Pul nazariyalari


 Pulning nominallik nazariyasi



Yüklə 392,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/17
tarix13.06.2023
ölçüsü392,59 Kb.
#129673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2-Mustaqil ish

3.3. Pulning nominallik nazariyasi 
ominalizm quldorlik tizimi davridagi faylasuflar ta’limotida yuzaga kelgan 
bo‘lib, bu ilk nominalizmdir. Birinchi nominalistlar tanga tarkibini buzish 
(tanganing og‘irlik miqdorini kamaytirish)ni ko‘rko‘rona madh etuvchilar bo‘lganlar. 
Yemirilib ketgan tangalarni teng qiymatli tangalar bilan muomalada bir xilda yurganligiga 
asoslanib, ular pulning metall miqdori emas, balki nominali muhimdir deb da’vo qilib 
chiqdilar. 
Nominal pul nazariyasi tarafdorlari ushbu nazariyaning asosida qog‘oz pullar 
e’tirof etilishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, shuningdek nominal pul nazariyasining 
amal qilishining asosiy omili sifatida pul nominallarini davlat tomonidan 
belgilanishi va uning ta’minlanishi ham davlat tomonidan amalga oshirilishini 
nazarda tutadigan bo‘lsak, nominal pul nazariyasini “qog‘oz pullar nazariyasi” 
tarzida ifodalash ham mumkin bo‘ladi.
Nominal pul nazariyasini “qog‘oz pul nazariyasi” tarzida yuritilishi uning 
aniqliligini, metall pul nazariyadan ushbu nazariyani, nominal pul nazariyasini 
qanday farqlari mavjudligini ortiqcha qiyinchiliklarsiz aniqlash imkonini beradi.
Nominal pul nazariyasi xususidagi dastlabki qarashlarni quldorchilik, 
keyinchalik feodal tuzumi sharoitidagi qadimgi faylasuflar ta’limotlarida kuzatish 
mumkin. Pulning nominal nazariyasi XVII – XVIII asrlarda, muomalaga haqiqiy 
bo‘lmagan metall pullar kiritilgan davrda shakllangan. Dastlabki nominal pul 
nazariyasining asosini qog‘oz pullar emas, balki haqiqiy bo‘lmagan tanga monetalar 
tashkil etgan.
Pulning nominal nazariyasini ilgari surgan dastlabki iqtisodiy nazariya 
vakillari Dj.Berkli (1685 – 1780) va Dj.Styuart (1712 – 1780) hisoblanadi. Ularning 
nazariyalari asosida quyidagi ikkita holat yotardi: pul davlat tomonidan yaratiladi va 
pulning qiymati uning nominali bilan aniqlanadi. Pul birligining sotib olish 
qobiliyati uning nominali asosida, ya’ni qog‘oz pulda ko‘rsatilgan nominal qiymati 
bilan aniqlanadi.
Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy zaifligi shundaki, ularning 
ta’limotiga ko‘ra pulning qiymatini davlat belgilaydi. Bu bilan ular pulning mehnat 
mahsuli nazariyasi va tovar tabiatiga ega ekanligini inkor qiladi. Biroq bozor 
iqtisodiyoti sharoitida pulning sotib olish qiymati talab va taklif asosida belgilanadi, 
shuningdek, milliy xo‘jalik doirasida to‘lov vositasini bajaradigan pullarning kursi 



xalqaro miqyosda amal qiladigan xorijiy valyutalarga bo‘lgan talab asosida o‘zgarib 
turadi.
Nominalist pul nazariyasi vakillarining rivojlangan davri asosan XIX asrning 
oxiri va XX asrning boshlariga to‘g‘ri kelib, uning ko‘zga ko‘ringan tarafdorlaridan 
biri, nemis olimi G.Knapp (1842 – 1926) hisoblanadi. G.Knappning pul 
nazariyasini, uning ta’limoticha ma’lum qiymatga ega bo‘lmagan monetalarda 
emas, balki xazina biletlari asosida asoslashga harakat qiladi.
Nominal pul nazariyachilarining asosiy kamchiligi shundaki, ularning 
ta’limotida pulning qiymati davlat tomonidan belgilanadi degan g‘oya ilgari suriladi. 
Kredit pullar (veksellar, banknotalar, cheklar) esa ularning ta’limotida inobatga 
olinmaydi va e’tibordan chetda qoldiriladi. Chunki kredit pullarning qiymati davlat 
tomonidan emas, balki ularning emitentlari tomonidan belgilangan nominal 
qiymatga ega bo‘lib, ushbu qiymat o‘zgarishga moyildir, ya’ni ularni muomalaga 
chiqargan emitentlar kredit pullarining dastlabki qiymatda saqlab qolish 
imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar. 
Bizning nazarimizda, nominal pul nazariyasi vakillari qog‘oz pullarning 
qiymatini nafaqat oltin qiymatidan, balki tovarlar qiymatidan ham ajratib oldilar va 
ularning nominal qiymatining barqarorligi, sotib olish qobiliyati davlatning tegishli 
hujjatlari asosida aniqlanadi degan mantiqsiz g‘oyani ilgari suradilar.
Nominal pul nazariyasi vakillarining ta’limoti Germaniya tomonidan birinchi 
jahon urushini moliyalashtirish uchun muomalaga chiqarilgan katta miqdordagi 
emissiya jarayonida namoyon bo‘ldi. Biroq, ushbu ta’limotning haqiqatga yaqin 
emasligi Germaniyada 1920 yillarda yuz bergan giprinflyasiya sharoitida isbotlandi. 
Muomalaga asossiz ravishda emissiya qilingan juda katta miqdordagi qog‘oz pullar 
juda tez muddatda 700 – 800 foiz darajasida inflyasiyaga uchrashi natijasida 
mamlakatda pul – kredit, moliya tizimi izdan chiqdi. Buning natijasida ishlab 
chiqarishga bo‘lgan qiziqish pasayib, kishilar moddiy ne’mat yaratish hisobiga 
emas, balki mavjud moddiy ne’matlarni sotish hisobiga qo‘shimcha daromad olish 
payiga tushib qoldilar. Chunki ishlab chiqarish va qo‘shimcha moddiy ne’matlarni 
yaratish ma’lum darajadagi vaqtni talab etar, bu vaqtda esa ishlab topilgan daromad 
inflyasiya natijasida o‘zining qiymatini yo‘qotar edi.
Tahlillar natijasi shuni ko‘rsatadiki, nominal pul nazariyasi iqtisodiyotning 
markazdan boshqarish tuzumi sharoiti va talablariga mos keladi. Chunki ushbu 
tuzumda pulning nominal qiymati davlat tomonidan o‘rnatilib, uning amal qilishi 
ham to‘liq nazorat ostiga olinadi. Shunda ushbu nazariya tarafdorlari tomonidan 
ilgari surilgan ta’limot o‘zini oqlaydi. Ta’kidlash joizki, markazdan boshqarish 
tuzumi yoki markazdan rejalashtirish tuzumi sharoitida qog‘oz pullarning nominali 
davlat tomonidan o‘rnatilishi bilan birga, yaratilgan tovar moddiy qimmatliklarning 
bahosi ham yuqoridan belgilanadi. Shu bilan birga, muomalaga emissiya qilinadigan 
pulning miqdori, ularning harakati va amal qilish kabi barcha jarayonlar ham davlat 
tomonidan rejalashtirilib, ushbu rejaning bajarilishi to‘lig‘icha tegishli organlar 
tomonidan nazorat qilib boriladi. Biroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida nominal pul 
nazariyasini amaliyotga joriy etish va uning amal qilishining imkoniyati mavjud 
emas. Chunki davlat banklari tomonidan muomalaga emissiya qilingan pul belgilari 
tegishli talab va taklif asosida tovar moddiy qimmatliklarning bahosini belgilaydi. 


Uning sotib olish qobiliyatini mustahkam yoki zaif bo‘lishi davlatning nazdidan 
anchagina yiroqda bo‘lib, davlat unga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. 
Bunday holat pulning miqdoriy pul nazariyasini vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. 

Yüklə 392,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin