67
bozor rivoji uchun birinchi navbatda, xususiy mulk keng quloch yozmog’i,
iqtisodiyotda asosiy o’rinni egallamog’i talab etiladi. Zero, xususiy mulk
taraqqiyotisiz bozor iqtisodiyotini tasavvur etib bo’lmaydi. Хususiy mulk asosiy o’rinni
egallamaguncha va davlat mulki ustunligi yo’q qilinmaguncha iqtisodiy
taraqqiyotning ob’ektivligiga nisbatan sun’iylikning ustunligi sharoiti mavjud
bo’laveradi.
Хususiy mulk turlicha: kichik, o’rta, katta va juda katta hajmlarda bo’ladi va
xuddi shunday xo’jaliklarni ifodalaydi. Albatta ular to’xtovsiz ravishda kattalashish va
kengayish xususiyatiga ega. Shunga ko’ra xususiy mulk, ayrim shaxslar mulki
bo’lishiga qaramay, juda katta hajmda million, milliard dollar miqdorida bo’lishi
mumkinki, u juda yirik korxonalarni ham o’z ichiga oladi. Хususiy mulk
O’zbekistonda juda tezlik bilan shakllanmoqda. Uning hissasi xo’jalik sub’ektlari
ichida 2003 yil boshida 44,1 foizni tashkil etdi. Bu 1996 yilning boshiga nisbatan 9,4
foiz ko’pdir.
Хususiy mulk ikki, ya’ni individual va korporativ shaklda bo’ladi.
Individual
mulk sharoitida boylik alohidalik asosida o’zlashtiriladi. Bunda mulk egasi mulki-dan
foydalanishda ijaraga berish yoki biron guruhga qushi-lib ish tutishda to’la
mustaqillikka ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: