34
turistlar mahalliy aholi, tyulenlar, morjlar va pingvinlar
hayotini kuzatish
imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Suv osti dunyosi bilan tanishuvchilar keyingi vaqtlarda ancha ko’paymoqda. Bu
yo’nalishda eng istiqbolli loyiha bu musaffo suv osti qayig’ida sayohat hisoblanadi.
Uning marshrutlaridan biri «Titanik» kemasi cho’kib ketgan joyda
rejalashtirilmoqda.
MICE (qisqartirilgan)- uchrashuvlar, taqdirlanadigan
korporativ marosimlar,
konferensiyalar va ko’rgazmalar (Meetings, Incentives, Conferences and
Exhibitions)ning
ishbilarmonlik turizmni asosiy yo’nalishlari bosh harflar bilan
ko’rsatilgan. Bu turdagi sayyohlik dunyoda mashhur bo`lib, juda qulaydir.
Odatda, bunday konferеntsiya ishtirokchilari xarajatlarini
uni yuborgan tashkilot
yoki firma to`laydi. Shuning uchun AQSh, Shvеytsariya va Finlyandiyada bu turdagi
sayohat davlat turizm dasturi asosini tashkil etadi. Katta mеhmonxonalarda barcha
zarur narsalar bilan ta'minlangan katta va kichik kongrеss - hollar, majlis zallari,
biznеs
markazlar, bankеt zallar, transport xizmati va shu kabi konferеnsiyalar,
uchrashuvlar, taqdirlanadigan korporativ marosimlar va ko’rgazmalar o’tkazish
uchun kerakli xizmat turlari va binolar qurilgan.
Butun jahon ish yuzasidan sayohatlar va turizm kengashi (World
Travel and
Tourism Council, WTTC) ning baholashi bo’yicha, 2010 yilda ishbilarmonlik
turizmi dunyo bo’yicha 819 mlrd $ tashkil etdi. Bu ko’rsatgich o’tgan yilga
nisbatan 1,8 % ga kam. 2020 yilda esa bu ko’rsatgich 1,589 trln $, har yili 4,3 %
ga o’sishini WTTC tomonidan bashorat qilinmoqda.
Har bir yirik Yevropa mamlakatida ishbilarmomlik
turizmi va korporotiv
marosimlar bilan shug‟ullanadigan kompaniyalar ko’p bo’lsa ham so’zsiz tan
olingan liderlar Yevropa, Osiyo va Amerikada atigi beshtadir. “Yirik beshlik” ka
quyidagilar kiradi: American Express, Carlson Wagonlit Travel, Kuoni Group, Hogg
Robinson Group va BCD Holdings. Bu esa komponiyalar ko’p milliardli
aylanmani, global filial tizimini,
geografik faoliyatini, bir qancha o’nlab
mamlakatlar va faylasuflik biznesini o’zida qamrab olishini tavsiflaydi.
35
2011-yil yakunlari hisobiga ko’ra, Butun Jahon Statistikasi MICE yo’nalishi
(shahar va davlatlar)da ICCA ma‟lumoti bo’yicha marosimlar o’tkazgan o’nlik
liderlar ro’yxati.
3-
jadval
O’nlik shaharlar
O’nlik davlatlar
Shaharlar nomi
Marosimlar soni
Davlatlar nomi
Marosimlar soni
Vena
181
AQSH
759
Parij
174
Germaniya
577
Barselona
150
Ispaniya
463
Berlin
147
Buyuk Britaniya
434
Singapur
142
Fransiya
428
Madrid
130
Italiya
363
London
115
Braziliya
304
Amsterdam
114
Xitoy
302
Istambul
113
Niderlandiya
291
Pekin
111
Avstraliya
262
Manba:
http://www.mice.ru/
Dostları ilə paylaş: