yomonlashtiradi. Yonilg‘i va moylarni sulfat kislota bilan tozalash usuli sulfat
kislotaning oltingugurtli birikmalar va boshqa kerakmas moddalar bilan reaksiyaga
kirishishiga asoslangan bo‘lib, bu usul yonilg‘i va moylarni tozalashda iqtisodiy
jihatdan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan eng eski usuldir. Dizel distillyatlarini
tozalashda gidrotozalash, moyli distillyatlarni tozalashda esa selektiv tozalash
usullari texnologik jihatdan muhim ahamiyatga ega
Gidrotozalash — avtomobil benzinlari, dizel yonilg‘isi tarkibidagi
oltingugurtli birikmalari vodorod yordamida tozalanadi. Bu jarayon benzin,
kerosin va dizel fraksiyalarini oltingugurt birikmalaridan yuqori harorat va
bosimda katalizator ishtirokida, vodorod ishtirokida vodorod sulfidga birikib,
ulardan tozalanadi. Tozalash jarayoni 50 atm.bosim ostida va katalizator
ishtirokida olib boriladi. Bu usulda asosan dizel yonilg‘ilari tozalanadi. Keng
tarqalgan
katalizatorlar
-
alyumo-kobalt
va
alyumo-nikel
molibdenli
katalizatorlaridir.
Dostları ilə paylaş: