Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences
Hosted online from Toronto, Canada.
Date: 5
th
April, 2023
ISSN: 2835-5326
Website: econferenceseries.com
56 |
P a g e
Davlatning byudjet tizimining birlamchi asosini rejalashtirish hisoblanadi.
Rejalashtirish o‘z navbatida tarkibiy jihatdan daromadlar va xarajatlarni
rejalashtirishni qamrab oladi. Byudjet tizimi byudjetlarining
daromadlari va
xarajatlarini rejalashtirish garchi, ular mazmunan pul mablag‘larining harakatlarini
rejalashtirishga xizmat qilsada, ularning har birining o‘ziga xos xususiyatli jihatlari
mavjuddir. Aslini olganda fikrimizcha, byudjetning daromadlarini rejalashtirish
undan qilinadigan xarajatlarning moliyaviy manbasini aniqlashga xizmat qiladi, shu
jihatdan moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash asosida ularning ma’lum bir qismini
jamiyat manfaatlariga mos ravishda qayta taqsimlashni amalga oshiradi, pul
oqimlarining harakatini ta’minlaydi. Davlat o‘zining iqtisodiy funksiyasini bajarish
maqsadida markazlashtirilgan pul fondlari shaklidagi davlat byudjeti orqali milliy
iqtisodiyotni bir maromda boshqarish, ijtimoiy muammolarni hal etish uchun unga
zarur bo‘ladigan moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lishning
muhim vositasi sifatida
tashkil qilingan byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirishga iqtisodiy zaruriyat
tug‘iladi. Bu iqtisodiy zaruriyat esa turli darajadagi (davlat, mahalliy, munitsial)
byudjetlarni taqozo etadi.
Mantiqiy va uslubiy jihatdan olganda mahalliy byudjetlarni prognozlashtirishning
mohiyatini anglash uchun avvalo mahalliy byudjetning o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy
mohiyatini aniqlab olish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Aksariyat iqtisodiy
adabiyotlar,
jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga muvofiq,
O‘zbekistonda Davlat byudjeti O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti
hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar
va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlaridan, o‘z navbatida byudjet tizimi byudjetlari esa, O‘zbekiston
Respublikasining Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalaridan tashkil topadi.
Mazkur
Kodeksning
3-moddasida
belgilab
qo‘yilganidek, “O‘zbekiston
Respublikasining Davlat byudjeti - davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini
moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo‘ljallangan
markazlashtirilgan pul
jamg‘armasidir” deb belgilab qo‘yilgan bo‘lsada, ammo, mahalliy byudjetga aynan
ta’rif keltirilmagan. Biroq, ushbu moddada shuningdek, byudjet jarayonining
mazmuni keltirilgan holda, uni “byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish,
ko‘rib chiqish, qabul qilish,
tasdiqlash va ijro etish, ularning shakllantirilishini,
tuzilishini hamda ijrosini nazorat qilish, byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi
to‘g‘risidagi hisobotlarni
tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlar jarayoni”
1
sifatida tavsiflangan. Keltirilgan mazkur ikki
ta’rifning mazmuni esa quyi darajadagi davlatning pul fondlari sifatida amal
qilayotgan mahalliy byudjetlarning xususiyatini ko‘rish mumkin. Xuddi Davlat
1
https://lex.uz/acts/2304138
. Ўзбекистон Республикасининг Бюджет кодекси. 3-моддаси.