51
Raqobat faqat jamiyat talabiga e’tibor berish va ba’zi tarmoqlarning kengayishi
va qisqarishiga olib kelish bilan chegaralanmay, firmalarni eng samarali
texnologiyaga o’tish, ilg’or ishlab chiqarishni ta’minlab borishga undaydi. U past va
kam samarali texnologiya asosida ishlab chiqarishni uyushtirgan firmalarni
qo’llamaydi va ularning boshqa ilg’or raqiblar tomonidan siqib chiqarilishiga olib
keladi. Shuning uchun raqobat, aytganimizdek, texnik progress imkonini qo’llaydi va
uni keng taraqqiyotiga undaydi.
Raqobatli bozorning yana eng muhim tomonlaridan biri, oldingi mavzuda
ko’rganimizdek, xususiy va ijtimoiy manfaatlar uyg’unligining ta’minlanishidir.
Chunki, bu juda muhim va o’ta zarur bo’lgan manfaatlar tengligiga xos hodisadir.
Bunda o’ta muhim bo’lgan davlat manfaati ham ko’zda tutiladi. Aytganimizdek,
tadbirkorlar eng tejamli resurslar kombinatsiyasini, ya’ni mavjud raqobat sharoitida
xususiy manfaatga ham to’la mos keladigan kombinatsiyani qo’llaydilar.
Tadbirkorlarning texnik progressga asoslanmagan holdagi ishlab chiqarishi zarur
foyda bermaydi va pirovardida sinishga olib keladi. Shu bilan birga kamyob
resurslarni ishga solish, kam xarajatli ishlab chiqarishni uyushtirish eng samarali
usullardan bo’lib, bu jamiyatga juda foydalidir.
Хulosa qilib aytganda, raqobat kuchi shaxsiy manfaatni tartibga solib, uni
shunday yo’naltiradiki, u o’zidan-o’zi jamiyat manfaatining maqsadga muvofiq
ravishda ta’minlanishiga olib keladi. Bozorga xos "ko’zga ko’rinmaydigan qo’l"
ta’siri shunday yakunlanadiki, firmalar o’z foydalarini imkoni boricha yuqori
darajaga etkazsalar, jamiyat mahsuloti ham shunchalik yuqori darajada bo’ladi.
Raqobatning bo’lishi, raqobat ta’sirining kuchayishidagi asosiy shart
xo’jaliklarning turli-tumanligidir. Umuman, kurash to’g’rililik, ko’p xalollikni talab
qiladi. Bozor iqtisodiyotida ko’p xillik xo’jaliklar, ularning egalari bir-birlarining
raqiblari bo’lib, ular raqobat jarayonida faol ishtirok etishlari kerak. Хo’jalik turlari
juda oz yoki bir xil bo’lsa, raqobatning ta’sir doirasini kengaytirish uchun sharoit
bo’lmaydi.
Raqobat uchun xo’jalik usullari, shakllari ko’payishi kerak. Ayniqsa, xususiy
xo’jaliklar ko’payib, asosiy o’rinni egallashi zarur. Qaror xususiy xo’jaliklar bilan bir
qatorda kooperativlar, birlashma, qo’shma xo’jaliklar ko’payishi talab etiladi. Davlat
xo’jaliklari ham shaklan va ham mazmunan o’zgarib, bozor talablari asosida qayta
tashkil etilishi kerak. Bularga hissador (aktsiyali) jamiyatlar, ijarali xo’jaliklar kabilar
misol bo’li-shi mumkin.
Yuqorida aytganimizdek, busiz xo’jalik yuritishda mustaqillik bo’lmaydi,
mustaqilliksiz raqobatni tasavvur etib bo’lmaydi va umuman bozor mazmunsiz
bo’ladi.
Raqobat jahon iqtisodiyoti miqyosida ham bo’lib, uning milliy mamlakatlar
iqtisodiyotiga ham ta’siri bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: