Bug' yuqoriga ko'tarilib, fraksiyalarga: solyar moylari (300-350°C, 5 %),
kerosin (200-300°C, 19 %), ligroin (160-200°C, 8 %)ga ajraladi. Bu fraksiyalar
sovitilgach, yig'gichlarga borib to'planadi. Benzin (170°C gacha 15 %)
kolonnaning yuqori qismidan bug' holatda chiqarib olinadi va awal issiq
almashtirgichdan (toza neft bilan) so'ngra kondesatorda kondensatlangan suyuq
holda suvda ajratish uchun tindirgichga oqib o'tadi. Olingan benzinning bir qismi
yuqori haroratda qaynovchi fraksiya bug'larini kondensatlash uchun kolonnani
sug'orishga qaytariladi. Bu benzin sifatini yaxshilaydi. Kolonnaning ostgi qismidan
neftning asosiy tarkibiy qismlarini qaynash haroratini pasaytirish uchun o'tkir bug'
kiritiladi.
Birinchi kolonnaning ostidan oqib chiqqan issiq mazut (55%) 270—280°C
haroratda quvursimon pechga olib boriladi. U yerda 400—420°C gacha qiziydi va
8-11 KPa bosimda vakuum ostida ishlovchi 4- kolonnaga yo'llanadi. Kolonnaning
Dostları ilə paylaş: