Saudiya Arabistonida, Eronda, Iroqda, AQSHda, G’arbiy Sibir, Ural, Baku,
Markaziy Osiyo va boshqa joylarda uchraydi.
Respublikamizda topilgan neft konlari soni 160 dan ortiqdir.
O’zbekistonda neft va gaz zaxirasi katta bo’lgan mintaqalarga: Ustyurt,
Buhoro, Xiva, Janubiy – Garbiy Xisor, Surhondaryo va Farg’ona kiradi.
Neft – qora, qo’ng’ir, moysimon suyuqlik, o’ziga xos hidli.
U
yonuvchan, suvdan biroz yengil amalda suvda erimaydi. Neft turli
uglevodorodlar aralashmasi bo’lgani uchun uning aniq qaynash temperaturasi
bo’lmaydi. Neftni yer qarida paydo bo’lishi to’g’risida
bir qancha nazariyalar
mavjud. Eng extimoli shundayki neft dengiz organizmlari va o’simliklar
qoldiqlarining million yillar davomida dengiz tubiga cho’kishidan hosil bo’ladi.
Anorganik moddalar chirishdan havosiz joyda yashaydigan anaerob bakteriyalar
katalizator vazifasini bajargan. Tektonik siljishlarda dengiz tubidagi organik
qatlam yer qatlamlariga o’tgan va u yer qoldig’ining
bosimi va yerning ichki
qatlamlardagi issiqlik energiyasi ta’sir etgan. Shunday qilib cho’kindilar qatlami
uglevodorodlar aralashmasiga aylangan va neft qatlamlari sifati tog’ jinslarda
yig’ilgan. Ushbu organik nazariyalardan tashqari D. I.
Mendeleyev tomonidan
bildirilgan anorganik nazariya ham mavjud. Bu nazariyaga muvofiq neft yer
qatlamida bo’ladigan metall karbidlari va sizot suvdan hosil bo’ladi.
Bulardan tashqari kosmik nazariya ham taklif etilgan. Bunga muvofiq neft
planetamiz shakllanishida vodorod va uglevodorodlardan hosil bo’lgan deyiladi.
Neftning paydo bo’lishi haqidagi gipotezalarning
birortasi ham hozirgacha
to’la to’kis tasdiqlangan emas.
Neft xalq xo’jaligi uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lib dunyo bo’yicha
amaldagi neft xazinasi yer qaridan quduqlar qazib burgulash yordamida chiqarib
olinadi.
Neftni qazib chiqarish, neft va neft mahsulotlari tarkibi va xossasi, kimyoviy
o’zgarishi va neftni qayta ishlash jarayonlarini o’rganish kimyo texnologiyasining
bo’limi “neft kimyosi” nomiga birlashgan.
Neftni qayta ishlashdan oldin unda erigan anorganik tuzlar ajratiladi. Bunda
boshqa
aralashmalar yig’gichda ajraladi. Neftni suvsizlantirish elektrostatik
usulda o’zgaruvchan tok (400 v) ta’sirida amalga oshiriladi.
Neft tarkibidagi yo’ldosh gazlar seperatorlarda vakuym ostida ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: