Litsenziya
kelishuvi
– kelishuvni imzolagan mansabdor shaxsning familiyasi,
ismi va sharifi;
– tomonlarning rekvizitlari;
– litsenziya beriladigan faoliyat turining nomi;
– litsenziya egasiga qo‘yiladigan litsenziya talablari va
shartlarini buzganlik uchun tomonlar javobgarligi;
– litsenziya egasining litsenziya kelishuvi talablari va
shartlarini bajarishi ustidan
ishchi organi tomonidan
o‘rnatilgan nazorat tartibi
Litsenziyalar
reyestri
– huquqiy shaxs nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli,
pochta manzili, telefon va faks raqami;
– rahbarning familiyasi, ismi va sharifi;
– litsenziya raqami va berilgan vaqti;
– litsenziyaning amal qilish muddati;
– litsenziyani qayta rasmiylashtirish vaqti va asos, amal
qilish muddatini uzaytirish, amal qilishni to‘xtatib qo‘yish va
amal qilishni boshqatdan yo‘lga qo‘yish;
– litsenziyani taqiqlash uchun asos va vaqti (sana);
– litsenziyani bekor qilish uchun asos va vaqti (sana);
– dublikatni berish sanasi va asos.
Beriladigan litsenziyalarda turistlarga xizmat ko‘rsatish sifati va
darajasini hisobga olingan holda ikki xil
turizmning indeksatsiyasi
amalga oshiriladi:
– Ch – chet el turizmi;
– M – milliy turizm.
5. 2. Yangi tashkil qilinadigan turistik korxonaning
xizmatlarini sertifikatlashtirish
Sertifikatlash – bu aholi salomatligini va xavfsizligini ta’minlash
maqsadida tayyorlangan korxona mahsulotlari yoki xizmatlari
sifatini tartibga solish jarayonidir.Shuni qayd qilish kerakki,
sertifikatlash nafaqat chetdan kelayotgan import tovar va
xizmatlarga, balki mahalliy ishlab
chiqariladigan tovar va
xizmatlarga ham tegishlidir. Ekspert ma’lumotlariga ko‘ra,
O‘zbekistonda 2,5 mingdan ortiq tovar va xizmatlar sertifikatlanadi.
Turizm va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish majburiy
hisoblanadi. Turizm sohasida tovar va xizmatlarni sertifikatlash
quyidagi maqsadlar uchun amalga oshiriladi:
– inson hayoti, atrof-muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlarni,
huquqiy va jismoniy shaxslar mulkini sotishni nazorat qilish;
– jahon bozorini raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta’minlash;
– iste’molchini insofsiz ishlab chiqaruvchidan himoya qilish;
– mahsulotning yaratilgan (kelib chiqqan, ishlab chiqarilgan)
manzilini tasdiqlash;
– ishlab chiqaruvchi taqdim
etadigan mahsulotlarning-
xizmatlarning sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash.
Turizmda sertifikatlash «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash
to‘g‘risida»gi Qonuni hamda boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tartibga
solinadi. Uning obyektlari jumlasiga mahsulotlar, xizmatlar hamda
sifat tizimlari kiradi. Shuni qayd qilish kerakki,
sertifikatlashning
ikki turi qo‘llaniladi: ixtiyoriy va majburiy sertifikatlash.
Ixtiyoriy sertifikatlash quyidagi holatlarda qo‘llaniladi: uchinchi
shaxslar yoki qo‘shma korxonadagi chet el sheriklari ishlab
chiqariladigan tovarlar va taqdim etiladigan xizmatlar uchun
qo‘shimcha sertifikatni talab qilgan vaziyatlarda foydalaniladi.
Sertifikat beruvchi davlat organi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi
Standartlash,
sertifikatlashtirish
va
metrologiya
agentligi
(«O‘zdavstandart»)
hisoblanadi.
Bundan
tashqari,
alohida
sertifikatlashtirish markazlari, tadqiqot labarotoriyalari, sertifikatni
nazorat qilish organlari hamda «O‘zdavstandart» tomonidan tan
olingan va akkreditatsiyadan o‘tgan sifat
ekspert-auditorlari ham
faoliyat ko‘rsatadi.
Sertifikatlash muddati sertifikatsiyalanadigan mahsulotlar va
xizmatlarning toifasiga bog‘liq ravishda 1 kundan to 1 oygacha
bo‘lishi mumkin. Sertifikatlashtirish organiga beriladigan hujjatlar
soni ham sertifikatlash muddatiga ta’sir ko‘rsatadi. Turistik
korxonalarning turistik xizmatlarini sertifikatlash
olti bosqichdan
iborat.
Dostları ilə paylaş: