Mavzu : Bobil Milloddan avvalgi II-I mingyillklarda Mundarija



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix11.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#128481
1   2   3   4   5   6   7   8
Bobil Milloddan avvalgi II-I mingyillklarda

 
1.2.
 
Mesopotamiyadagi shahar – davlatlarning rivojlanish bosqichlari 
Shimolda Armaniston tog`laridan janubda Fors qo’ltig`igacha, sharqda 
Eronning tog`li viloyatlaridan g`arbda Suriya-Mesopotamiya cho`llarigacha 
cho`zilib ketgan hudud qadimda yunon geograflari tomonidan Mesopotamiya (ikki 
daryo oralig`i-Frot va Dajla daryolari oralig`i) deb atalgan. Hozir bu asosan Iroq 
Respublikasi hududidir. 
Dajla va Frot daryolari Arman tog`laridan boshlanib, Fors qo`ltig`iga 
quyiladi. Daryo suvlari minerallarga boy loyqa olib borib toshqin vaqtida dalalarga 
toshib, hosildor qatlam hosil qiladi. 
Ikki daryo oralig`ida hosil olish uchun yil davomida melioratsiya ishlarini 
amalga oshirish kerak edi. Bu yerda qadimdan odamlar kanal va dambalar qurganlar. 
Mesopotamiya iqlimi shimol va janubda bir xil emas. Shimolda quruq subtropik 
zonada qishda ba'zida qor yog`adi, bahor va ko’zda yomg`ir bo’ladi. Janub juda issiq 
va quruq iqlimli. Mesopotamiya qadimda loy va tabiiy asfalt mo’l-qo’l bo’lgan. 
Shimolda qo’rg`oshin, qalay, temir va tosh ham uchraydi. 
Mesopotamiya florasi juda kambag`al. Faqat shimolda tog`li rayonda har xil 
daraxtlar uchraydi. Qadimda daryo vodiysida tol daraxti, janubda qamishning turli 
xillari bo’lgan. Xurmo palmasi muhim rol o`ynagan. Strabonning aytishicha, 
qadimda uning 360 xil foydali xossasini bilganlar. Uzum va mevali daraxtlar, tariq,
polba, qanop, bodring, sarimsoq, baqlajon, oshqovoq, loviya va no`xat o’stirilgan. 
Qadimgi fauna boy bo’lgan. Daryolarda baliq ko’p 
bo’lgan, qushlar, eshak, cho`chqa, kiyik, quyon, tuyaqush, sherlar to`qay va 
sahrolarda mo’l-ko’l bo’lgan. Mesopotamiya Yaqin Sharqning keng bo’shlig`ida 
joylashganligi uchun xalqaro savdoda yetakchi rol o`ynagan, ko’pgina yo`llar 


13 
G`arbdan Sharqqa, shimoldan Janubga shu yerdan o’tgan. 
Mesopotamiyada odamlar qadimdan o’rnasha boshlagan, neolit davrida bu 
jarayon tezlashgan, Dastlab iqlimi qulay shimol o’zlashtirilgan. Qadimgi Xassun, 
Xalaf madaniyatining etnik kelib chiqishi noma'lum. Janubiy Mesopotamiya ilk 
manzilgohlari keyinroq eramizdan avvalgi IV ming yillikda va eramizdan avvalgi 
IV ming yillikni II yarmida El- Ubayd madaniyati bilan belgilanadi. Ba'zi 
tadqiqotchilar 
bu 
madaniyatni 
shumerlarga 
tegishli 
deb, 
boshqalari 
protoshumerlarga bog`laydilar. Shumerlarning janubiy Mesopotamiyada paydo 
bo`lishi taxminan er.avv.IV ming yilliklar bilan belgilanadi. Shumer tilini qaysi til 
oilasiga mansubligi ham noma'lum. Shumerlar mahalliy aholi bilan aloqa o`rnatib, 
ulardan bir qancha xo’jalik yutuqlari, diniy e'tiqodlar va toponomik nomlarni 
o’zlashtirib olganlar. 
Huquqiy hujatlardan bizgacha yetib kelgan yodgorliklarning ko’pchiligi 
Mesopotamiyadan topilgan. Ulardan eng qadimgisi podsho Shul'ga qonunlari, (er. 
avv. III ming yillikning oxiri), er. avv. XX asrga oid Eshnunna qonunlari, undan 
kirish va 59 modda saqlanib qolgan; er.avv. II ming yillik boshlariga tegishli Larsa 
va Issin qonunlari parchalari, Lipit-Ishtar nomli hukmdorning kirish, xulosaning bir 
qismi va 40 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan. 
Eng katta qonunlar to’plami 247-moddadan iborat asosiy qism, xulosadan 
iborat Hammurapi qonunlaridir. Er.avv. II ming yillik o’rtalariga oid Osuriyaning 
yoki o’rta Osuriya qonunlari, yangi Bobil podsholigiga oid 20 ga yaqin qonun 
moddalari bizgacha yetib kelgan. 
Eng qadimgi dpilomatik hujjatlardan ikki loy silindrda bitilgan er. avv. 
XXIV asrga oid Lagash va Umma o’rtasidagi chegara janjali to’grisidagi yozuv 
bizgacha yetib kelgan. Er. avv. XXIII asrga oid Akkad va Elam davlatlari o’rtasidagi 
shartnoma, er.avv. II ming yillik boshlariga oid Mari podshosining Bobil, Suriya va 
Finikiya bilan diplomatik yozishmalari matnlari topilgan. Er.avv. II ming yillikda 
Old Osiyo, Misr tarixi va xalqaro munosabatlar to`g`risida boy ma'lumot beradigan 
bosh manba Misrda topilgan Tell-Amarna arxividir. 
Shumer shaharlari Akkad, Bobil va Osuriya davlatlari podsholarining 


14 
yozuvlari juda katta qimmatga egadir. Shunday yozuvlardan biri er.avv. XXIV asrga 
oid Lagash davlatining yuksalishi, uning qo`shni Umma bilan kurashi to’grisida 
hikoya qiladigan Lagash hokimi Eanatumning «Kalxatlar stelasi» deb atalmish 
yozuvidir. Er. avv. XXIV asrga oid Lagash hokimi Urukagina, er. avv. XXII asrga 
oid Lagash hokimi Gudeaning qurilish va bag`ishlov yozuvlari, Akkad podshosi 
Rimushning (er. avv. XXIII asr) Elamga yurishlari to’g`risidagi yozuvlari va 
«Manishtun obeliski» da podsho yer zaxirasi, uning jamoa yeri hisobidan ko’payishi 
to’g`risida ma'lumot berilgan. 
Bizgacha Osuriya podsholarining juda ko’p yozuvlari yetib kelgan. «Sargon 
II ning Ashshurga xati», er.avv. 714 yilda Urartuga qarshi yurishi bayon qilingan 
xatlar yetib kelgan. Podsho Ashshurbanipalning batafsil tarixiy ma'lumot 
beruvchi yilnomasi shular jumlasidandir. Yangi Bobil podsholarining 140 ga yaqin 
yozuvlari bizga ma'lum. Tarixiy asarlar keyinroq er.avv. IV-III asarlarda paydo 
bo’ldi. Kohin Beroyesning (Bobildagi Marduk ibodatxoansi koxini), 3 qismli «Bobil 
va Xaldey tarixi»i to’fon davridan Makedoniyalik Iskandar davrigacha davom etgan 
asari diqqatga sazovordir. Bizgacha bu asarning parchalari o’rta asr tarixchilari 
asarlarida keltirilgan ma’lumotlar orqali yetib kelgan. 
Uruk podshosi Jmerkar to’g`risidagi epik poemalarda Shumerning ilk sulola 
davrida (er.avv. III ming yillik boshlari) uzoq mamlakat Aratta (Eron hududi) bilan 
aloqasi to’g`risida qiziqarli ma'lumotlar beriladi. Shumer poemasi «Gilgamesh va 
Aga» da Urukning Kish shahri qaramligidan mustaqil bo’lishi uchun kurashi 
to’g`risidagi aniq ma'lumotlar mavjud. Akkad podsholigining asoschisi Buyuk 
Sargon to’g`risidagi Akkad afsonalari saqlanib qolgan. Shumer, Bobil va Osuriya 
yodgorliklaridan qimmatli tarixiy ma'lumotlar olish mumkin. «Gilgamesh» 
dostoni haqiqiy tarixiy xazina hisoblanib, uning matni Nineviya shahridagi mashhur 
Osuriya podshosi kutubxonasidan topilgan. Bu doston er. avv. II ming yillik 
boshlarida yaratilgan deb taxmin qilinadi. 
Antik mualliflar Mesopotamiya tabiati, iqlimi va aholisining urf – odatlari, 
diniy e'tiqodlari, yutuqlari va tarixiy afsonalari to’g`risida qimmatli ma’lumotlar 
yozuvlar qoldirdilar. 


15 
Eng batafsil ma'lumotlarni Mesopotamiyaga sayohat qilgan yunon tarixchisi 
Gerodot qoldirgan (er. avv V asr). Gerodotning kichik zamondoshi ko’p yillar 
Eronda bo’lgan knidlik Ktesiy 23 kitobdan iborat «Eron tarixi» asarida 
Mesopotamiyaga ancha katta o’rin ajratgan. Ammo Ktesiy tarixini bayon qilish 
afsonaviy an'analarga asoslangan bo’lib voqealarni soxtalashtirish, xatolarni 
ko’pligi uchraydi. Er.avv. V asrda fors shahzodasi Kirning yollanma qo’shinida 
askar bo’lib Mesopotamiyaga kelgan yunon Ksenofontning «Kiropediya» va 
«Anabasis» asarlarida Dajla va Frot daryo vodiylari tasviri, mamlakat 
xalqlari va urf-odatlari to’g`risida ma'lumotlar berilgan. 
Strabonning «Geografiya»sida (er. avv. I asr – eramizning I asri) 16 kitob 
Mesopotamiyaga maxsus bag`ishlanib boy ma'lumotlar beradi. Mesopotamiya tarixi 
bo`yicha bir qancha ma'lumotlar Iosif Flaviy va Rim tarixichisi Pompey Trog 
asarlarida uchraydi. 
Qadimgi Mesopotamiyadagi birinchi arxeologik qazishmalar XIX asr 
o’rtalarida uning shimoliy qismi Osuriya joylashgan joyda amalga oshirildi. 1842 – 
yil fransuz diplomati P.Botta Kunjik tepaligini qazishni boshladi. Chunki bu joy 
mahalliy afsonalarga ko’ra Osuriya davlatining poytaxti Nineviya bo`lgan. Ammo
tepalikni qazish aytarlinatija bermagach, u bu yerda ishni tugatib Xorsabod 
qishlogida qazish ishlarini boshladi. U bu joyda 1843 – yil Osuriya podshosi Sargon 
I ning Dur – Sharrukin saroyi qoldiqlarini topdi. Botta topgan yodgorliklar Luvr 
muzeyining Osuriya kolleksiyasining asos bo’ldi. 
1845 – 1847 yillar ingliz diplomati G. Leyyard sharq tillarini yaxshi bilgan 
holda Nimrud tepaligini qazishni boshladi. Ulkan odam, ho`kiz, odam-sher 
haykallari bo’lgan podsho saroylari bilan Osuriya poytaxti Nineviya hisoblangan 
Kunjik tepalagidan, Osuriya podshosi Sinaxxerib (er. avv. VII asr) saroyini uning 
nevarasi Ashshurbanipalning «Loy kitob»lar bilan to’la kutubxonasi bilan birga 
topildi. Leyayrd topilmalari Londondagi Britaniya muzeyi qadimgi sharq 
kolleksiyasining asosi bo’ldi. Leyyardning xodimi U. Rassam Kunjik tepaligida 
qazish ishlarini davom ettirdi va harbiy manzaralar tasvirlangan ajoyib rel'yefli boy 
podsho kutubxonasi bilan Ashshurbanipalning saroyini topdi. Rassam tomonidan 


16 
Nimrud yaqinidagi Balavat degan joyda er. avv. IX asrga oid Osuriya yodgorliklari 
jumladan, harbiy yurish va xiroj keltirish tasvirlangan 4 jez plita Balavat darvozasi 
qoplamasi topildi. 
Ingliz olimlari tomonidan XIX asrning ikkinchi yarmida qadimgi shumer 
shaharlari Uruk, Larsa va Eredu qazib ochildi. XIX asrnng oxirida fransuz 
arxeologlari Shumer shahri Lagash va uning hukmdorlarini ko’p sonli haykallarini 
asosan, Gudeaning kumush va alebastr vazalarini, «Kalxatlar stelasi»ni, ibodatxona 
xo`jaligi va 3000 yillik tarixga ega Nippur shahrini ochdilar. Nippur xarobalaridan 
umumshumer xudosi Enlil ibodatxonasi, 6000 loy taxtachadan iborat ibodatxona-
kutubxona, saroy, maktab, bozor, do`konlar uy-joylar va xo`jalik binolari topildi. 
XIX asrda Mesopotamiyadagi arxeologik kashfiyotlar hammani lol qoldirdi. Ammo 
arxeologik izlanishlar ishqiboz qiziquvchan kishilar tomonidan hech qanday ilmiy 
rejasiz, ilmiy usullarsiz olib borildi. Ilmiy usuldan xabarsizlik butun-butun madaniy 
qatlamlarni yo`qotishga olib keldi. XX asrnng boshlaridan arxeologik izlanishlar 
qat'iy ilmiy usullarga suyangan holda olib borila boshlandi. Nemis arxeologi 
Koldevey Bagdod yaqinida qadimgi Bobil xarobalarini ochdi. 1899 – 1917 – yillar 
shahar devorlari, Navoxudonosor II (er. avv. VII asr) saroyi, diniy marosimlar 
ko`chasi, bosh xudo Marduk ibodatxonasi, ulkan zikkurat qoldiqlari topildi. Nemis 
arxeologi V. Andre 1903-1914-yillar Osuriyaning eng qadimgi poytaxti Ashshurni 
qazib ochdi. 1933-1939-yillar fransuz Parro Mari shahri qoldiqlarini qazib bu yerda 
podsho Zimrilim saroyi (er.avv.II ming yillik boshlari), 20 ming loy taxtachadan 
iborat xo`jalik-diplomatik hujjatlar arxivini topdi. 1922-1924 yillar ingliz olimi 
D.Vulli qadimgi Ur shahri xarobalaridan oy xudosi Nannar, ma'buda Ningal 
ibodatxonalarini, podsho Ur-Nammu er. avv. III ming yillik oxirida qurgan 
zikkuratni, ilk sulola davrida qurilgan maktab, ustaxona, bozor, uy- joylar, 
ibodatxona, davlat va xususiy arxivlarini qazib ochdi. 
Ikkinchi jahon urushidan so’ng Yevropa va Amerika tadqiqotchilari bilan 
birgalikda Iroq olimlari arxeologik izlanishlarda ishtirok eta boshladilar. Iroq 
olimlari Eredu shahrini, Nineviya xarobalaridan podsho Asarxaddon saroyini 
ochdilar. XIX asrning 50 – 80 – yillaridan XX asr boshlarigacha topilgan 


17 
yodgorliklar yangi ilmiy usullar asosida qayta o`rganila boshlandi. Shu bilan birga 
Mesopotamiyaning sinfiy jamiyat tarixigacha bo’lgan paleolit davri (Shanidar 
manzilgohi), neolit (Jarmo, Xassun manzilgohlari) yodgorliklari o`rganila 
boshlandi. 
XIX asr oxiridan boshlab Mesopotamiya tarixiga oid qator tadqiqotlarni 
nemis olimlari K. Bekold, B. Maysner, amerikalik olimlar A. Almeted, 
A.L.Oppenxeym e'lon qildilar. Mesopotamiya tarixining quyidagi yo`nalishlari 
bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilayapti: siyosiy tarix va davlat qurilishi; 
sharq davlatchiligining o’ziga xos xususiyatlari; qadimgi Mesopotamiya huquqi; 
madaniyat va diniy e'tiqod etnogenezi, shumerlarning kelib chiqishi va ularning 
semit tilli xalqlar bilan aloqasi kabilar. 
Iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar muammolari yetarlicha o’rganilmagan. 
XIX asr oxiri XX asr boshlarida E.Meyer fikricha har qanday sivilizasiya 
feodalizmdan boshlanadi, kapitalizm davriga yetib ichki qarama-qarshiliklari 
tufayli halok bo’ladi, shundan so’ng bu sikl yana qaytariladi. Sharqda bu nazariya 
bo’yicha jamiyat abadiy feodalizm holatida turadi. Shu sababli XX asr boshlarida 
nemis olimlari B.Maysner, P.Koshaker asarlarida qadimgi Mesopotamiya 
jamiyati feodal jamiyat deb baholanadi. 
G`arbdagi nazariyalardan yana biri tarixiy voqealarni bilish mumkin 
emasligi va uning tartibsizligi konsepsiyasining ilgari surilishi natijasida 
Mesopotamiya jamiyati taraqqiyotini tub muammolarini yechishga yordam berdi. 
Tadqiqotlardagi yana bir kamchilik dalillarni yozish kabi yo`nalishning 
ustuvor bo’lib qolishi bo’ldi. Ammo keyingi paytlarda ijtimoiy tuzilish, xo`jalikni 
tashkil etish, shaharlarni shakllanishi va ularning o’rni va roli, hunarmandchilik, 
savdo, ibodatxona xo`jaligi kabi qator muammolarga bag`ishlangan kapital 
tadqiqotlar paydo bo’ldi. (A. Falkenshteyn, Oppenxeym, I. Gelba, V. Lemans va 
boshqalarning asarlari). 
Mesopotamiya tarixini o’rganish markazlari dastlab Angliya va Fransiyada 
o’rnashdi. XIX asrda u Germaniyaga ko`chdi. Yevropada fashizmning paydo 
bo’lishi ko’pgina olimlarni AQShga ko`chishiga sabab bo’ldi. Bu yerda hozir 


18 
jahonga mashhur osurshunoslik markazlari ishlaydi. Shu bilan birga hozir Fransiya, 
Italiya, Belgiya, Gollandiya, Turkiya va Iroqdagi osurshunoslik markazlari samarali 
tadqiqotlar olib bormoqdalar. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin