O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA'LIM, FAN VA INOVASIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI
O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOLOGIYA VA MUHANDISLIK GEOLOGIYASI FAKULTETI
AMALIYOT HISOBOTI
Mavzu: O’zbekistonda neft va gaz sanoati
Bajardi: 2-kurs (sirtqi) talabasi: Karimov A.
Qabul qildi:__________
Toshkent-2023
MAVZU: NEFT MAHSULOTLARINI TOZALASH
REJA:
I.KIRISH
II.Asosiy qism
2.1 O’zbekiston kimyo sanoatining o’ziga xosligi
2.2 Neft va undan olinadugan mahsulotlar
2.3 Neftni qayta ishlashning asosiy usullari
2.4 Neft mahsulotlarini tozalash usullari
XULOSA
ADABIYOTLAR
Kirish
Organik birikmalarni ishlab chiqarish qadimdan boshlangan, ammo u uzoq
yillar davomida tabiiy materiallar tarkibidagi mahsulotlarni (qand-shakar, skipidar,
o'simlik va hayvon moylari hamda yog'lari va boshqalar) ajratib olishga asoslangan
yoki murakkab tabiiy mahsulotlarni oddiy moddalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini
spirt va sirka kislotasiga, yog'larni sovun va gliseringacha) parchalashga
asoslangan edi.
XIX asrning o'rtalariga kelib organik kimyo taraqqiyotida yirik
muvaffaqiyatlar qo'lga kiritildi. A.M.Butlerovning organik moddalarning tuzilish
nazariyasi yaratildi, fizika, kimyo va texnik fanlarning yutuqlari, toshko'mirni
kokslashdan hosil bo'luvchi qo'shimcha mahsulotlarga asoslangan xomashyo
bazasining yaratilishi va boshqalar, organik sintezning paydo bo'lishiga, ya'ni,
oddiy moddalardan murakkab moddalarni olishga olib keldi.
Hozirgi zamon jahon neftni qayta ishlash sanoati yoqilg’ilar sifatiga, chiqindi
gazlarning midqoriga bo’lgan talabning ortishi bilan xarakterlanadi. Yonganida
atmosferaga qo’rg’oshinning zaharli birikmalari chiqaradigan etilirlangan benzin
ishlab chiqarish tabora kamayib bormoqda.
Hozirgi kunda rivojlangan davlatlarda benzinning oktan sonini oshirishda aromatik
aminlar, oksigenatlar- alifatik spirtlar, oddiy efirlar (metil-uchlamchi butil efiri)
metallosenlardan foydalanilmoqda. Aromatik aminlar va metallosenlarning
qimmatligi va xom ashyo bazasining mavjud emasligi ulardan katta miqdorda
foydalanishga imkon bermaydi. Shuning uchun ham arzon sanoat xom ashyolari
asosida yangi, ekologik toza oktan sonini oshiruvchi qo’shimchalar yaratish va
ishlab chiqarish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Respublika hoyob yoqilg’i – energetika resruslariga va qudratli energetik
bazaga ega. Bizda 160 dan ziyod neft konlari bor. Neft zahiralari o’z
talablarimizni to’la ta’minlabgina qolmay, energiya manbalarini chetga
chiqarish imkonini ham beradi. Bugun bu sarmoya sarflashning eng foydali
sohalaridan biridir.
Bugungi kunda O’zbekistonning yer ostida juda katta neft qatlamlari bor.
Respublika hududining salkam 60 % ni ularni qazib olish uchun istiqbolli
hududlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |