Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti amaliyot hisoboti



Yüklə 384,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix16.06.2023
ölçüsü384,77 Kb.
#131113
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Mavzu neft va gaz sanoati (2)

Kimyoviy 
usullari. 
Heft 
va 
neft 
mahsulotlari 
tarkibidagi 
uglevodorodlarning harorat, bosim, katalizatorlar, kimyoviy reagentlar ta'sirida 
chuqur strukturaviy o'zgarishga asoslangan. Bu usullar juda muhim neft 
mahsulotlarini miqdorini ko'paytirish (masalan benzin) uchun, neft mahsulotlarini 
sifatini oshirish (masalan, benzinning oktan sonini oshirish, uchun, ayrim 
individual gomologlarini) olish uchun hamda kimyo sanoatining xomashyolarini 
(vodorod, sintez-gaz, atsetilin, alkenlar, diyenlar va boshqalarni) olish maqsadida 
qo'llaniladi. Sanab o'tilgan usullardan neft mahsulotlarini termik va katalitik 
krekinglashning turli xillari eng ko'p qo'llaniladi. 
Neft va neft mahsulotlarini qayta ishlovchi apparatlar jarayonning 
uzluksizligini, asosiy mahsulotning yuqori unumda chiqishini, iqtisodiy 
samaradorlikni, katta mahsuldorlikni ta'minlashi kerak. Neftni qayta ishlovchi 
apparatlarni uch guruhga bo'lish mumkin: xomashyoni qizdirishni va o'zgarishni 
ta'minlovchi pechlar va reaktorlar, mahsulotlarni bir-biridan ajratish uchun 
rektifikatsiya kolonnalari (ustunlari), issiqlikni bekorga chiqib ketmasligi ya'ni, 
undan foydalanish uchun (utilizatsiyalash uchun) hamda sovitilishi kerak bo'lgan 
mahsulotlarni sovitish uchun issiq almashtirish apparatlari. 
Neftni qayta ishlashning fizik usullari. Neftni qayta ishlash va qaynash 
harorati farqiga qarab alohida fraksiyalarga (distillatlarga) ajratish, bir bosqichli 


yoki ikki bosqichli apparatlarda amalga oshiriladi. Birinchi holda jarayon 
atmosfera bosimida olib boriladi. Bunda turli motor yoqilg'ilari va mazut (qaysiki, 
ular kimyoviy qayta ishlanadi) hosil bo'ladi. Ikki bosqichli qurilmalarda neft avval 
atmosfera bosimida haydalib motor yoqilg'isi va mazut olinadi. So'ngra mazutdan 
past bosimda haydab turli surkov moylari va gudron olinadi. Gudron keyin qayta 
ishlanib pyok, asfalt va neft koksi olinadi. Ikkala bosqichni birlashtirish katta 
iqtisodiy samara beradi va bunday qo'shma apparat atmosfera - vakuumli 
quvursimon qurilma (AVQ) deyiladi. AVQning muhim sxemasi 95- rasmda 
berilgan. Unda neft nasos bilan quvursimon issiq almashtirgichlarga navbat bilan 
ko'tarib beriladi, u yerda 170—180°C gacha qizdiriladi, so'ngra quvursimon 
pechga o'tib 320°C *gacha qizib suyuq va bug' holatda rektifikatsiya kilonnasining 
ostki qismiga boradi. U yerda bug'lanadi va bug' mazutning suyuq qismidan 
ajraladi. 


Bug' yuqoriga ko'tarilib, fraksiyalarga: solyar moylari (300-350°C, 5 %), 
kerosin (200-300°C, 19 %), ligroin (160-200°C, 8 %)ga ajraladi. Bu fraksiyalar 
sovitilgach, yig'gichlarga borib to'planadi. Benzin (170°C gacha 15 %) 
kolonnaning yuqori qismidan bug' holatda chiqarib olinadi va awal issiq 
almashtirgichdan (toza neft bilan) so'ngra kondesatorda kondensatlangan suyuq 
holda suvda ajratish uchun tindirgichga oqib o'tadi. Olingan benzinning bir qismi 
yuqori haroratda qaynovchi fraksiya bug'larini kondensatlash uchun kolonnani 
sug'orishga qaytariladi. Bu benzin sifatini yaxshilaydi. Kolonnaning ostgi qismidan 
neftning asosiy tarkibiy qismlarini qaynash haroratini pasaytirish uchun o'tkir bug' 
kiritiladi. 
Birinchi kolonnaning ostidan oqib chiqqan issiq mazut (55%) 270—280°C 
haroratda quvursimon pechga olib boriladi. U yerda 400—420°C gacha qiziydi va 
8-11 KPa bosimda vakuum ostida ishlovchi 4- kolonnaga yo'llanadi. Kolonnaning 

Yüklə 384,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin