68
YAponiyada bevosita iste’mol
va umuman, inson hayoti sharoitida bu mulk
shaklining o’rni katta. U erda minglab jamoa korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda.
Bizning sharoitimizda asosan qishloq xo’jaligida bu mulk shakli keng quloch
yoygan. Bular asosan jamoa, guruh mulki asosida harakatdagi xo’jaliklardir. Bundan
tashqari savdoda, qishloq xo’jalik mahsulotlarini xarid qilish va qayta ishlashda ham
bu xil mulk keng tarqalgan bo’lib, bular matlubot jamiyatlari,
xarid-savdo bir-
lashmalaridir.
Jamoa mulki mayda mulkchilar faoliyatida ahamiyatli-dir. Chunki alohida
holda mayda mulk samara keltirishi u yokda tursin, hatto
raqobatga bardosh bera
olmasligi va arzigulik ish ko’ra olmasligi mumkin, mayda mulkdorlar esa o’zaro
birlashib, kattaroq hajmda tijorat ishlarini amalga oshirish imkonini tug’diradi.
Shuning uchun ham xaqiqiy demokratik asosda yuzaga kelgan jamoa mulki va bu
asosdagi xo’jalik juda ahamiyatlidir. Har bir bunday birlashma ma’lum darajada erkin
harakatni chegaralashi sababli bir-lashuv faqat ixtiyoriylikni talab etadi. Shuni e’tirof
etish zarurki, jamoa mulkiga davlatchilikni singdirish faqat zarar keltiradi:
jamoa
mulkidan kutilgan samara bo’lmaydi.
Jamoa mulkining qo’llanilishidagi yana bir xususiyat shundan iboratki,
boylikning o’zlashtirilishi uchun ish faoliyatida birgalikda qatnashish talab etiladi.
Chunki, jamoa mulki mehnatsiz o’zlashtirishni inkor etadi va kor-porativ xususiy
mulkdan farqlanib, ham mulkka, ham mehnatga hissa qo’shishi zarur hisoblanadi. Bu
asosda tashkil etilgan xo’jalikdagi asosiy ish kuchi shu mulk egalarining o’zidir. Shu
bilan birga zaruriyat talabi bilan yollanma mehnat jalb
etilishi hollari ham mavjud
bo’ladi. Mayda mulk bo-zorda ta’sirli kuchga ega bo’la olmasa, uning birlashuvi
natijasida yuzaga keladigan jamoa mulki katta o’rin egallaydi va bozor iqtisodiyotining
muhim ishtirokchisiga ay-lanadi, uning rivojida faol qatnashish imkonini tug’diradi.
Dostları ilə paylaş: