36
voqea-hodisalar to‘g‘risida keng jamoatchilikka axborot еtkazishda bevosita ishtirok
etadi.
Ushbu hamkorlik orqali davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash
jismoniy va yuridik shaxslar davlat boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi
axborotlarni olishdagi konstitusiyaviy huquqlari kafolatlarini ta’minlashga, axborot
izlashni amalga oshirayotgan shaxslarning davlat boshqaruvi organlari faoliyatining
ochiqligi to‘g‘risidagi axborotni oson topishga, shuningdek, davlat organlari hamda
mansabdor shaxslarining qabul qilayotgan qarorlar uchun javobgarligini oshirishga
xizmat qiladi.
Bundan tashqari, davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlashda
davlatimizda olib borilayotgan
bir qator ishlar sirasiga, davlat organlarining
“Ochiqlik indeksi” ni ham misol sifatida keltirib o‘tsak bo‘ladi. Davlat organlarining
“Ochiqlik Indeksi” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-
noyabrdagi “”Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini
amalga oshirishga
yo‘naltirilgan Kompleks chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida”gi
32
320-son Qarori
ijrosini ta’minlash doirasida xisoblab chiqiladigan va davlat organlari faoliyatining
"Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida"gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiqlik darajasining jamlovchi
ko‘rsatkich. Ochiqlikni ta’minlash borasida amalga
oshirilayotgan ishlarning
samaradorligi va natijadorligini baholashni muvofiqlashtiruvchi organ sifatida
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi belgilandi.
Bundan tashqari, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash
borasidagi ushbu hamkorlik natijasida, fuqarolarning shaxsiga doir ma’lumotlardan
foydalanish
yoki davlat organlariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat
etishga, shuningdek, davlat organlari o‘z vakolatlarini amalga oshirishi munosabati
bilan ular tomonidan boshqa davlat organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot
32
www.lex.uz
37
taqdim etishiga, shu bilan birga, taqdim etilishining o‘ziga xos xususiyatlari boshqa
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, davlat organlarining faoliyatiga taalluqli bo‘lgan
axborotning ayrim turlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
33
Yuqorida keltirib o‘tilgan
kamchiliklardan tashqari, har bitta davlat
boshqaruvi organlarining mobil ilovasini yo‘qligini ham keltirib o‘tdik. Jumladan,
rivojlangan davlatlarda davlat boshqaruv organida olib borayotgan faoliyati bilan
ochiq tanishtirib borish maqsadida davlat organlarining
mobil ilovalari mavjud
ekanligini ma’lum qilishimiz mumkin (AQSh, Buyuk Britaniya va koreya
Respublikasi kabi davlatlarda). Ushbu ilovaning ishlab chiqish orqali davlat
organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash jarayonlarini
yanada kengaytirish va
aholiga davlat organlari bilan doimiy muloqotni yaxshilashga xizmat qilmoqda,
davlat organlariga so‘rov yuborish, murojaat yo‘llash, faoliyatiga oid axborot olish,
ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik
ma’lumotlardan,
shu jumladan, ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan masofadan
foydalanishda qulayliklar yaratish imkonini beradi.
33
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining
ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonun