Kurs ishi pulning mohiyati va asosiy vazifalari reja: kirish pulning kelib chiqishi va mohiyati Pulning vazifalari va ularga tavsif



Yüklə 326,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix10.06.2023
ölçüsü326,93 Kb.
#128225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Pulning to’lov vositasi vazifasi. Mavjud chet el itisodiy adabiyotlarida va 
keyinchalik,1 Rossiya olimlari tomonidan chop qilingan adabiyotlarda 
pulning muomala vositasi vazifasi uning to’lov vositasi ekanligidan dalolat 
beradi degan chalkash xulosalarni uchratish mumkin. Lekin, biz yuqorida 
keltirilgan muomala vositasi vazifasining xususiyatlari to’lov vositasi 
vazifasiga ham mos keladi deb ayta olmaymiz. Bu xususiyatlar pulning 
to’lov vositasi vazifasi muomala vositasi vazifasidan tubdan farq qilishini 
ko’rsatadi. 
Tovarlar har doim ham naqd pulga sotilavermaydi. Tovar sotuvchi tovarni 
sotish uchun muomalaga olib chiqqan vaqtda tovarni sotib olish uchun 
ist’emolchining etarli naqd puli bo’lmasligi mumkin. Natijada tovarni 
kreditga sotishga zarurat tug’iladi, ya’ni tovarning pulini to’lash muddati 
kechiktiriladi. Tovar kreditga sotilganda, pul tovarning bahosini aniqlashda 
qiymat o’lchovi vazifasini bajaradi., lekin u muomalada vositasi bo’la 
olmaydi. Iste’molchi sotib olgan tovari uchun uning pulini to’lov muddati 
kelgandan keyingina to’laydi. Bu holda tovar va pulning harakati bir 
troektoriyada, bir vaqtning o’zida, bir-biriga qarma-qarshi tura olmaydi. 
Tovar harakati amalga oshgandan ma’lum vaqt o’tgandan keyin pul 
harakati sodir bo’ladi. To’lov vositasi vazifasining asosiy xususiyati tovar va 
pul harakatining bir vaqtda amalga oshmasligi, harakatning bir 
tomonlamaligi va harakatda bo’linishlar mavjudligidadir. 
Pulning to’lov vositasi sifatida ishlatilishi nafaqat tovar kreditga sotilganda 
sodir bo’ladi, balki barcha jarayonlarda tovarlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar 
uchun to’lovlar o’sha zaxotiyoq naqd pulda amalga oshirilmasa, bunday 
iqtisodiy munosabatlar pulning to’lov vositasi vazifasi yuzaga kelishidan 


13 
dalolat beradi. 
To’lov vositasida sotuvchi tovarning pulini olguncha tovar ist’emolchi 
ixtiyoriga kelib tushadi va u o’z ehtiyojini qondirish uchun tovardan to’la 
foydalanishi mumkin. Agar tovar uchun to’lov oldindan (avans) amalga 
oshiriladigan bo’lsa, tovar ma’lum vaqtdan keyin iste’molchi ixtiyoriga 
tushishi mumkin. 
Demak, ikkala holda ham tovar va pul harakati bir vaqtning o’zida amalga 
oshmaydi. Chunki, tovar aylanishi (T-P-T) uziladi va pul harakati tovar 
harakatiga nisbiy ravishda mustaqil bo’ladi. Pulning bu harakati to’lov deb 
aytiladi va bu erda pul to’lov vositasi sifatida ishtirok qiladi. Pulning to’lov 
vositasi vazifasi tovar ishlab chiqarish va muomala rivojlanishining yuqori 
bosqichlari ma’suli bo’lib, u pulning qiymat o’lchovi va muomala vositasi 
vazifalaridan keyinroq yuzaga kelgan deb xulosa qilish mumkin. 
To’lov vositasi vazifasining yana bir xususiyati shundaki, sotuvchi bilan 
ist’emolchi o’rtasidagi munosabat muomala vositasidagiga o’xshab qisqa 
muddatli bo’lib, tezda tugallanmaydi. To’lov vositasi vazifasida iste’molchi 
tovarga ega bo’lganidan keyin ham u bilan mol sotuvchi o’rtasidagi 
munosabat uzoq vaqt davom qiladi. Bu munosabat - kredit munosabati 
hisoblanadi va iste’molchi - qarzdor, sotuvchi - kreditor sifatida ishtirok 
qiladi. Ba’zi iqtisodchilarimiz veksel asosida o’tkaziladigan jarayonlarini ham 
muomala vositasi vazifasiga kiritishadi. Bu bizning fikrimizcha to’g’ri emas. 
Chunki veksel - ma’lum mablag’ni to’lash to’g’risidagi kredit majburiyat, u 
qiymatga ega emas, demak ayirboshlashning ekvivalenti sifatida ishtirok 
qila olmaydi. A sotuvchi bir million so’mlik tovarni B iste’molchining 
vekseliga almashtirdi deylik. B bir mln. so’mlik tovarga ega bo’ldi. A bo’lsa 
o’z qiymatiga ega bo’lmagan, sotib olish qobiliyati emitent tomonidan 
belgilanadigan vekselga ega bo’ladi. Sotuvchi A qachonki bir mln. so’mlik 
vekselni sotsagina pul mablag’iga ega bo’lishi mumkin. Shunga asosan biz 
veksel jarayonlarini muomala vositasiga kiradi deb to’liq ishonch bilan 
uqtira olmaymiz. Bu jarayonlar ko’proq to’lov vositasi vazifasiga taalluqlidir. 
Pulning to’lov vositasi vazifasi yana turli qarz va majburiyatlarni to’laganda: 
- korxona, tashkilotlar o’rtasida tovar va xizmatlar uchun to’laganda; 
- davlat byudjetiga va kredit tizimiga to’lovlarni amalga oshirganda 
(foydadan to’lanadigan to’lovlar, kredit bo’yicha qarz va foizlarni to’lash va 
boshqalar); 
-ishchi xizmatchilariga ish xaqi to’lash va aholiga boshqa to’lovlarni to’lash 
(nafaqa, stipendiya va boshqalar)da; 


14 
- boshqa har xil qarz va majburiyatlarni to’lash (masalan, kreditga olingan 
uchun to’lov, uy-joy, elektroenergiya va boshqa xizmatlar uchun to’lovlar) 
da amalga oshiriladi. 
Pulning to’lov vositasi vazifasining yana bir xususiyati shundaki, bu vazifada 
to’lovlar naqd pullik yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin. Bu 
xususiyati bilan ham pulning to’lov vositasi vazifasi muomala vositasi 
vazifasidan farq qiladi. Pulning bu vazifasi yordamida amalga oshiriladigan 
naqd - pullik va na naqd pulsiz to’lovlar birgalikda to’lov oborotining 
vujudga keltiradi. 
Pulning to’lov vositasi vazifasini biz ikkinchi darajali deb qarashimiz mumkin 
emas, chunki bu vazifaning bajarilmasligi to’lovlarning o’z vaqtida amalga 
oshmasligiga, bu esa hozirgi kunda mavjud muammolar debitor-kreditor 
qarzlarning ko’payishiga, kredit bo’yicha va boshqa moliyaviy 
majburiyatlarning bajarilmasligiga, xo’jalik jarayonlarining normal borishiga 
katta ta’sir ko’rsatishi mumkin. 

Yüklə 326,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin