60
Raqobat usullarini qo’llash, aksmonopoliya siyosati darajalari bozor holatiga
bog’liqdir. Masalan, tovarga to’yingan bozor va uning aksi bo’lgan to’yinmagan bozor
bo’lishi mumkin. Bozor shakllanayotgan O’zbekiston va bunga o’xshash respublikalarda
tovar (xizmatlar) mo’l-ko’lligi hali ta’minlanmagan.
Bunda erkin tovar tanlash
imkoni yo’q va xaridlik darajasi ancha cheklangan. Bunday bozorda baho raqobati
juda qo’l kelishi mumkin. Chunki, bahoning talab o’zgaruvchanligiga ta’siri kuchli
bo’lib, baho pasayib borishi bilan xaridorlar ko’payib boradi. Bahoni
pasaytirmaydigan, shuningdek, bahoning harakat xususiyatini o’z vaqtida
payqamagan ishlab chiqaruvchi bozordan siqib chiqarilishi turgan gap.
Tovarlarga to’yingan bozorda esa tovar (xizmat)
turlari serob, tanlab xarid
qilish uchun imkoniyat juda keng bo’lib, elastik talab hukmronlik qiladi. Bunda
daromadi puldorlar ko’pligi, bahoga e’tibor kuchli bo’lmaganligi umumiy bozor
holatini belgilaydi. Bunday sharoitda bahosiz raqobat ustunlik qiladi. Lekin baribir
qanday bo’lmasin sog’lom raqobat uchun kurash bozor taraqqiyotining asosi bo’lib,
aksmonopoliya siyosati bunga yordam berishi kerak.
Aksmonopoliya siyosatining ta’siri haqida xulosa qilib shuni aytish mumkinki,
samarali iqtisodiyot yirik monopolistik iqtisodiy tuzumga qarshi kurash va monopol
harakatlarning oldini olish hamda raqobat ta’sirini kuchaytirishni talab etadi.
Aksmonopoliya siyosatida qonunchilik byudjet va banklarning moliyaviy harakatlari
bilan to’ldiriladi. Bir tomondan, soliq oldida barcha xo’jalik
ishtirokchilari bir xil
tenglikka ega bo’lsa, ikkinchi tomondan, alternativ ishlab chiqarish yaratilib, mayda
va o’rta korxonalar uchun soliq sohasida ma’lum imtiyozlar bo’lmog’i zarur.
Bozor munosabatlari ta’siri kuchayib borishi bilan raqobat ham o’z mazmunini
o’zgartirib boradi, ya’ni takomillashadi. Albatta hozirgi davrdagi raqobat holati,
uning ta’sir etish mazmuni oldingi bozor raqobatidan tubdan farq etadi. Sobiq sho’ro
bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat juda stixiyali, shafqatsiz ta’sirda bo’lib, uni
haqiqatan ham "yovvoyi raqobat" deb atashadi. Nomiga yarasha ta’sir mazmuniga
ham ega edi. Hozirgi davrda davlat ta’siri, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi
"yovvoyi raqobat" bilan "madaniylashgan raqobatni" yuzaga keltirgan. Lekin "yov-
voyi raqobat" faqat o’tgan davr uchun xos, deb bo’lmaydi. Madaniylashgan raqobat
aralash iqtisodiyot sharoiti uchun xos bo’lib, sekinlik bilan asosiy raqobatga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: