Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/149
tarix11.06.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#128723
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   149
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
Internet veb-saytlari 
 
1. http:\\www.cer.uz –O’zbekiston Respublikasining “Iqtisodiy tadqiqotlar markazi” 
ning “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnalining elektron manzili. Turli xil 
iqtisodiy mavzularga oid materiallarni olishga imkon beradi. 
2. http:\\www.economyfaculty.uz – “Mikro-makroiqtisodiyot” kafedrasi sayti 
mavjud bo’lgan veb-sayt
3. http:\\economics.com.ua –bozor iqtisodiyotiga taalluqli bo’lgan ma’lumotlar veb-
sayti 
4. http:\\www.bearingpoint.uz – “O’zbekiston iqtisodiyoti” qo’llanmasiningg veb-
sayti 
5. http:\\goldenpages.uz – iqtisodiyotning eng so’nggi yangiliklari 
6. http:\\rea.ru – Rossiya iqtisodiyot akademiyasining veb-sayti 
7. http:\\5ballov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna 
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa. 
8. http:\\bankreferatov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna 
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa. 
 
 
 
 
 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


55 
VIII-MAVZU. MONOPOLIYA VA BOZOR MODELLARI 
 
8.1. Monopoliya tushunchasi 
8.2. Bozorning asosiy modellari 
8.3. Aksmonopoliya siyosati 
 
8.1. Monopoliya tushunchasi 
Bozor iqtisodiyotida monopoliya raqobatga qarshi kuch sharoitida paydo 
bo’ladi va u raqobat ta’siri sharoitini o’zgartiradi. 
Monopoliya — bu bozorda yuzaga keladigan iqtisodiy hodisa bo’lib, unda 
yirik sotuvchi yoki xaridorlar o’z iqtisodiy qudratiga suyanib, boshqa bozor 
ishtirokchilariga hukmlarini o’tkazadilar. Bunda monopolchilarning shaxsiy 
manfaatiga asoslangan, ularning foydasini ko’zlagan shartlar qolgan barcha uchun 
majburiy hisoblanadi. Bularga nisbatan boshqalar bozorga ta’sir o’tkazish kuchiga 
ega bo’lmay, o’z manfaatlarini ko’zlash imkonidan mahrum bo’ladilar. Taklif hajmi 
va bozordagi baho monopoliya tomonidan belgilanadi. 
Monopoliya holati firmalarga juda qo’l keladi. Chunki xaridorlarga qaram 
bo’lish, ularning didiga qarab ish tutish zaruratidan holi bo’linib, ularning talabiga 
zid ish ko’rish imkoni tug’iladi. Agarda xaridorlar majburiy qo’yilgan baholardan 
norozi bo’lsalar, monopolchi ishlab chiqarishni qisqartirib, savdoga chiqadigan tovar 
(xizmat)larni kamaytirishi mumkin. Bunda xaridorlarning mavjud yuqori bahoni tan 
olishdan boshqa iloji qolmaydi, albatta. Buning xaridorlarga qanday ta’sir etishi, kam 
xarajatli oilalarning ahvoli og’irlashuvi bilan monopoliyaning ishi bo’lmaydi. 
Monopolchilarni faqat bir narsa: yuqori foyda va katta daromad qiziqtiradi. 
Monopolcha bozorni boshqarishning turlicha foyda olish usullari mavjud 
bo’lishiga qaramay, ularning hammasi jamiyat uchun katta iqtisodiy zarar keltirishini 
insoniyat o’z tarixida ko’rib o’tdi. Bu haqida keyinroq so’z yuritamiz. Hozir tabiiy 
monopoliya haqida so’z yuritaylik. Jamiyatning normal talabiga mos keladigan 
monopoliyalar ham bo’ladi. Bularni, albatta, iqtisodiyot siqib chiqarmaydi va jamiyat 
ta’qiqlashni istamaydi. Masalan, firma noyob tovarlar ishlab chiqarsa, bunda eng 
yangi texnologiyani qo’llab, foydadan xoli bo’lmagan holda past narxlarda sotish 
usulini qo’llab bozorni egallasa, buning yomon tomoni yo’q. Tabiiy usulda yuzaga 
kelgan monopoliya qonuniy bo’lib, uni yo’q qilish maqsadga muvofiq emas yoki 
iqtisodiy foy-dadan xoli emas. 
Bunday monopoliyalar tabiiy boyliklardan foydalanish, transport, aloqa yoki 
kommunal xo’jalik tarmoqlarida bo’lishi mumkin. Masalan, juda noyob foydali 
qazilma uchun bitta shaxta etarli bo’lib, ikkinchi raqibning keragi yo’q. Shuningdek, 
aloqa shoxobchalari, gaz quvurlari kabilarni ko’rsatish mumkin. 
Tabiiy monopoliya shunday holatni taqozo etadiki, bunda ob’ektiv kuchlar 
(tabiiy yoki texnik) sababli tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish bir firma 
qo’lida bo’lib, lekin bu jamiyat uchun foydali hisoblanadi. Buning oldini olib 
bo’lmaydi, hatto zaruriyati ham yo’q. Ammo narx-navo bu monopoliyalar uchun 
davlat tomonidan yoki mahalliy hokimiyat tomonidan belgilanish zaruriyati tug’iladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


56 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin