Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti amaliyot hisoboti


-rasm.  Atmosfera vakuumli qurilmada neftni haydash. 1 , 2 — quvursimon pcchlar; 3,4 — rektifikatsiya kolonnalari; 5



Yüklə 384,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix16.06.2023
ölçüsü384,77 Kb.
#131113
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Mavzu neft va gaz sanoati (2)

1-rasm. 
Atmosfera vakuumli qurilmada neftni haydash. 1 , 2 — quvursimon pcchlar; 3,4 — rektifikatsiya kolonnalari; 5 
— nasos; 6, 9, 1 2 , 1 3 — issiq almashtirgichlar; 7 , 10 — kondensatorlar; 8 — benzin qabul qilish qurilmasi; 1 1 — gazoyil 
qabul qilish qurilmasi. 


ostgi qismidan qattiq qizigan bug' kiritiladi. Bug' avval gudrondan ajraladi, keyin 
yuqoriga ko'tarilib silindr, mashina va vereten moyi fraksiyalarga ajraladi. Ular 
sovitiladi va yig'ichga yuboriladi. Og'ir gazoyl kolonnadan bug' holda chiqari-ladi 
va issiq almashtirgichda hamda kondensatorda sovitilib, yig'gichga yuboriladi. 
Uning bir qismi kolonnani sug'orish uchun qaytariladi. 
Kolonnaning ostki qismidan suyuq qoldiq gidron chiqarib olinadi. Shunday 
yo'l bilan olingan fraksiyalar oltingugurt va kislorod saqlovchi birikmalardan 
tozalanadi va zaruriy miqdorda sifatini yaxshilovchi moddalar qo'shilgach tayyor 
motor yoqilg'isi va surkov moylari sifatida ishlatiladi. Olingan mahsulotlarning 
sifati va miqdori qayta ishlanadigan neftning tarkibiga bog'liq bo'ladi. 
Neft va neft mahsulotlarini kimyoviy qayta ishlash usullari. Neft 
mahsulotlarini yuqori harorat va bosim ostida chuqur destruksiyaga — krekingga 
olib keluvchi jarayonlar bilan bog'liq. Bunda uglevodorod molekulalarining 
parchalanishi bilan bir qatorda barqaror moddalar sintezlanishi bilan bog'liq 
bo'lgan ikkilamchi jarayonlar ham ketadi.
Kreking dastlabki xomashyoga va uglevodorodlar parchalanishining chuqur 
va sayozligiga qarab 450—720°C da va 7 MPa gacha bosimda turli: termik 
kreking, riforming, piroliz va kokslash usullarida amalga oshiriladi. Bu usullarning 
hammasi ham qo'shimcha ravishda motor yoqilg'isi hamda neftkimyo sanoati 
uchun gazsimon mahsulotlar olish imkonini beradi.
Turli sinf uglevodorodlarining termik parchalanish jarayonlarining 
murakkabligiga qaramay ba'zi bir umumiy qonuniyatlarni ko'rish mumkin. 
Krekingning barcha turlari vodorod atomlari taqsimlanishi bilan tavsiflanadi ya'ni 
yengil komponentlarning vodorodga boyishi og'ir komponentlarning esa dastlabki 
xomashyoga nisbatan vodorodlarning miqdorining kamayishi jarayoni kuzatiladi, 
masalan, bir qurilmada boruvchi jarayonni quyidagi tenglama bilan ifodalash 
mumkin: 
10(C+1,8N) = (C+2,2H) +6(C+2H) +2(C+1,3H) +(C+0,2H) 
xomashyo gazlar benzin mazut koks 


Termik kreking jarayonlarining ko'pchiligi zanjirli radikal mexanizm asosida 
boradi. Uning boshlangich harorati va tezligi uglevodlarning termodinamik 
barqarorligi bilan bog'liq bo'ladi.
Neft xomashyosining tarkibida tuzilishi juda xilma xil bo'lgan turli xildagi 
uglevodorodlar bo'ladi, tabiiyki, ularning termik barqarorligi ham turlicha bo'ladi. 
Yuqori haroratda uglevodorodlar, ayniqsa, parafinlar uchun degidrogenlanishdan 
ko'ra uglerod bog'inining uzilishi bilan boradigan jarayonlarning termodinamik 
jihatdan ehtimoli katta. Parafin uglevodorodlarning molekulyar massasi qanchalik 
katta bo’lsa, molekulaning (zanjirning) o'rtasida uglerod bog'ining uzilish ehtimoli 
ham shunchalik yuqori bo'ladi. Masalan, eykozan parafinning termik kreking 
quyidagi asosiy mahsulotlarning hosil bo'lishiga olib keladi: 
To'yingan va to'yinmagan uglevodorodlarning miqdoriy nisbati teng bo'lganda, 
reaksion aralashmada mahsulotlarning miqdoriy nisbati chapdan ung tomon keskin 
oshadi. Naften uglevodorodlarning termik barqarorligi parafinlarga nisbatan ancha 
yuqori bo'ladi. Yuqori haroratda naftenlar uchun degidrogenlanish va zanjirning 
uzilishi bilan boradigan reaksiyalar xosdir. 
siklogeksan siklogeksen siklogeksadiyen benzol
Alkilalmashgan naftenlar krekingi yon zanjirning uzilishi bilan boshlanadi. 
Aromatik uglevodorodlar nisbatan termik barqaror hisoblanadi. Ular orasida eng 
birinchi alkilalmashgan hosilalari benzol va alken hosil qilib parchalanadi. 


Yuqori haroratda aromatik uglevodrodlar kondensatlanishi ham mumkin, bu 
holat koks hosil bo'lishiga olib keladi. Turli sinf uglevodorodlarning oddiy 
moddalardan hosil bo'lish energiyasini haroratga bog'liqlikdan kelib chiqqan holda 
kreking mahsulotlarning yuqori haroratda termodinamik barqarorligi quyidagi 
tartibda kamayadi: aromatik uglevodorodlar -» alkenlar -» naftenlar -» 

Yüklə 384,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin