnik vositalar orqali qo‘shimcha axborotlar
bilan tanishtirishi mumkinligi keltirib o‘tilgan..
Navbatdagi usulimiz orqali davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining
faoliyati to‘g‘risidagi axborotni axborot-kutubxona va arxiv fondlari orqali taqdim
etishi haqidagi ma’lumotni keltirib o‘tamiz. Xususan, yuqoridagi Qonunda ushbu
usulni qonunchilikda tartibga soladigan normaning mavjudligini ko‘rishimiz
mumkin.
(Ma’lumot uchun: 15-modda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi
axborotni axborot-kutubxona va arxiv fondlari orqali qonunchilikda belgilangan
tartibda taqdim etadi”). Shuningdek, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
faoliyati to‘g‘risidagi axborotni axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim
etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (17.03.2016 yil, ro‘yxat raqami 2769)
hamda
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan axborot-kutubxona va arxiv
muassasalariga taqdim etilgan hujjatlar bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi
Yo‘riqnoma (07.07.2016 yil, ro‘yxat raqami 2806) ham ushbu usulni tartibga
solishga qaratilgan qo‘shimcha normativ-huquqiy hujjatdir.
Davlat boshqaruvi organlarining ochiq hay’at
majlislarida axborotdan
foydalanuvchilar hozir bo‘lishi uchun qulayliklar yaratish hamda bu haqida
ma’lumotlar keltirib o‘tish bizning keyingi usulimiz hisoblanadi. Shuningdek,
“Axborotdan foydalanuvchilarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining
ochiq hay’at majlislarida hozir bo‘lishi tartibi to‘g‘risida”gi
Namunaviy nizom
(22.12.2015 yil, ro‘yxat raqami 2742) bilan davlat boshqaruvi organlari ochiq hay’at
19
majlisida amalga oshiradigan vazifa va funksiyalari belgilab berilgan va bu ham
ushbu usulning harakat vazifasini ta’minlashdir.
Dostları ilə paylaş: