63
Nurash po`sti — Tog` jinslarining havo, suv va organizmlar ta`sirida
o`zgarishidan hosil bo`lgan g`ozak jinslar qatlami. Tub tog` jinslaridan g`ovakligi
va kimyoviy tarkibining o`zgarganligi bilan farq qiladi. Tabiiy sharoitga qarab N. p.
ning qalinligi har xil bo`ladi. Issiq va sernam o`lkalarda qalin (200 m gacha)
bo`ladi. N. p. ning hosil bo`lishi Erning barcha geologik davrlarida ro`y bergan.
Ob-havo — atmosfera quyi qismining (havoning) muayyan bir qisqa vaqtdagi
tabiiy holati. Vaqt va masofada tez o`zgarib turadi. O. ma`lum bir vaqtning o`zida
bir-biri bilan uyg`un meteorologik elementlar majmui bilan ifodalanadi (havo
harorati, namligi, shamol, bulutlilik yog`in,
havo bosimi, tiniqligi va h. k.). O.
o`zgarishi deganda mana shu elementlarning o`zgarishi tushuniladi. O.
davriy
(kecha bilan kunduz), fasliy hamda nodavriy (tsiklon o`tishi,
turli havo
massalarining kelishi, antitsiklon turishi) o`zgarishlarga ega.
Okean— (latincha
okean — dunyo daryosi)—Dunyo okeanining bir qismi.
Dunyoda to`rtta okean — Tinch, Atlantika, Hind, SHimoliy Muz okeanlari mavjud.
Ba`zi tadqiqotchilar Janubiy Muz (sovuq) okeanini
ham alohida okean deb
ajratishadi. Qarang.
Dunyo okeani.
Pampa (kechua indiyonlari tilida pampa—o`tloq)—1)
Janubiy Amerika
janubida joylashgan subtropik dasht erlar. Turli o`tlar va g`allagullilar o`sadi; 2)
Argentinadagi dashtning nomi.
Dostları ilə paylaş: