Mavzu : Bobil Milloddan avvalgi II-I mingyillklarda Mundarija


II . Qadimgi Bobil podsholigining yuksalishi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix11.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#128481
1   2   3   4   5   6   7   8
Bobil Milloddan avvalgi II-I mingyillklarda

II . Qadimgi Bobil podsholigining yuksalishi 
2.1. Podshoh Xamurapi qonunlarining yaratilishi va bobil shaharlari bo'ylab 
yoyilishi 
Iqtisodiy tushkunlik, amoriy ko`chmanchi kabilalarining hujumi, Ur 
sulolasining yemirilishi siyosiy tarqoqlikka olib keldi. Amoriy va Akkad 
davlatlari bir-birlari bilan shafqatsiz urushlar olib bordilar. Er. avv. 1800-yillar 
atrofida Mesopotamiya janubini Larsa podsholigi, markazni Bobil shahri va 
Eshnunna, Yuqori Mesopotamiyani va Mari podsholigini er. avv. XIX asrd oxirida 


19 
amoriy hukmdor Shamshi-Add (1824-1870-yillar atrofida) davlati egallab olgan edi. 
Bu davlatlar o`rtasida uzoqqa cho`zilgan urushlar bo`lib o`tdi. Bu kurashlar 
davomida sekin-asta Bobil (Bab-ili «xudo darvozasi») shahri yuksala boshlaydi. Bu 
shaharda I-Bobil yoki amoriylar sulolasi hukmronlik qilib uning boshqaruvi tarixda 
qadimgi Bobil (er. avv. 1894-1595 yillar) davri deb nom oldi. Bu vaqtda Janubiy 
Mesopotamiyada akkadlar shumerlarni to`la assimilyatsiya qildilar. Amoriylar 
sulolasi asoschisi yo’lboshchhi Sumuabum edi. Unga xavfli raqib bo’lgan Elamni 
er. avv. 1764-yilda Hammurapi 10 yillik urushda Mari podshosi Zimrilim bilan 
birlashib yanchib tashladi. 
O’zaro urushlar shahar, davlatlarni zaiflashtirdi. Larsa shahrini Elam bosib 
oladi. Elam hokimi Rimsin (er. avv. 1822-1763-yillar) kanallar, ibodatxonalar barpo 
qiladi. Ko’pgina shaharlar Uruk, Nippur, Issin va Larsa unga qaram bo’ladi. 
Shunday bir sharoitda Bobil shahrining yangi markaz sifatida roli kuchayadi. 
Shaharning ikki daryo oralig`ining qoq o’rtasida joylashuvi barcha sun'iy sug`orish 
inshootlarining va Old Osiyoning quruqlik va daryo yo`llarini tutashgan joyda 
o`rnashgani Bobilning siyosiy, iqtisodiy markaz bo’lishiga qulay omillar bo’ladi. 
Bobilni gullab-yashnashi I-Bobil sulolasining oltinchi podshosi Hammurapi 
(er.avv. 1792-1750 yillar) davriga to’g`ri keladi. Hammurapi dono, uzoqni ko’ra 
oladigan davlat arbobi, ayyor diplomat, yirik strateg, adolatli qonunshunos va mohir 
tashkilotchi edi. Hammurapi Bobil uchun foydali bo’lgan ittifoqlar tuzishga mohir 
diplomat bo’lib, bu ittifoq o’z vazifasini o’tab bo’lgach tezda undan voz kechgan. 
Hammurapi dastlab Larsa bilan ittifoq tuzadi va janubda Ur va Issin shaharlarini 
bosib oladi. Mari bilan ittifoq tuzib, Eshnunna shahrini bosib oladi. Mari bilan 
birgalikda sobiq ittifoqchisi Larsani o’ziga bo`ysundirgach, Hammurapi er.avv. 
1759 yil Mari shahrini bosib oladi. Shimolda faqat zaiflashib qolgan Osuriya qoladi, 
uning yirik shaharlari Ashshur va Nineviya Bobil hokimiyatini tan oladilar. 
Hammurapining 42 yillik hukmronligi davomida Bobil kichik shahardan 
butun Mesopotamiyani birlashtirgan yangi qudratli davlatning poytaxti, Old 
Osiyoning yirik siyosiy–iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi. 
Mesopotamiyada yagona markazlashgan davlat tashkil topdi. Hammurapi 


20 
uni ikki qismga: akkad tillarida so’zlashadigan shumer-akkad xudolariga 
sig`inadigan asosiy hududga va Elam Suzasi, Yuqori Mesopotamiyani xurrit-amoriy 
hududlarini o`z ichiga olgan viloyatga bo`ldi. 
Hammurapining vorisi Samsuilin (er. avv. 1749 – 1712 yillar) davrida 
Bobilda ichki ziddiyatlar kuchayib, qishloq jamoalar, jangchilar va boshqa soliq 
to’lovchilarning ahvoli yomonlashadi. Er. avv. 1742- yilda Mesopotamiyaga 
shimoli-sharqdan bu yerda avval noma`lum bo`lgan “kass” etnomidagi hind- 
yevropa qabilalari (Akkadcha Kassu, zamonaviy fanda kassitlar, o`zlarini kaspe-
kaspiy deb atagan) Gandash nomli yo`lboshchilari bilan bostirib kiradilar. Elam 
janubda shumer shaharlariga bostirib kiradi. Sippar va Issin shaharlarida qo`zg`olon 
ko`tariladi. 
Shimoliy-g`arbda yangi Mitanni davlati vujudga keladi. Mitanni davlati 
Bobilni Kichik Osiyo va Sharqiy O`rtayer dengizi qirg`og`iga boradigan yo`llardan 
to`sib qo`yadi. Buning ustiga eramizdan avvalgi 1595-yilda xettlar Bobilga bostirib 
kirib I Bobil sulolasini tugatadilar. 
Amoriylar davrida Bobilning iqtisodiyoti, ijtimoiy-siyosiy tuzumi, 
Hammurapining qonunlar to`plami, uning noib va amaldorlar bilan yozishmalari, 
xususiy hujjatlar orqali ma'lum. 
Qonunlar to`plamining tuzilishi Hammurapining jiddiy siyosiy tadbiri edi, 
chunki bu to`plam Bobilnng 
ijtimoiy – iqtisodiy barqarorligini ta'minlashga 
qaratilgan edi. Qonunlar to`plami kirish, qonunlar va xulosani tashkil qilgan uch 
qismdan iborat edi. 
Hammurapi davrida Bobil iqtisodiyoti sun'iy sug`orishga asoslangan 
dehqonchilik, bog`dorchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi 
savdodan iborat bo`lgan. Qadimgi Bobilda bu davrda ekin yerlari ko`payadi, 
bog`dorchilikda xurmo yetishtirish gullab-yashnaydi, g`alla ekinlaridan, moyli 
o`simliklardan yuqori hosil olinadi. Bunday yutuqlar faqat sun'iy sug`orish tizimini 
butun mamlakat miqyosida kengaytirish asosida amalga oshiriladi. Maxsus 
amaldorlar katta-kichik kanallarni ko`rish va ta'minlashni nazorat qilib turganlar. 
Mari arxivi hujjatlariga ko`ra aholining barcha mehnatga qobiliyatli qismi erkin 


21 
kishilardan tortib qullargacha sug`orish inshootlarini ko`rish va ta'minlash 
majburiyatini o’tagan, undan bosh tortganlarga o`lim jazosigacha berilgan. 
Hammurapi qonunlarida maxsus to’rt modda dehqon jamoasining o’z yerida, 
sug`orish inshootlariga befarq qarashiga qarshi qaratilgan, agar dehqonning yeridan 
qo’shnilar yeriga suv toshib ketsa, u keltirilgan zararni to’lashga majbur bo’lgan, 
agar puli bo’lmasa o’zi va mol-mulki qo’shniga keltirgan zararni qoplash uchun 
sotilgan. Podsho «Hammurapi kanali» deb atalmish katta kanal qurdirgan. 
Chorvachilik yirik hajmda rivojlangan. Qonunlarda bir necha bor yirik va 
mayda chorva to’grisida eslatiladi. Ko’pincha qoramolni, dala ishlariga, xirmon va 
yuk tashishga ijraga berilgan. Hunarmandchilikning xilma-xil sohalari rivojlangan. 
Qonunda bajarilgan ish uchun qat'iy baho berilgan va ishning past sifati uchun 
hunarmand qattiq jazo olgan. Hammurapi qonunlar to’plamining 229- moddasida 
shunday deyiladi: «Agar quruvchi kishiga uy qurdi va o’z ishini mustahkam qilmadi, 
u qurgan uy yiqilib, uy egasini o’ldirib qo`ydi, bu quruvchi o’limga hukm qilinishi 
lozim». Erkin kishini muvaffaqiyatsiz muolaja qilgan 
jarrohning 
barmoqlari 
chopilgan (218-modda). 
Savdoning rivojlanishiga butun Mesopotamiyaning yagona Bobil davlatiga 
birlashuvi muhim omil bo’ldi. Bobildan g`alla, xurmo, kunjut yog`i, jun va 
hunarmandchilik buyumlari eksport qilingan. Metall, qurilish toshi va yog`och, 
qullar va zeb-ziynat buyumlari import qilingan. 
Bobilda savdo bilan maxsus savdo agentlari – tamkarlar shug`ullangan, o’z 
xizmatlari uchun ular yer, bog`, uy olganlar va sudxo’rlik bilan ham 
shug`ullanganlar. Bobil, Nippur, Ur, Larsa kabi yirik shaharlar, katta savdo 
markazlari bo’lgan. Erkin kishi «avelium»-(«odam») deb atalgan. Qonunlarning 
barcha moddalarida xususiy mulk himoya qilingan. 
Bobil aholisining asosiy qismini xazinaga tushadigan soliqlarni to’lovchisi 
mayda ishlab chiqaruvchi va mayda mulkdorlar tashkil qilgan. Shu sababli ularning 
huquqlari qonun moddalari bilan himoyalangan. 
Misol uchun ba'zi moddalar ularni sudxo’rlar zo’ravonligidan himoya 
qilgan: sudxo’rga qarz uchun hosilni olishi ta'qiqlangan, kumush uchun qarz foizi 


22 
20, g`alla qarzi uchun 33 foiz bilan cheklangan. Garovga olingan kishiga nisbatan 
shafqatsiz muomala uchun qat'iy chora o’lim jazosi qo`llangan, qarz uchun qaramlik 
3 yil muddat bilan cheklangan. Bobil jamiyatida erkin kishilardan tashqari 
«mushkenum» atamasi «pastga egilgan» ma'nosini bildirgan. Mushkenumlar jamoa 
bilan aloqasi uzilgan, yeri bo’lmagan kishilar bo’lib, ular cheklangan fuqarolik 
huquqiga ega bo’lganlar. Ular podsho xo`jaligida ishlaganlar, podshodan yerni 
shartli olganlar. Mushkenumlarga tan jarohat yetkazilsa, qoidaga ko’ra pul jarimasi 
to’langan, erkin kishiga nisbatan talion huquqi (ko’z uchun ko’z, tish uchun tish) 
qo`llanilgan. Mushkenumni davolash erkin kishiga nisbatan ikki marta arzon 
bo’lgan. Qonunlarga qaraganda mushkenumlar pul mablag’i va mulkka egalik 
qilganlar. 
Bobil jamiyatinig eng quyi tabaqasi qullar («vardum») bo’lgan. Qullikning 
manbasi urushlar, mulkiy tabaqalanish natijasida qarzi uchun qul qilish, otaning 
patriarxal hokimiyati ostida oila a'zolarining huquqsizligi, otaning farzandlarini 
garovga berish, qullikka sotish huquqi, ba'zi jinoyatlari uchun qul qilish (misol 
uchun, asrandi o’g`ilning o’z ota- onasidan voz kechishi, xotinning isrofgarchiligi, 
jamoachining sun'iy sug`orish inshootiga loqayd qaragani) va qullarning tabiiy 
ko’payishi bo’lgan. 
Bobilda qulchilik o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan, qul uncha katta 
bo’lmagan mulkka ega bo’lishi mumkin bo’lgan, quldan bo’lgan bolalariga mulk 
vasiyat qilish mumkin bo’lgan. 
Bobil oilasi ota va er 
hukmron bo’lgan patriarxal oila bo’lgan. Oila nikoh 
shartnomasi asosida qurilgan va er nikoh sovg`asi, xotin sep keltirgan. Xotin o’z 
sepiga va erining sovg`asiga o’z huquqini saqlagan, erining o’limidan so’ng, bolalar 
balog`at yoshiga yetguncha beva oila mulkiga egalik qilgan. Qonunlar ayolning 
sog`ligini himoya qilgan, agar ayol eriga yomon muomala qilsa, va uni mol- mulkini 
sovursa, ayol qulga aylantirilgan; eriga xiyonat qilsa, o’lim jazosiga hukm qilingan. 
Ajralish va qayta erga chiqish qiyinlashtirilgan. Ota-ona mulkiga «somondan 
oltingacha egalik qilish» huquqiga o’g`il-qiz ega bo’lgan, ammo o’g`ilga ko’proq 
moyillik bildirilgan. 


23 
Qadimgi Bobil davlati mutlaq bo’lgan. Davlat boshida podsho turgan, u 
diniy qonunchilik, sud va ijroiya hokimiyatiga ega bo’lgan. Podsho yer zahirasi 
bepoyon bo’lgan, bu yerlar ijaraga va xizmati uchun berilgan. Sud hokimiyati 
mukammal shakllangan. Podsho sudi yetakchi o’rinda turgan, ibodatxona sudi, 
jamoa sudi va kvartal sudlari mavjud bo’lgan. Sudyalar kollegiyalarga birlashganlar. 
Ularga jarchilar, choparlar, kotiblar kabi sud xodimlari bo`ysungan. 
Moliya-soliq mahkamasi kumush va mahsulot, chorva, hunurmandchilik 
buyumlari bilan olinadigan soliq yig`ish bilan shug`ullangan. Podsho hokimiyati 
og`ir qurollangan, (redum) yengil janchilardan iborat qo’shinga tayangan. Ularning 
huquq-majburiyatlari 
Hammurapi 
qonunlar 
to’plamining 
16-moddasida 
belgilangan. Harbiylar xizmatlari uchun yer-mulk olganlar. Qonun askarlarni harbiy 
boshliqlar zo’ravonligidan himoya qilgan, ularni asirlikdan qutqarish uchun to’lov 
belgilangan, jangchi oilasi moddiy ta'minlangan. Askarlar harbiy xizmatni 
sidqidildan o’tashlari zarur bo’lgan, aks holda ular o’lim jazosiga hukm qilinganlar. 
Er. avv. 1595 - yildan Bobilda kassit sulolasining hukmronligi boshlanib, 
1055 - yilgacha davom etadi. Bu davr «O’rta Bobil davri» deb ataladi. Kassitlar 
Bobilni yuksak madaniyatini qabul qiladilar. Bobil, Nippur va Sippar shaharlari 
ma`lum mustaqikka ega bo`ladilar. Ular soliq va majburiyatlardan to`la ozod 
qilindilar, o`zlarining alohida qo`shinlariga ega bo`ldilar. Natijada iqtisodiyot 
gullab-yashnadi, savdo- hunarmandchilikni rivojlanishi uchun qulay shart- sharoit 
yaratildi. 
Kassit sulolasi keng qamrovli tashqi siyosat olib bordi. Ular Frot daryosining 
o`rta oqimini, Suriyaning bepoyon cho`l hududlarini va Janubiy Suriyadan iordan 
daryosigacha bo`lgan yerlarni egallab oldilar. Kassitlar markaziy va Janubiy Eronga 
istilochilik yurishlari qildilar. Ular er. avv. XV asr oxirlarida Misrga qarshi kurash 
olib bordilar va Misrni Mitanni bilan tinchlik o`rnatishga majbur qildilar. Old 
Osiyoda qudratli davlatlar Misr, Xett va Mitanni Old Osiyoda ta`sir doirasi uchun 
shafqatsiz kurash olib bordilar. Kassitlar sulolasi bu davlatlar bilan navbat va navbat 
murosachilik siyosatini olib bordilar va o`zlarini hukmronliklarini mustahkamlash 
uchun vaqti-vaqti bilan bu davlatlar bilan ittifoqlar tuzdilar. Kassitlar Misrga qarshi 


24 
xettlarni qo`llab quvvatladilar, Kassit hukmdorlari er. avv. XIII asrda xettlar bilan 
ittifoqlikda osuriyaliklarga qarshi urush olib bordilar. Er. avv. XII asr boshlarida 
Osuriya ham kassitlarga qaram bo`lib qoldi. 
Kassitlar davrida shaharlarning o’z-o’zini boshqaruvi, xususiy mulkchilikni 
kuchaygan davri bo’lgan. Qishloq xo’jaligida natural holat kuchayib tovar ishlab-
chiqarish kamayadi. Yirik yer egaligi mustahkamlana boshlaydi. Zodagonlar ko’p 
hollarda soliq to’lovlaridan podsho farmonlari bilan ozod bo’la boshlaydilar. 
Bunday farmonlar chegara toshlarida “kudurru” (Yer egalarini soliq va ma`muriy 
immunitetlari to`g`risidagi farmon) yozib qo`yila boshlanadi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin