2.2.Yangi Bobil podsholigi va shaharning forslar tomonidan zabt etilishi
Er. avv. XII asrda kassitlar Bobiliga Elam halokatli zarba berdi. Elam bir
necha bosqinlardan keyin er. avv. 1150-yillar atrofida kassitlar sulolasi
hukmronligini tugatadi. Navuxodonosor I (er. avv. 1124-1108-yillar) II Issin sulolasi
davrida elamliklar Bobildan haydab yuboriladi. Elamga shunday zarba beriladiki, u
haqda uch asr (er. avv. 821- yilgacha) biror bir matn xabar bermaydi.
Bobilni keyingi tarixida Dajla, Frot daryolari, Fors qo`ltig`i qirg`og`i va
janubiy Mesopotamiyaning shaharlari oralig`ida joylashgan xaldey qabilalari
muhim o’rinni egalladilar. Ular yarim ko`chmanchi chorvador va dehqonlar edilar.
Xaldeylar er. avv. IX asrda Bobilni janubiy qismini bosib oladilar va Bobil
madaniyatini qabul qiladilar. Bobilning oliy xudosi Mardukka sig`inadilar.
Er. avv. 729-yilda Bobilni Osuriya bosib oladi. Osuriyaliklar Bobilda er.avv.
VII asrgacha hukmronlik qiladilar. Yangi Bobil podsholigini paydo bo’lishi
eramizdan avvalgi 629-yilga to’g`ri keladi. Lashkarboshi Nabopalasar Bobilda
yangi xaldey sulolasiga asos soldi. Navuxudonosor II ning hukmronlik yillari
Bobilning gullab-yashnagan (er. avv. 605-562-yillar) davri bo’ldi. Bobil 200 ming
aholisi bo’lgan qadimgi sharqning eng yirik shahriga aylandi. Shahar Frot
daryosining ikki qirg`ogida joylashgan bo’lib, uzunligi 123 metr, kengligi 5-6 metr
bo’lgan ko`prik bilan birlashtirilgan. Shaharda ulkan podsho saroyi, sun'iy tepalikda
Bobilning muqaddas ibodatxonasi Esagila joylashgan edi. Ibodatxonaning har bir
25
tomoni uzunligi 400 metrni tashkil qilgan. Undan janubda balandligi 91 metr
bo’lgan yetti qavatli Etemenanki («osmon va yerning markazidagi ibodatxona») deb
atalgan zikkurat ibodatxona qurilgan. U qadimgi yetti mo'jizaning biri deb
hisoblangan. Shahar ikki qator devor bilan o’ralib, uning aylanasi 8 km.ni tashkil
qilgan va 8 darvozadan shaharga kirilgan.
Navuxodonosor II vafotidan so’ng Bobil zaiflashadi. Er. avv. 539 - yilda
Bobilni Eron podshosi Kayxusrav II bosib oldi. Bobil eramizdan avvalgi 331-
yilgacha Ahmoniylar davlati tarkibiga kiradi, keyin esa Makedoniyalik Iskandar
davlatiga, uning yemirilishidan so’ng Salavkiylar davlati tarkibiga kiradi.
Bizgacha Bobil tarixini er. avv. VII-VI asrlariga doir ma'muriy matnlar,
yozuvlar, podsho farmonlari va farmoyishlari yetib kelgan. Bobil to’g’risida ayrim
antik mualliflar ma'lumotlari mavjud.
Hujjatlarga ko’ra, bu davrda qullarning soni ko’paygan. Ibodatxona
xo`jaligida yuzlab qullar ishlagan, boylarning yerlarida 3-5 qul, tadbirkor uylarda
o’nlab qullar mehnat qilganlar. Yirik yer egalari erkin kishilarga va qullarga yerni
ijaraga bir xil shartlarda berganlar.
Yollanma ishchilar, kam yerli yoki yersiz kishilarko’pchilikni tashkil qilgan.
Yangi Bobil podsholigi davrida savdo-tadbirkorlik uylari keng tarqalgan. Arxiv
ma'lumotlariga ko’ra Egibi va Murashu uylari katta-katta yerlarni ijaraga berganlar.
Ibodatxonalar ham tovar-pul munosabatlariga tortilgan. Ular yer va qullarni ijaraga
berganlar. Er. avv. I ming yillikda podsho xo`jaligi sezilarli rol o`ynamagan. Podsho
yerlari ham ijaraga berilgan. Ibodatxona va xususiy xo’jaliklar yetakchi o’rinni
egallaydilar.
Bobil xalqaro savdoda Sharqiy O’rtayer dengizi qirg`og`i mamlakatlari va
Mesopotamiyadan janubiy- sharqda turgan viloyatlar o’rtasida savdoda vositachilik
qilgan. Misr, Suriya, Elam va Kichik Osiyo bilan gavjum savdo qilingan. Bobil
ahmoniylar viloyatlariga g`alla, kiyim-kechak va jun, gazlama yetkazib beradigan
asosiy markaz bo’lgan. Bobil Fors davlatining eng boy satrapliklaridan biri edi, u
har yili xazinaga 1000 talant (30 tonna) kumush bilan davlat solig`ini to`lagan.
Mesopotamiya – jahon sivilizasiyasi va qadimgi shahar madaniyatining ilk
26
o`choqlaridan biri. Bu madaniyatning ilk asoschilaridan biri shumerlar bo’lib,
ularning yutuqlarini bobilliklar va osuriyaliklar o’zlashtirib, davom ettirdilar.
Mesopotamiya madaniyatining manbalari er. avv. IV ming yillikda shaharlar paydo
bo’lishi bilan boshlandi. Uning uzoq yashash davrida unga xos ichki birlik,
an'analarni merosiyligi, uning unsurlarining ajralmas aloqasi saqlanib qoldi.
Mesopotamiya madaniyatining boshlang`ich davri o’ziga xos yozuvning
shakllanishi bilan belgilanadi. Keyinchalik bu yozuv mixxatga aylanadi. Mixxat
Mesopotamiya sivilizatsiyasining asosiy ildizi bo’lib uning barcha jihatlarini
birlashtirgan an'analarini saqlab qolish imkoniyatini berdi.
Er.avv. IV-III ming yilliklarda shumer yozuvi paydo bo’ldi. Taxminlarga
ko’ra bu yozuv shumerlar Mesopotamiyaga kelganga qadar noma'lum xalq
tomonidan kashf qilingan. Shumerlar bu yozuvni sivilizasiya xizmatiga qo’ydilar.
Dastlab shumer yozuvi piktografik shaklda alohida buyumlar, tasvirlar
tarzida ifodalangan. Shunday yozuvdan eramizdan avvalgi III ming yillikdan
boshlab foydalanilgan. Piktografiya juda sodda bo’lib, haqiqiy yozuv emas edi, u
so’zlarni ifodalamas edi. Sekin-asta u mixxatga aylandi. Mixxatga 600 belgi bor edi.
Er. avv. XXIV asrda ilk batafsil yozilgan shumer matnlari paydo bo’ldi.
Akkad tili janubiy Mesopotamiyada er.avv. III ming yillikning ikkinchi yarmida
paydo bo’ldi. Shumer va akkad tillari bir- biridan ko’pgina so’zlarni o’zlashtirib
oldi. Er. avv. III ming yillikning oxirida qadimgi Shumer–akkad lug’atlari tuzilgan.
Shumer yozuvi keyinchalik shumer–akkad yozuvini butun Old Osiyo xalqlari
o’zlashtirib oldilar.
Akkad tili Old Osiyo xalqaro diplomatiya tiliga aylandi. Qadimgi
Meosopotamiyada loy mo’l-ko’l edi. Loy taxtacha yozuv uchun asosiy manba
bo’lib, xizmat qildi. Taxtacha loydan yasalib tuzlardan kuydirish yo`li bilan
tozalangan. Mesopotamiyada o’rmon bo’lmaganligi sababli, faqat eng muhim
matnlar yozilgan loy taxtachalar (podsho yozuvlari, kutubxonada saqlanishi lozim
bo’lgan asarlar) kuydirilgan. Qolgan taxtachalar oftobda quirtilgan. Odatda,
taxtachalar yetti-to’qqiz sm. uzunlikda bo’lgan. Yozuvlar ba'zida tosh va metall
taxtachaga ham yozilgan.
27
Er.avv. I ming yillikda bobillik va osuriyaliklar yozuv uchun teri va chetdan
keltirilgan papirusni ishlata boshlaganlar. Shu vaqtni o’zida Mesopotamiyada
yog`ochdan qilingan uzun taxtachaga mum surtib mixxat belgilarini tushirganlar. Er.
avv. VII asrdan boshlab oromiy tili va yozuvi kirib kelgan paytda mixxat yozuvlari
o’limga yuz tutdi.
Bobil va Osuriya madaniyatining eng muhim yutuqlaridan biri kutubxonalar
edi. Er. avv. II ming yillikdan boshlab Ur, Nippur shaharlarida adabiy va ilmiy
matnlardan iborat ilk kutubxonalar paydo bo’ladi.
Qadimgi Sharqning eng mashhur kutubxonasi Ashshurbanipalning
(er.avv.669-635 yillar hukmronlik qilgan) Nineviya shahrida to’plangan 30.000
taxtachadan iborat kutubxonasi bo’lgan.
Loy taxtachalarga podsho annallari, muhim tarixiy voqealar xronikasi,
qonunlar to’plami, adabiy asarlar va ilmiy matnlar yozilgan. Ashshurbanipal
kutubxonasining alohida ilmiy qimmati shundaki, bu kutubxonada dunyoda birinchi
marta kitoblar tizimli to’plangan va ma'lum tartibda joylashtirilgan. Ko’pgina
kitoblar bir necha nusxada mavjud. Katta matnlar bir xil hajmdagi loy taxtachalarda
bayon qilingan. Shunday matnlar qirqdan yuztagacha taxtachaga yozilgan. Har bir
taxtachada undan foydalangandan so’ng o’z o’rnida qaytarish imkonini bergan tartib
raqamlari qo’yilgan.
Qadimgi Mesopotamiya arxivlar makoni bo’lgan. Eng qadimgi arxivlar
er.avv. III ming yillikning birinchi choragiga tegishli. Bu davrda arxiv ma'lumotlari
yozilgan taxtachalar namlikdan saqlash uchun mumlangan savatlarda saqlangan.
Er.avv. XIX asrga oid Ur shahri arxivi maxsus xonada yog`och tokchalarida
saqlangan. Er.avv. XVIII asrga oid boy arxiv Mari podshosi saroyidan, Uruk
shahridan er. avv. VIII-VI asrlarga oid 2500 xo’jalik hujjatlari arxivi topilgan.
Qadimgi Shumer va keyingi Bobil maktablarida asosan davlat va
ibodatxonalar uchun kotiblar tayyorlangan. Maktablar ta'lim va madaniyat o`chog`i
bo’lgan. Maktabda asosan shumer tili va adabiyoti o’qitilgan. Yuqori sinf
o’quvchilari kelajakda tor mutaxassislashuvga qarab grammatika astronomiya va
matematikadan bilim olganlar. O’zini fanga bag`ishlamoqchi bo’lgan o’quvchi
28
bo’lsa huquq, astronomiya, tibbiyot va matematikani o’rgangan. Maktabda jismoniy
jazo keng qo’llanilgan. Mesopotamiya maktablari o’quvchilarining sinf xonasida
fanlarni o’rganish uchun loy taxtachalarda yozgan mashq matnlari bizgacha yetib
kelgan.
Shumer adabiyotiga oid epik asarlar, afsonalar, madhiya, doston, ertak va
maqollar to’plami bizgacha yetib kelgan. Shumer shahrini qo’shni qabilalar
hujumlari natijasida halokati to’g`risida ma'lumot beradigan asarlar alohida o’rin
tutadi. «Ur shahri aholisining falokati motam yig`isi» (er.avv. XX asr oxiri) asarida
ayollar, qariyalar va bolalarning ochlikdan qiynalishi, yong`indan qolgan uylarda
halok bo’lganlarni tafsilotlari batafsil tavsiflagan.
Shumer adabiyotining eng mashhur-namunasi afsonaviy qahramon
Gilgamesh to’g`risidagi epik afsonalar to’plamidir. Bu asar akkad tilida qayta
ishlangan
nusxada to’laroq ko`rinishda Ashshurbanipal kutubxonasida
topilgan. Er.avv. II ming yillik oxirida Bobilda akkad tilida yozilgan falsafiy
mavzudagi «ha men donolik ilohini sharaflayman» asari saqlanib qolgan. U aybsiz,
mashaqqat chekkan kishining shafqatsiz taqdiri to’g`risida hikoya qiladi.
Shu mavzuga yaqin «Bobil teodisiyasi: (so’zma- so’z tarjimasi, «xudoni
oqlash») poemasi er.avv. IX asrda paydo bo’lgan. Uning muallifi podsho saroyida
koxin bo’lib xizmat qilgan, Esagil kuni-Ubbib nomli kishi bo’lgan. Asarda
bobilliklarning qiziqtirgan diniy-falsafiy g`oyalar o’z aksini topgan. Er.avv X asrga
oid «Qul menga bo’ysun» asari hayotga umidsizlik ruhida yozilgan. U xo`jayinning
o’z qo’li bilan dialogi tarzida yozilgan.
Katta badiiy qiymatga ega bo’lgan Osuriya annallari osur jangchilari bo’lgan
begona davlatlar tabiati to’g`risida ritmik tilda yozilgan. Eng mashhur Osuri asari
bu Osuriya podsholarining dono kotibi va maslahatchisi Axikar to’grisidagi qissadir.
Kissa to`liqroq holda suriya tilida saqlanib qolgan.
Qadimgi Mesopotamiya mafkuraviy hayotida din hukmron o’rin egallagan.
Er.avv. IV-III ming yilliklar chegarasida Shumerda batafsil ishlab chiqilgan,
keyinchalik Bobilda o’zlashtirilib, rivojlantirilgan teologik tizim yuzaga keladi. Har
bir shumer shahri o’z xudo homiysiga ega bo’lgan. Bundan tashqari, umumshumer
29
shaharlari sig`ingan xudolar bo’lgan. Bu osmon xudosi Anu, yer xudosi Enlil, suv
xudosi Enki yoki Ea kabi ilohlar tabiat stixiyasi kuchlarini aks ettirganlar. Ko’pincha
ular koinot jismiga o`xshatilgan. Har bir xudoga alohida vazifa yuklatilgan. Enlil
taqdir xudosi, shaharlar asoschisi hamda motiga va omoch kashfiyotchisi, quyosh
xudosi Utu (Akkad mifologiyasida Shamash), Oy xudosi Ninnar, Enlilning o’g`li
sevgi va hosildorlik xudosi Innana (Bobil va Osuriya panteonida Ishtar) abadiy
hayot, tabiat xudosi Dumuzi (Bobilda-Tammuz) keng tarqalgan.
Urush xudosi kasallik va o’lim xudosi Nergal (Marsen) sayyorasiga
o`xshatilgan. Bobil bosh xudosi Marduk – Yupiter bilan Nabu (Mardukning o’g`li)
donolik, yozuv va hisob xudosi Merkuriy sayyorasiga o`xshatilgan.
Xudolardan tashqari, ko’p sonli ezgulik devlariga sig`inilgan. Turli xil
kasalliklar sababchisi bo’lgan yovuz devlarni rahmdil qilishga harakat qilganlar.
Devlar yarim odam, yarim hayvon tarzida tasvirlanganlar. Odamlar o’zlarini odam
boshli, qanotli ho`kiz sifatida ifodalaganlar. Qanotli ulkan haykallar Osuriya
podsholari saroylari kirishini qo`riqlaganlar.
Shumer va akkadlar u dunyoga ishonganlar. Ularning tasavvurida u dunyo
soyalar podsholigi qaysiki, o’liklar ochlik va chanqoqlikdan qiynaladilar. Loy,
chang bilan ovqatlanadilar. Shuning uchun marhumlarning bolalari ularga qurbonlik
keltirishga majburdirlar.
Qadimgi Mesopotamiyada dunyoning ilmiy bilishda ma'lum yutuqlarga
erishildi. Bobilda ayniqsa, matematika fanlari amaliy maqsadlar uchun yuzaga kelib,
yuqori darajada rivojlanadi. Qadimdayoq, bobilliklar zikkuratlarning yuqori
qavatlaridan turib osmon jismlarini muntazam kuzatganlar. Ana shu ko’p asrlik
kuzatishlari natijasida matematik – astronomiya vujudga keldi. Astronomlar
yulduzlar o’rtasidagi masofani astronomik hisob-kitob qilganlar. Bobilda ko’p sonli
astronomik jadvallar vujudga kelgan. Shu davrda Bobilda mashhur astronomlar
Naburian va Kiden yashaganlar. Naburian oy fazalarini aniqlash tizimini ishlab
chiqdi. Kiden quyosh yilini 365 kun, 5 soat 41 minut va 41,6 sekund xisobladi. U yil
hisobi davomiyligida bor yo`g`i 7 minut, 17 sekundga xato qilgan. Astronomiya
astrologiya bilan bog`langan edi. Bizgacha juda ko’p Bobil tibbiyot matnlari yetib
30
kelgan. Mesopotamiya vrachlari chiqqan va singan suyak bo`g`inlarini davolay
olganlar, lekin odamning ichki kasalliklarni davolay olmaganlar. Er. avv. III ming
yillikdayoq mesopotamiyaliklar Hindistonga boradigan yo`lni, er. avv. I ming
yillikda Efiopiya va Ispaniyaga boradigan yo`lni bilganlar. Bizgacha yetib kelgan
xaritalar bobilliklarning o’z geografik bilimlarini tizimga solishga harakat
qilganliklarini ko’rsatadi.
Qadimgi Mesopotamiyaning san'atini shakllanishi va keyingi taraqqiyotiga
shumerlarning badiiy an'analari hal qiluvchi rol o`ynaydi. Tosh o`ymakorlik er.avv.
III ming yillik boshlarida shakllandi. Toshga naqshlar o`yish (gliptika) er.avv.I
asrigacha yuksak darajada rivojlandi. Er.avv. XXIV- XXIII asrlarda Mesopotamiya
yagona davlat bo`lib, birlashgan paytda podsholarning ideallashtirilgan portret-
tasvirlari paydo bo’ladi.
Xulosa
Bobil podshosi Xammurapining XX asr boshlarida kashf etilgan qonunlar
to`plamida va yanada ozroq topilgan xett qonunlarida aholi birinchi navbatda erkin
odamlarga va qullarga bo`linadi.
Qullarning erkin odamlardan son jihatidan ustunligini quldorlikning asosiy
belgisi deb hisoblash aslo mumkin emas. Qadimgi Sharq podsholarining,
shuningdek ibodatxonalar va akobir-a'yonlarining yer- mulklarida qullardan
foydalanish hamma vaqt yetakchi o`rin tutgan. Ammo butun boshli mamlakat
miqyosida qishloq xo`jaligi va hunarmandchilik mahsulotlarining eng ko`p qismi
erkin mayda ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetishtirilgan.
Sharqda quldorlik tuzumi Yevropadagiga qaraganda oldinroq vujudga
kelgani sababli, u yerda bu tuzum o`ziga xos shakl kasb etgan, xuddi shu xususiyat
sharqshunos olimlarining Osiyo ishlab chiqarish usuli xaqida gapirishlariga asos
bo`ldi; Mazkur ishlab chiqarish usulining o`ziga xos xususiyati yerga jamoaning
egaligidir. Shubhasiz, Osiyo ishlab chiqarish usuli haqidagi masala murakkab va
munozarali masaladir, bu mavzudagi munozarani hali tugagan deb hisoblab
31
bo`lmaydi. Lekin Osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan o`ziga xos jamiyat
(ba'zan uni hatto mahalliy emas, balki universal jamiyat deb e'tirof qiladilar)
bo`lmaganligi borgan sari ko`proq ma'lum bo`lib qolmoqda. Barcha ma'lumotlarga
ko`ra Osiyo ishlab chiqarish usulini quldorlik jamiyatining mahalliy ko`rinishi deb
tushunmoq kerak, chunki bu yerda Sharqda quldorlik sekin-astalik bilan rivojlana
borgan. Qadimgi Sharq davlatchiligi harbiy demokratik an'analarini sekin-asta
tugatgan holda uzoq davom etgan jarayonda shakllandi. Ibtidoiy monarxiyaning ilk
shakllari sekin-asta u yoki bu shakldagi mutloq hokimiyatga aylandi. Qadimgi Sharq
mutloq hokimiyatining o`ziga xos xususiyati davlat boshlig'i hukmdor despotning
alohida mavqei edi. Podsho sud, ijroiya va qonunchilik hokimiyatini o`z
qo`lida to`plagan bo`lib, shu bilan birga u eng oliy odam, xudolarning noibi, ularning
avlodi yoki xudolardan biri hisoblangan. Mutloq hokimiyat
turli mamlakatlarda
turli darajada edi, uning to`liq ko`rinishini Qadimgi Misrda, Eron va Xitoyda
cheklangan ko`rinishini esa, Xett davlati podshosi misolida ko`rish mumkin.
Qadimgi Sharqda o`ziga xos oligarxik respublikalarni Hindiston va Finikiya
shahar- davlatlari misolida ko`rish mumkin. Qadimgi Sharq davlat hokimiyatini
g`arb tarixchilari deb tushuncha beradilar despotiya («despotes» yunoncha
«xo`jayin») va g`arb davlatchiligidan keskin farq qiladi. Sharqda davlat hokimiyati,
podsho qo`lida turlanib barcha Sharq mamlakatlarida podsho hokimiyati ilohiy
darajada, mutloq, ya'ni cheksiz edi. Sharqdan farqli, g'arbda podsho hokimiyati
ayrim hududlarda (misol uchun qadimgi Rim, Makedoniya ) cheksiz bo`lib, ular ham
ilohiylashtirilgan. Umuman olganda, Sharq davlatchiligi o`ziga xos va betakror
bo`lgan, buni biz qadimgi Misr misolida yaqqol ko`rishimiz mumkin.
Er.avv. II ming yillik boshlaridan qurbonlik keltirish, saroy hayoti
manzaralari tasvirlangan freska san'ati rivojlanadi. Mesopotamiya san'ati er.avv.
VIII – VII asrlarda Osuriya davlatining gullab-yashnagan davrida o’zining yuqori
cho`qqisiga chiqadi. Bu asosan relef san'atida o’z aksini topgan. Bu davrda ulug`vor
saroy va ibodatxonalar barpo qilina boshlandi.
Er.avv. I ming yillikda Mesopotamiyada yirik savdo-hunarmandchilik
madaniyat markazlari bo’lgan katta shaharlar paydo bo’ladi. Mesopotamiyadagi
32
osuk podshosi Sinaxxreb tomonidan er. avv. 705-681-yillarda qurilgan, maydoni
bo’yicha Old Osiyoda eng katta shahar Osuriya poytaxti Nineviya edi. Shahar 729,7
ga yerni egallab, shaharda 170 ming aholi yashagan.
Mesopotamiyada shisha ishlab chiqarish juda erta er.avv. XVII asrda
boshlanadi, temirdan foydalanish esa, kechroq er.avv. XI asrga boshlanadi.
Mesopotamiyaning ilmiy bilimlari, san'ati, me'morchiligi, dini, yozuvi va adabiyoti,
qadimda ko’pgina sharq xalqlari madaniyati ravnaqining o`lchov mezoni bo’lib
xizmat qildi.
Dostları ilə paylaş: |