Abduxoliqova durdonaning


Ta’lim sohasida ilk islohatlar



Yüklə 162,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix18.06.2023
ölçüsü162,03 Kb.
#132153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
mustaqillik yillari.docx

Ta’lim sohasida ilk islohatlar
Yurtimiz azal-azaldan ilm o‘chog‘i, jahon sivilizatsiyasi markazlaridan beri
deb e’tirof etib kelingan. O‘rta asrlardan, xalqimiz ta’lim sohasida yuksak
marralarga erishgan bo‘lib, jahon sivilizatsiyasi hamda fan sohasiga ulkan hissa
qo‘shishgan. Misol tariqasida, IX-XII asrlarda Movarounnahrda ko‘plab o‘quv
maskanlari bo‘lib, ulardan chinakam olimlar, ulamolar yetishib chiqqan. Xusasan,
Xorazm Ma’mun akademiyasi ham shu davrdagi yirik tadqiqot markazlaridan biri
hisoblangan. Algebra fani bobakalonimiz Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan
atalganligi, bu azal-azaldan bizning qonimizda yaratuvchanlik, o‘qishga bo‘lgan
qiziqishdan dalolatdir. Bundan tashqari, yana bir buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn
Sino o‘sha olis XI asrda tibbiy jarrohlik operatsiyasiyalarini amalga oshirgani bilan
dunyoga mashhur. Uning “Tib qonunlari” asari Yevropada “Injil” kitobidan keyin


eng ko‘p nashr etilgan kitoblardan biri bo‘lib, 500 yil davomida dunyoning ko‘plab
nufuzli oliy o‘quv yurtlarida barcha talabalar uchun darslik sifatida o‘rganib
kelingan. Buyuk mutafakkir Al-Farg‘oniy astronomiya fanida birinchi bo‘lib,
geliosetrik nazariyani asoschisi bo‘lgan ya’ni Yerni Quyosh atrofida aylanishini
aniq hisob - kitoblar bilan isbotlab bergan. XV asrdayoq Samarqandda Mirzo
Ulug‘bek observatoriya barpo etib, yulduzlar xaritasini tuzgan. U yulduzlar
joylashuvini shu qadar aniq hisoblanganki, hozirgi fan-texnika bu ma’lumotlarni
atiga bir necha daqiqalarga farq qilishini isbotlagan. Bundan ko‘rinib turibdiki,
bizning ota-bobolarimiz jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan.
Sobiq sho‘rolar davridagi ta’lim tizimiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u darvlarda
hatto O‘zbekistonning o‘zining milliy ta’lim tizimi joriy etilmagani ayanchli
holatdir. Asosan ta’lim tizimi sobiq markazning hukmron mafkura manfaatlariga
bo‘ysundirilgan edi. Aytaylik, aksariyat fanlar o‘quv dasturiga kiritilmagan.
Birgina O‘zbekiston tarixi fanini oladigan bo‘lsak, ushbu fan xolis o‘rganilmas,
o‘quv dasturida bu fanga ajratilgan soatlarning katta qismi sobiq ittifoq tarixini
o‘rganishga bag‘ishlanar edi. O‘quvchilar ongi Vatanimiz tarixining noto‘g‘ri
talqin qilingan hodisalari bilan to‘ldirilar edi. Milliy qadriyat va ma’naviyat
toptalar, asl o‘zbek olimlarini va buyuk davlat arboblari, sarkardalari hayot va ijod
yo‘llari qoralangan. Bunga misol Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin
Marg‘inoniy, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bahouddin
Naqshband, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon va hokazolarni keltirish
mumkin.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, barcha sohalarda tub
islohotlar amalga oshirila boshladi. Ayniqsa ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratildi.
Ta’lim-tarbiya tizimi takomillashgani sayin odamlarning ma’naviyati, ongi,
tafakkur doirasi shakllanib, yuksalib bordi. Ta’lim tizimini har tamonlama, shaklan
va mazmunan isloh qilish, yangilash lozim edi. Zero, jamiyat yangi shaxsni
tarbiyalashni talab etayotgan bir paytda odamlarning ongi, dunyo qarashi, bilim


saviyasini o‘zgartirmay, uni zamonaviylashtirmay turib yangi jamiyatni barpo etib
bo‘lmasdi. (Manba: m.mfa.uz)
Yurtboshimiz Islom Karimov mustaqillik yillarida ushbu jihatlarni inobatga
olgan holda, odamlarda yangicha, milliy qadriyat va an’analarimizga asoslangan
dunyoqarashni shakillantirish maqsadida, ta’lim va tarbiyaga juda katta e’tibor
qaratganlar. Jumladan u: “Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik
faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari
unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta
avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi. Yoshlar, ularning
iqtidorliligi va bilim olishga chanqoqligidan ta’lim va ma’naviyatni tushunib yetish
boshlanadi”. (O‘zbekiston milliy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat mafkura. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil, 11-martdagi “Respublika
oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilishni takomillashitirish
to‘g‘risida”gi PF-361-sonli farmoniga asosan, mamlakatimizda mavjud oliy o‘quv
yurtlariga qobiliyatli yoshlarni tanlab olish tizmiga katta o‘zgarishlar kiritildi.
Dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi asosida
o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan bo‘lib, oradan bir yil o‘tib, bu
ko‘rsatkich 19 taga yetkazildi. 1994-yil 14-maydagi 258-sonli O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan
Oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga abituriyentlar tanlash bo‘yicha
Respublika markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Davlat test markaziga aylantirildi. Davlat test markazi (DTM) asosiy vazifasi oliy
va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish
hisoblanadi.
DTM tomonidan tuziladigan test savollari haqida so‘z borganda, dastlab,
1992-yilda ular ikki variantli ko‘rinishda bo‘lib, cheklangan fanlardan 50 tadan
savollarni o‘z ichiga olgan edi. Bu ko‘rsatkich yildan-yilga yaxshilanib bordi.


Jumladan 1995-yilga kelib, testlar 3 variantlilik asnosida 36 ta savoldan tashkil
topgan bo‘lib, gumanitar, aniq va chet tillarini o‘z ichiga olgan edi. Shunga
qaramay, kam miqdordagi test variantlarda yetarlicha cheklangan hajmdagi test
materiallaridan foydalanish bilimlar darajasini baholash, aniqlashda xolislik va
muvofiq moslikni ta’minlay olmadi, maxfiylikni muhofaza qilish tartibini
murakkablashtirdi. Shu maqsadda 1996-yildan oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlariga kirish sinovlarida test topshiriqlari variantlarini ta’lim yo‘nalishlari,
mutaxasisliklar va ta’lim tillari bo‘yicha kompyuter yordamida
generatsiyalash(tuzish)ga asoslanuvchi yangi, ko‘p variantli tizimi yaratildi va
amaliyotga tatbiq etildi. Ushbu test tizimidan hozirgi kunda ham foydalanib
kelinmoqda. (Manba: www.dtm.uz)
Shu bilan bir qatorda, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga alohida to‘xtalib o‘tish
maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi
“Ta’lim to‘g‘risida”gi N464-i qonuni, ta’lim sohasidaga barcha savollarga aniq
oydinlik kiritdi. 34 ta moddadan iborat ushbu qaror, ta’lim jarayonining barcha
jabhalarini qamrab olgan bo‘lib, o‘z o‘rnida barcha masalalar aniq va ravshan
holda yoritilib berilgan. Jumladan 4-moddada yozilishicha: “Jinsi, tili, yoshi, irqi,
milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi,
ijtimoiy mavqei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt
yashayotganligidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar
kafolatlanadi” deyilgan bo‘lib, bu ta’lim sohasidagi me’yorlarni qanchalik tartibga
solinganligidan dalolat beradi.
Xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida,
zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan texnika va texnologiyalari yutuqlari asosida
kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish yurtimiz taraqqiyotining
muhim shartlaridan biridir. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil
29-avgustda “Kadrlar tayyolash milliy dasturi to‘grisida”gi qonuni qabul qilingan
bo‘lib, ushbu dastur “Ta’lim to‘g‘rida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining
qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan. Uning ustuvor vazifalariga, milliy va


xorijiy ta’lim tizimi asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar
madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil
ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini
ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga
yo‘naltirilgandir. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni,
har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-
hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun
ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni
yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni
tarbiyalashni nazarda tutadi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, bu ikki qonun ta’lim tizimidagi chuqur islohotlarning
yangi bosqichini boshlab berdi. Mamlakatimizda ta’lim taraqqiyoti shaxs, jamiyat
va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy hamda madaniy ehtiyojlarini
ta’minlaydigan ustuvor soha sifatida qonunan belgilab berdi.

Yüklə 162,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin