3.Piroliz — bu yuqori haroratli kreking bo'lib, asosan etilen va boshqa to'yinmagan
uglevodorodlarni olish uchun ishlatiladigan xomashyoning turiga qarab (tabiiy gaz, gaz
kondensati, kerosin, gazoyil, ligroin) keng oraliqdagi haroratda (600-120°С) amalda
670—720°C larda va atmosfera bosimida ligroinli yoki kerosinli fraksiyalarning chuqur
parchalanishi hamda ikkilamchi jarayonlar natijasida xomashyoning xossasiga nisbatan
50 % gacha unum bilan gaz (tarkibida 30 % alkanlar saqlaydi) va 45—47 % moy
olinadi. Moyni rektifikatsiyalab 20% benzol, 16 % toluol va 2 % kselol olinadi va ular
qayta tozalangach individual modda sifatida foydaniladi. Kokslash-neft qoldiqlari
mazut, kreking-qoldiq, gudronlarni 450—500°C da havosiz joyda termik parchalash
jarayoni bo'lib, uning natijasida qo'shimcha yoqilg'i foydaniladigan kulsiz (yonganda
kul hosil qilmaydigan) koks olinadi.
Katalitik jarayonlar bugungi kunda neft mahsulotlarini krekinglab oktan soni
yuqori bo'lgan va turli organik sintezlarda keng foydalanilayotgan gazlarning olish
usullarining orasida asosiy o'rinni egallaydi. Katalitik jarayonlar termik jarayonlarda
katta tezlikda nisbatan pastroq haroratda va pastroq bosimda boradi hamda u
oltingugurtli neftlarni ham qayta ishlashga imkon beradi. Katalizator sifatida g'ovak
tashuvchilarga (moddalarga) shimdirilgan holda sintetik alumo-silikatlar, platina,
molibden oksidlari va xrom ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: